Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha); uchrash tezligi noma’lum (ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli, uchrash tezligini aniqlash mumkin emas).
Qon va limfa tizimi tomonidan: kam hollarda – gemoglobinni pasayishi.
Immun tizimi tomonidan: uchrash tezligi noma’lum – o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i; kam hollarda – paresteziya; uchrash tezligi noma’lum – bosh aylanishi.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: tez-tez – ko‘zda og‘riq, ko‘zni ta’sirlanishi; tez-tez emas – nuqtali keratit, ko‘zni qurishi, kon’yunktivaga qon quyilishi, ko‘z giperemiyasi, ko‘zni qichishishi, qovoqlarni shishi, ko‘zda diskomfort hissi; kam hollarda – shox parda epiteliysini shikastlanishi, shox pardani shikastlanishi, kon’yunktivit, blefarit, ko‘zni shishi, kon’yunktivani shishi, ko‘rishni noaniqligi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, astenopiya, qovoq eritemasi; uchrash tezligi noma’lum – endoftalmit, yarali keratit, shox parda eroziyasi, shox pardani yupqalashishi, ko‘z ichki bosimini oshishi, shox pardani xiralashishi, shox pardada infiltrat, shox pardada cho‘kma hosil bo‘lishi, ko‘z allergiyasi, keratit, shox pardani shishi, yorug‘likdan qo‘rqish, ko‘z yoshi ajralishini kuchayishi, ko‘zdan ajralma ajralishi, ko‘zda yod jism borligi hissi.
Yurak tomonidan: uchrash tezligi noma’lum – yurak urishini tezlashishi.
Nafas a’zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan: kam hollarda – burunda diskomfort hissi, halqum-xiqildoq og‘rig‘i, tomoqda yod jism borligi hissi; uchrash tezligi noma’lum – hansirash.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez emas – disgevziya; kam hollarda – qusish; uchrash tezligi noma’lum – ko‘ngil aynishi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – alaninaminotransferaza va gammaglutamiltransferazaning darajasini oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: uchrash tezligi noma’lum – eritema, toshma, qichishish, eshakemi.