Bisolretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: qahrabo kislotasi – 0,2 g, natriy xloridi – 0,62 g, kaliy xloridi – 0,03g, kaltsiy xloridi – 0,0082 g, magniy xloridi – 0,01 g, natriy gidrokarbonati – 0,3 g; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 100 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

qahrabo kislotasi. natriy xloridi, kaliy xloridi, kaltsiy xlorid. magniy xloridi. natriy gidrokarbonati.

Preparatning savdo nomi:

Bisol

Farmakalogik guruhi:

Tuzli eritmalar.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq rangsiz eritma.

Tuzli eritmalar.

V05V

Shoshilinch holatlar: qon ketishlar (operatsiya vaqtidagi gipotonik, operatsiyadan keyin, me’da – ichak, travmatik) va shoklar (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) aylanayotgan qon hajmini to‘ldirish, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, metabolik atsidozni korrektsiya qilish va hujayralarda metabolizmni tiklash uchun, shuningdek o‘rtacha va og‘ir darajali temir tanqisligi anemiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Shoshilinch holatlarda: qon ketishlar (operatsiya vaqtidagi gipotonik, me’da – ichak, operatsiyadan keyingi, travmatik), qon yo‘qotishlarida (1000 ml gacha) va shoklarda (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik): 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi. Tayanch-harakat apparatini shikastlanishi va kasalliklari yuzasidan operatsiyalardan oldin va keyin: 400 mldan sutkada bir marta buyuriladi. Operatsiyadan keyingi davrda atsidozni bartaraf qilish uchun: 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi. Temir tanqisligi anemiyasida: asosiy davolash fonida 200 ml dan sutkada bir marta yuboriladi.

Doza sezilarli oshirib yuborilganida, kamdan – kam hollarda alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin.

Preparat alkalozda (ayniqsa dekompensatsiyalangan), organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin bo‘lmagan barcha hollarda (bosh miya ichki bosimi bilan kechuvchi bosh miya yopiq jarohatida, yurak faoliyatining dekompensatsiyasida, o‘pka shishida va shunga o‘hshashlarda), homiladorlik va laktatsiya davrida, 18 yoshgacha bo‘lganlarda (bu toifa patsiyentlarda qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli), patsiyentga boshqa ishqorlashtiruvchi va tuzli eritmalarni yuborish zarurati tug‘ulganda, shuningdek preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanilmaydi.

Preparatni qo‘llash fonida (organizmda aerob jarayonlarning faollashuvi tufayli) qon va siydikda ishqoriy reaktsiya paydo bo‘lishi mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritma ishlatilsin! Saqlash sharoitiga rioya qilmaslik va noto‘g‘ri transportirovka qilish natijasida flakonlarda mikroyoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, uning natijasida eritmaning mikroblar bilan ifloslanish xavfi oshadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan harorartda saqlansin. Steril. Vena ichiga. Faqat bir marotabalik qo‘llash uchun! Muzlatilmasin! Isitilmasin!

Preparatni dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim qilinmagan.

Retsept buyicha

Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml yoki 250 ml dan flakonlarda.

3 yil.