Biseptolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddallar: Biseptol 120 – 100 mg sulfametoksazol va 20 mg trimetoprim saqlaydi. Biseptol 480 – 400 mg sulfametoksazol va 80 mg trimetoprim saqlaydi. Biseptol 960 – 800 mg sulfametoksazol va 160 mg trimetoprim saqlaydi. yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, magniy stearati, natriy karboksimetiltsellyuloza (960 mg doza uchun), polivinil spirti, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, propilenglikol.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sulfametoksazol va trimetoprim

Preparatning savdo nomi:

Biseptol

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vositalar (sulfonilamidlar guruhi).

Dori shakli:

tabletkalar

sarg‘ish tusli, oq rangli dumaloq shaklli, ikki tomonlama yassim faskali, qirralari kesilmagan, 120 mg dozada “Bs” gravirovkasi, 480 mg dozada gravirovkasini ustida “Bs” xariflari, 960 mg dozada “-” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

Antibakterial sintetik vositalar (sulfonilamidlar guruhi).

Preparat quyidagi bakterial infektsiyalarni davolashda qo‘llanadi: – E.coli, Klebsiella spp., Enterobacter spp., Morganella morganii, Proteus mirabilis va Proteus vulgaris ning sezgir shtammlari tomonidan chaqirilgan siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari; – Streptococcus pneumoniae yoki H.influenzae ning sezgir shtammlari tomonidan chaqirilgan o‘tkir o‘rta otit; – Streptococcus pneumoniae yoki H.influenzae ning sezgir shtammlari tomonidan chaqirilgan surunkali bronxitni zo‘rayishi; – Shigella tayoqchalari tomonidan chaqirilgan me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalanishi; – mikrobiologik tekshirishlar bilan tasdiqlangan Pneumocystis carinii tomonidan chaqirilgan pnevmoniya va immuniteti pasaygan bemorlarda bu mikroorganizm bilan infektsiyalanishni oldini olish (masalan, OITV bilan infektsiyalangan patsiyentlarda); – E. coli ning enteropatogen shtammlari tomonidan chaqirilgan sayoxatchilar diareyasida qo‘llaniladi.

Dori preparati ichga ovqatlanish vaqtida yoki ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilinadi. Dori preparatini qo‘llash vaqtida ko‘p miqdorida suyuqlik iste’mol qilish kerak. Tabletkalarni ikkiga bo‘lish mumkin emas. Siydik-chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, me’da-ichak yo‘llarining Shigella tayoqchasi bilan infektsiyalanishi va kattalarda surunkali bronxitning zo‘rayishi: Odatda ichga 960 mg ko-trimoksazol (8 tabletka Biseptol 120 yoki 2 tabletka Biseptol 480 yoki 1 tabletka Biseptol 960) sutkada 2 marta qabul qilinadi. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalanishida dori preparati odatda 10-14 kun davomida, surunkali bronxitda – 14 kun davomida, me’da-ichak yo‘llarining Shigella tayoqchasi bilan infektsiyalanganida – 5 kun davomida qo‘llanadi. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, me’da-ichak yo‘llarining Shigella tayoqchasi bilan infektsiyalanishi va bolalardagi o‘tkir o‘rta otit: Odatda doza sutkada 48 mg/kg tana vazniga hisobidan, ikkita qabulga har 12 soatda buyuriladi. Kattalarda qo‘llanadigandan yuqori dozani qo‘llash mumkin emas. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida va o‘tkir o‘rta otitda preparat, odatda 10 kun davomida, me’da-ichak yo‘llarining Shigella tayoqchasi bilan infektsiyalanishida – 5 kun davomida qo‘llanadi. Kattalarda va bolalarda Pneumocystis carinii chaqirgan pnevmoniya: Tashxis qilingan infektsiyali patsiyentlar uchun tavsiya qilinadigan doza sutkada tana vazniga 90-120 mg, ko-trimoksazol teng qabullarda, har 6 soatda 14-21 kun davomida tashkil qiladi. Pneumocystis carinii bilan infektsiyalanishni oldini olish: Kattalarda 960 mg ko-trimoksazol (8 tabletka Biseptol 120 yoki 2 tabletka Biseptol 480 mg ni yoki 1 tabletka Biseptol 960) sutkada 1 marta, 7 kun davomida. Bolalarga sutkada 900 mg ko-trimoksazol/m2 tana yuzasiga, 2 teng qabulda, har 12 soatda ketma-ket haftaning 3 kuni davomida. Maksimal sutkalik doza 1920 mg ni (Biseptol 480 4 tabletkasi yoki Biseptol 960 tabletkasi) tashkil qiladi. E.coli ning enteropatogen shtammlari tomonidan chaqirilgan kattalardagi sayoxatchilar diareyasi: Tavsiya etiladigan doza 960 mg (8 tabletka Biseptol 120 yoki 2 tabletka Biseptol 480 yoki 1 tabletka Biseptol 960 mg) tashkil qiladi har 12 soatda. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozalash: Kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml bo‘lgan bemorlarda dozani ikki marta kamaytirish kerak, kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kam bo‘lganida ko-trimoksazolni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Tavsiya etilgan dozalarda Biseptol odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Tez-tez paydo bo‘ladigan noxush samaralar bo‘lib (10 nafar patsiyentdan 1 tasidan kamroq, lekin 100 nafar patsiyentdan 1 tasidan ko‘proq) teridagi o‘zgarishlar (toshmalar, eshakemi) va me’da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlar (ko‘ngil aynishi, diareya, qusish) paydo bo‘lishi mumkin. Kam hollarda kuzatiladigan nohush samaralar bo‘lib (10 nafar patsiyentdan 1 tasidan kamroq, lekin 1000 nafar patsiyentdan 1 tasidan ko‘proq) quyidagilar hisoblanadi: – qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: leykotsitlar sonini kamayishi (leykopeniya), trombotsitlar sonini kamayishi (trombotsitopeniya); – immun tizimi tomonidan buzilishlar: tugunli periarteriit; – me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: qorinda og‘riq, glossit, stomatit, diareya; – buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: siydik miqdorini oshishi; – moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlari: qon zardobida glyukoza darajasini pasayishi (gipoglikemiya). Juda kam hollarda uchraydigan nohush samaralar (lekin 10000 nafar patsiyentdan 1 tasidan kamroq): – qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: leykotsitlar sonini ancha kamayishi yoki yo‘qligi (agranulotsitoz), aplastik, gemolitik yoki megaloblast anemiya, gipoprotrombinemiya, qonda metgemoglobinni paydo bo‘lishi (metgemoglobinemiya), eozinofiliya, neytropeniya. – immun tizimi tomonidan buzilishlar: zardob kasalligi sindromi (teri reaktsiyalar, bo‘g‘imlar va suyaklarda og‘riqlar, isitma), anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan og‘ir, hayot uchun xavf tug‘diruvchi reaktsiyalar), allergik miokardit, angionevrotik shish (yuz va tomoqni qamrab oluvchi shish, ba’zan hayot uchun xavf tug‘diruvchi bo‘g‘ilishni chaqiradi), dori isitmasi, Shenleyn – Genox purpurasi (kichik qon tomirlar tizimli yalig‘lanishi), yugurik sindromi, et uvishishi, nafas tizimi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, kon’yunktiva va ko‘z sklerasining giperemiyasi. – moddadar almashinuvi tomonidan buzilishlar: zardobda kaliyning kontsentratsiyasini oshishi (giperkaliyemiya), giponatriyemiya, ishtahani yo‘qolishi; – ruhiy buzilishlar: depressiya, gallyutsinatsiyalar; – nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aseptik meningit, tirishishlar, periferik nevrit, ataksiya (harakat koordinatsiyasini buzilishi), quloqlarda shovqin, apatiya, asabiylik. – nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar: bo‘g‘ilish hissi, yo‘tal, o‘pkada infiltrat; – me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: soxtamembranoz kolit, pankreatit; – jigar va safro chiqarilish yo‘llari tomonidan buzilishlar: aminotransferazalar darajasini oshishi, ba’zida xolestatik sariqlik yoki jigar nekrozi bilan kechuvchi gepatit; – teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. – tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: bo‘g‘imlarda og‘riq, mushak og‘riqlari; – buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: kristalluriya, buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit, oliguriya yoki anuriya bilan kechuvchi nefrotik sindrom, zardobda mochevina va kreatinin darajasini oshishi. Boshqalar. Holsizlik, charchoqlik hissi, uyqusizlik. Biseptol dori preparati qo‘llash davrida ayrim patsiyentlarda boshqa nojo‘ya ta’sirlari kuzatilishi mumkin.

agar patsiyentda ko-trimoksazolga (sulfametoksazol trimetoprimom bilan), bu preparatning har qanday boshqa ingrediyentlariga, sulfanilamidga yoki trimetoprimga yuqori sezuvchanlik kuzatilganda;jigar parenximasining diagnostika qilingan shikastlanishi;og‘ir buyrak yetishmovchiligi va dori preparatining qondagi kontsentratsiyasini aniqlashning iloji bo‘lmaganda;gematologik kasalliklarning og‘ir shakllari;folat kislotasi tanqisligi oqibatidagi megaloblast anemiya;glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;2 oylikdan kichik bolalarda (yadroli sariqlikni rivojlanish xavfi tufayli) qo‘llash mumkin emas.

Patsiyent qabul qilayotgan yoki so‘nggi paytlarda qabul qilgan, shuningdek patsiyent qabul qilishni rejalashtirayotgan barcha dori vositalari to‘g‘risida shifokorga yoki farmatsevtga xabar berish kerak. Tiazid diuretiklari Keksa yoshdagi patsiyentlarda ko-trimoksazolni ayrim diuretiklar, ayniqsa tiazidlar bilan birga qo‘llanganida, gemorragik diatez bilan kechuvchi trombotsitopeniyaning xavfi oshadi. Antikoagulyantlar Ko-trimoksazol antikoagulyantlarning ta’sirini, bu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritishni talab etiladigan darajada kuchaytirishi mumkin. Fenitoin Ko-trimoksazol fenitoinning metabolizmini susaytiradi; ikkala dori preparatini qabul qilayotgan shaxslarda fenitoinning yarim chiqarilishi davri oshadi. Metotreksat Ko-trimoksazol metotreksatning ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Sulfonilmochevina hosilalari Ko-trimoksazol bir vaqtda qabul qilinayotgan gipoglikemik dori preparatlarining, sulfonilmochevina hosilalarining ta’sirini kuchaytirishi mumkin va shunday qilib glyukozaning qondagi darajasini kamayishi xavfini oshirishi mumkin. Digoksin Ko-trimoksazol ayrim keksa yoshdagi patsiyentlarda plazmada digoksin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar Ko-trimoksazol tritsiklik antidepressantlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Pirimetamin Ko-trimoksazol pirimetamin bilan birga megaloblast anemiyani chaqirishi mumkin. Tsiklosporin Buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin, ko-trimoksazol va tsiklosporin bilan davolangan patsiyentlarda kreatininning zardobdagi darajasining oshishini bildiruvchi ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak faoliyatini tranzitor buzilishi kuzatiladi, bu ehtimol trimetoprimning ta’siri bilan bog‘liq. Sulfanilamidlar antitireoid preparatlarga, diuretiklarga (atsetazolamid va tiazid) va peroral gipoglikemik preparatlarga yuqori reaktsiyali shaxslarda o‘xshash kimyoviy tuzilishi tufayli allergiya chiqarishi mumkin. Laboratoriya tekshirishlarining natijalariga ta’siri – Trimetoprim zardobdagi metotreksatning kontsentratsiyasini enzimatik usulda aniqlash natijalarini o‘zgartirishi mumkin. – Ko-trimoksazol ishqoriy Yaffe pikrinatini ishlatish bilan kreatininni aniqlash natijalarini oshirishi mumkin (taxminan 10% ga).

Preparatni buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. 6 yoshdan kichik bolalarda: tabletkani nafas yo‘llariga tushib qolishi mumkinligi tufayli preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi; 6 yoshdan kichik bolalar uchun suspenziya shaklidagi preparatlar mavjud. 2 oylikkacha bo‘lgan emizikli bolalarda Biseptolni qo‘llash mumkin emas. Jiddiy nojo‘ya ta’sirlarini paydo bo‘lishining yuqori xavfi tufayli, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik: har qanday preparatini qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish kerak. Preparatni, shifokorning fikriga ko‘ra, ona uchun bo‘lgan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Emizish: preparatni qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish kerak. Trimetoprim ham, sulfametoksazol ham ko‘krak suti bilan chiqariladi. Ko-trimoksazolni laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining ehtimol bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlari ishtahani yo‘qolishi, ichak sanchig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, tana xaroratini oshishi, uyquchanlik, xushni yo‘qotish, ongni chalkashishi, siydikda qon yoki kristallarni bo‘lishi hisoblanadi. Keyinchalik suyak ko‘miki faoliyatini susayishi va sariqlik aniqlanishi mumkin. Dozani oshirib yuborilganidan keyin me’dani yuvish, qusishni chaqirish, agar siydikni chiqarish yetarli darajada bo‘lmasa, biroq buyraklar faoliyati me’yorda bo‘lsa ko‘p miqdorda suyuqlik buyurish ko‘rsatilgan. Trimetoprimni chiqarilishini patsiyentga siydikning kislotali muhitini oshiruvchi vositalarni buyurib oshirish mumkin. Siydikning ishqoriylashtiruvchi va uning chiqarilishini oshiruvchi vositalarni yuborish sulfametoksazolning chiqarilishiga yordam beradi. Organizmning hayotiy muhim faoliyatlarini tutib turish yuzasidan chora-tadbirlarni o‘tkazish, ko‘p miqdorda suyuqlikni yuborish va qon morfologiyasini va elektrolitlarning nazoratini o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Retsept bo‘yicha

10 yoki 20 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3, 4, 5, 6 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yuriqnomasi bilan birga karton qutili o‘ramlarga joylanadi.

5 yil.