Bisakodil RG rasmini ko'rish

Tarkibi:

ta’sir etuvchi modda: bisakodil – 5,0 mg. yadroning yordamchi moddalari: kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, mikrokristallik tsellyuloza, polivinilpirrolidon, talk, kaltsiy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Bisakodil

Preparatning savdo nomi:

Bisakodil-RG

Farmakalogik guruhi:

Surgi vositalari.

Dori shakli:

Ichakda eruvchan kobik bilan koplangan tabletkalar.

Och-sariq rangdan sariq-limon rangligacha bo‘lgan ikkiyoqlama qavariq yuzali qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Surgi vositalari.

Preparatning farmakokinetikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim qilinmagan.

Gipotonik va atonik qabziyatlar (shu jumladan keksalardagi; operatsiyalar va tug‘uruqlardan keyingi qabziyat). Ich kelishini boshqarish (gemorroy, proktit, orqa teshik yoriqlari). Jarrohlik operatsiyalarga, instrumental va rengenologik tekshiruvlarga patsiyentni tayyorlashda qo‘llanadi.

Ichga, uyqudan oldin yoki nonushtadan 30 minut oldin, kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga – 5-15 mg (1-3 tabletka); 2-12 yoshli bolalarga – 5 mg (1 tabletka) va 12 yoshdan kattalarga 5-10 mg (1-2 tabletka) buyuriladi. Tabletkalarni chaynamasdan va oz miqdordagi suv bilan birga yutiladi. Operativ aralashuvga yoki diagnostik tekshiruvlarga tayyorlashda – 10 mg dan (2 tabletka) operatsiya yoki tekshirish oldidan tunga buyuriladi.

Ichak sanchig‘i, diareya (degidratatsiya, suv-elektrolit almashinuvini buzilishlari, mushak kuchsizligi, tirishishlar, arterial bosimini pasayishi), qorinda og‘riq, meteorizm, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, churrani qisilib qolishi, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklari, peritonit, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari, bachadondan qon ketishlari, tsistit, spastik qabziyatlar, o‘tkir gemorroy, o‘tkir proktit, 2-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Antatsidlar bilan birga qo‘llash uning qobig‘ini barvaqt erishiga va me’da va 12 barmoq ichakni ta’sirlanishiga olib kelishi mumkin. Sut va ishqoriy mineral suv bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Belgilari: diareya, suvsizlanish, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi, gipokaliyemiya, yo‘g‘on ichak atoniyasi, qorinda spazmlar, kaliy va boshqa mikroelementlarni klinik ahamiyatli yo‘qotilishi. Davolash: simptomatik.

Retseptsiz

Ichakda eruvchan kobik bilan koplangan tabletkalar, 5 mg dan kontur uyali o‘ramlarda.

3 yil.