Biolektra Magnezium forte rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda:  403,0-435,2 mg magniy oksidi (243 mg magniyga to‘g‘ri keladi), yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, natriy gidrokarbonati, suvsiz natriy karbonat, kaliy gidrokarbonati, olma kislotasi, mannit, guruch kraxmali, limonli “MN” Ye143 aromatizatori, natriy tsiklamati, natriy xloridi, natriy saxarini, simetikon. 1 vishillovchi  tabletka 0,01 NB teng.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

magniy oksidi

Preparatning savdo nomi:

Biolektra Magnezium forte

Farmakalogik guruhi:

magniy preparatlari.

Dori shakli:

vishillovchi tabletkalar

dumaloq, oq yassitsilindrik, shikastlanishlarsiz silliq yuzali, bir tomonida  “Biolectra” bosib tushirilgan yozuvi bor tabletkalar.

magniy preparatlari.

A12S S10.

Organizmda magniyni tanqisligini davolash va oldini olish, mushak faoliyati tomonidan buzilishlar sabab bo‘lgan hollarda (neyromushak buzilishlari, tirishishlar) surunkali jismoniy va aqliy toliqishda, ta’sirchanlik, mialgiya, jadal jismoniy va aqliy yuklamalarda, homiladorlikda qo‘llanadi. Uzoq vaqt chekish va alkogolni suiiste’mol qilish natijasida paydo bo‘lgan gipomagniyemiyada, surgi vositalarini uzoq qo‘llaganda, kontratseptiv vositalarni, ayrim diuretiklarni yoki muntazam giperglikemiyali yoki osmotik diurezli qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llanadi.

Biolektra Magnezium fortening dozasi organizmda magniyning tanqislik darajasiga bog‘liq. O‘rtacha sutkalik dozasi 1-2 vishillovchi tabletkalar (243-486 mg magniy ionlari = 10-20 mmol) ni tashkil qiladi. Biolektra Magnezium forte uchun doza bo‘yicha quyidagi tavsiyalar mavjud: 6 yoshdan katta bolalarga: 1 vishillovchi  tabletkadan kuniga 1-2 marta buyuriladi. O‘smirlarga va kattalarga: 1 vishillovchi  tabletkadan kuniga 1-2 marta. Og‘ir magniy tanqisligida shifokor nazorati ostida Biolektra Magnezium forteni yuqoriroq dozalari buyurilishi mumkin. 1 vishillovchi tabletka bir stakan suvda eritiladi, tayyor bo‘lgan eritmani ichish kerak. Davolash davomiyligi organizmda magniy tanqisligi asosidagi sabablarga bog‘liqdir. Magniyni yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilish shifokor kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.

Nojo‘ya samaralar tez-tezligini aniqlash uchun quyidagi mezonlar inobatga olinadi: Juda tez-tez (≥1/10) Tez-tez (≥1/100 – <1/10) Tez-tez emas (≥1/1 000 – <1/100) Kam hollarda (≥1/10 000 – <1/1 000) Juda kam hollarda (<1/10 000) Noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha tez-tezligini baholab bo‘lmaydi). Yuqoriroq dozalarda xavfli bo‘lmagan va dozani kamaytirgandan keyin o‘tib ketadigan ich ketishi kuzatilishi mumkin. Biolektra Magnezium forteni yuqori dozalarda uzoq qabul qilganda toliqish hissi rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda shifokor klinik va kimyoviy taxlil usullari yordamida magniyni keyinchalik qabul qilish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilishi kerak.

Temir, natriy ftoridi yoki tetratsiklinni bir vaqtda qo‘llanganda temirni, natriy ftoridni, tetratsiklinni va magniyni o‘zlashtirilishi buzilishi mumkin. Bunday xolatlarda Biolektra magnezium forte preparatini va temir, ftorid natriy, tetratsiklin preparatlarini qabul qilish orasida 3-4 soat intervalga rioya qilish kerak. Alyumin saqlovchi preparatlarni (masalan, antatsid vositalar) bir vaqtda qabul qilganda alyumin so‘rilishi oshishi mumkin. Nomutanosiblik Noma’lum.

1 vishillovchi tabletka 7,35 mmol (169 mg) natriy saqlaydi. Buni natriyni kam saqlovchi parhezga rioya qiluvchi shaxslarga inobatga olish kerak (natriyni kam saqlovchi/osh tuzi). 1 vishillovchi tabletka 7,35 mmol (169 mg) kaliy saqlaydi. Buni jigar faoliyati susaygan patsiyentlarga, shuningdek kaliyni kam saqlovchi parhezdagi patsiyentlarga inobatga olish kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llashdagi xavfi yo‘q.

Original o‘ramida, 25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Magniy tuzlarini ichga qabul qilganda gipermagneziyemiya faqat buyrak yetishmovchiligida paydo bo‘ladi. Bunday bemorlarga magniy tuzlarini qabul qilish mumkin emas. Intoksikatsiya simptomlari Magniyni yuqori qontsentratsiyalari mushak skeletlarini bo‘shashini chaqiradi (qon plazmasida magniy kontsentratsiyasi 5,5 mmol/l dan yuqori). Yanada yuqoriroq magniy ionlari kontsentratsiyasi (10-20 mmol/l) yurakda o‘tkazuvchanlik davrini uzaytiradi, undan xam yuqoriroq kontsentratsiyalari diastolada yurak to‘xtashiga olib keladi. Intoksikatsiyasini davolash Kaltsiyni vena ichiga darxol yuborish ta’riflangan simptomlarni bartaraf qilishga olib keladi, chunki ushbu ionlar o‘rtasida antagonizm mavjud.

Retseptsiz beriladi

Vishillovchi tabletkalar № 10. 10 vishillovchi tabletkadan tubada, 1 tubadan yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

3 yil.