Biojen LIK

Tarkibi:

faol ingridiyentlar: Ona asalari suti – 20 mg; Jenshen ekstrakti – 40mg; O‘stirilgan bug‘doy maysasi yog‘i – 50 mg; Saflor yog‘i – 30 mg; L-Arginin – 20 mg; L-Lizin – 20 mg; Deanol bitartrati – 25 mg; Soya letsitini – 90 mg; Metionin – 74 mkg; Butillangan gidroksitoluyen – 1 mg; Gul changi – 25 mg. Vitaminlar: A vitamin palmitati – 5000 XB; D3 vitamini (xolekaltsiferol) – 400 XB; Ye vitamini – 180 mg; Biotin – 0,2 mg; V1 vitamini – 15 mg; V2 vitamini – 5 mg; V6 vitamini – 4 mg; V12 vitamini – 15 mg; Nikotinamid – 20 mg; Askorbin kislotasi – 150 mg; Folat kislotasi – 0,5 mg; Kaltsiy pantotenati – 10 mg; Orat kislotasi – 10 mg. Makroelementlar: Kaliy – 8 mg; Kaltsiy – 50 mg; Fosfor – 38,71.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

aminokislotalar va o‘simlik komponentlarini saqlovchi vitaminlar va minerallar majmuasi.

Preparatning savdo nomi:

Biojen-LIK

Farmakalogik guruhi:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar.

Dori shakli:

kapsulalar.

bo‘ylama choki bo‘lgan uzunchoq shaklli, binafsha rangli, vanil ta’mli silliq yumshoq jelatin kapsula, jigarrang rangli pastasimon massa saqlaydi.

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vositalar.

A11A

– kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda gipo- va avitaminozlarni davolash va oldini olishda; – aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishi, xolsizlik, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishida; – sog‘ayish jarayonlarini tezlashtirish uchun, shu jumladan og‘ir kasalliklar, jarrohlik operatsiyalari va radioterapiyadan keyin; – turlicha rivojlangan anemiyada; – sportchilarning jismoniy chidamliligini oshirish uchun; – stress oqibatlarini oldini olish uchun; – ayollardagi klimakterik davrda; – erkaklar impotentsiyasida; – jinsiy asteniya va bepushtlikda; – jinsiy yetilish davridagi vitaminlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lganida; – parhezga qat’iy rioya qiluvchi shaxslar uchun; – muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda;| – sochlarni to‘kilishi va sinuvchanligida; – nevrozlar, qandli diabet, bug‘imlarni yallig‘lanish kasalliklari, ko‘z va teri kasalliklari va boshqa surunkali kasalliklarda; – organizmning umumiy qarshiligini oshirish uchun qo‘llanadi.

Kuniga yoki kunora bir kapsuladan nonushtadan keyin qabul qilinadi. Tavsiya etilgan davolash kursi 2-3 xaftani tashkil etadi. Boshqa xolatlarda shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish kerak.

Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’sirlari kam rivojlanadi. Ayrim xollarda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, taxikardiya, allergik reaktsiyalar (eshakemi) namoyon bo‘lishi mumkin. Og‘ir darajadagi nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak.

– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga; – 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Xozirgi kungacha Biojen-LIK preparatini boshqa dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Boshqa vitamin va mineral preparatlari bilan bir vaqtda buyurilmaydi.

Biojen-LIK preparatini kunning ikkinchi yarmida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Biojen-LIK preparatini xomiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar bunday davolashni o‘tkazish zarur bo‘lsa, u xolda qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida o‘tkaziladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°Sdan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Biojen-LIK preparati tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida dozani oshirib yuborilish xollari kuzatilmagan. Dozasi tasodifan oshirib yuborilganida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan, chunki Biojen-LIK preparatini tarkibiga kiruvchi komponentlar (ayniksa yog‘da eruvchan vitaminlar va temir) ning organizmga toksik ta’sir qilishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Retseptsiz

10 kapsuladan blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riknomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.