BILOBIL forteretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 80 mg Ginkgo biloba L barglarining (Ginkgo barglari) ekstrakti (35-67:1), bu quyidagilarga muvofiq keladi: 17,6-21,6 mg flavon glikozidlari ko‘rinishidagi flavonoidlar,2,24-2,72 mg A, V, s ginkgolidlari va2,08-2,56 mg bilobalid, ekstragent – atseton 60% v/v. yordamchi moddalar: kukunlash bilan quritilgan suyuq glyukoza, laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, kapsula qobig‘i: temir (II,III) oksidi, temir (III) oksidi, titan dioksidi, azorubin bo‘yovchisi (Ye122), jelatin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ginkgo Biloba barglarining quruq ekstrakti

Preparatning savdo nomi:

BILOBIL forte

Farmakalogik guruhi:

o‘simliklardan olingan angioprotektor vosita.

Dori shakli:

kapsulalar

pushti rangli kapsula. Kapsula ichida to‘qroq rangli ko‘rinarli zarrachali ochdan to‘q-jigarranggacha bo‘lgan kukun saqlanadi. Qumoqlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

o‘simliklardan olingan angioprotektor vosita.

N06DX02.

Diqqatni pasayishi, xotirani susayishi, intellektual qobiliyatlarni pasayishi, qo‘rquv, xavotirlik, uyquni buzilishi bilan kechuvchi turli etiologiyali distsirkulyator entsefalopatiya (insult, bosh miya jarohati, keksalik yoshi);periferik qon aylanishi va mikrotsirkulyatsiyani buzilishi (shu jumladan, oyoqlar arteriopatiyasi), Reyno sindromi;neyrosensor buzilishlar (bosh aylanishi, quloqlarda shang‘illash, gipoakuziya);sariq dog‘ni keksalik davridagi degeneratsiyasi;diabetik retinopatiyada qo‘llanadi.

Preparat 1 kapsuladan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) ichga buyuriladi. Kapsulalarni oz miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil qiladi. Yaxshilanishning birinchi belgilari odatda 1 oydan keyin namoyon bo‘ladi. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy kursni o‘tkazish mumkin.

Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish), me’da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilishi (dispepsiya), bosh og‘rig‘i.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, qon ivishini pasayishi, eroziv gastrit, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari, o‘tkir miokard infarkti, arterial gipotenziya, bolalar, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Atsetilsalitsil kislotasi yoki antikoagulyantlarni doimiy ravishda qabul qiladigan patsiyentlarga Bilobil® forte preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparatning tavsiya etilgan dozalarini oshirish mumkin emas. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Bilobil® forteni homiladorlik va emizish davrida buyurish tavsiya etilmaydi. Bilobil® forte kapsulalarni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish mumkin. Bilobil® forte kapsulalarni alkogolli ichimliklar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Bilobil® forte preparatining dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.

Shifokor retseptisiz

80 mg dan kapsulalar, 10 kapsuladan blisterda. 2 yoki 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.