Preparat qo‘llanganida kuzatiladigan nojo‘ya samaralari, ularni paydo bo‘lish tez-tezligiga qarab, toifalarga tasniflangan: juda tez-tez ≥ 1/10; tez-tez > 1/100, ≤ 1/10; tez-tez emas ≥ 1/1000, ≤ 1/100; kam hollarda ≥ 1/10000, ≤ 1/1000; juda kam hollarda ≤ 1/10000, shu jumladan alohida xabarlar.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – yuqori toliqish, holsizlik, asteniya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi, depressiya, bezovtalik, ongni chalkashishi yoki xotiraning vaqtinchalik yo‘qolishi, kam hollarda – gallyutsinatsiyalar, miasteniya, “dahshatli” tush ko‘rishlar, tirishishlar (shu jumladan boldir mushaklarida) qo‘l-oyoqlarda paresteziya (“o‘zgarib turuvchi cho‘loqlik” va Reyno sindromi bo‘lgan bemorlarda), tremor.
Ko‘rish a’zosi tomonidan: kam hollarda – ko‘rishni buzilishi, ko‘z yoshi sekretsiyasini kamayishi, ko‘z quruqligi va og‘rig‘i; juda kam hollarda – kon’yunktivit.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez – sinusli bradikardiya, yurak urishi; tez-tez –AB ni yaqqol pasayishi, angiospazmni ko‘rinishlari (periferik qon aylanishining buzilishini kuchayishi, oyoqlarning sovushi, Reyno sindromi); tez-tez emas – ortostatik gipotenziya, miokardning o‘tkazuvchanligini buzilishi, AV blokada (hatto to‘liq ko‘ndalang blokada rivojlanishi va yurakni to‘xtab qolishigacha), aritmiyalar, miokardning qisqaruvchanligini susayishi, surunkali yurak yetishmovchiligini og‘irlashishi (to‘piqlarni, oyoq panjalarini shishi; hansirash), ko‘krak qafasida og‘riq.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini quruqligi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qabziyat yoki diareya; kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (to‘q siydik, sklera yoki terini sarg‘ayishi, xolestaz), ta’mni o‘zgarishi, gepatit.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – yuqori dozalarda buyurilganida nafasni qiyinlashishi (selektivlikni yo‘qolishi) va/yoki moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda laringo- va bronxospazm; kam hollarda- burunni bitishi.
Endokrin tizimi tomonidan: giperglikemiya, (insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda), gipoglikemiya (insulin qabul qilayotgan bemorlarda), gipotireoid holat.
Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – terini qichishi, toshma, eshakemi.
Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda – ter ajralib chiqishini kuchayishi, teri giperemiyasi; juda kam hollarda – ekzantema, psoriazsimon teri reaktsiyalari, psoriazning simptomlarini zo‘rayishi, alopetsiya.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: kam hollarda – jigar transaminazalari (alaninaminotransferazani, aspartataminotransferazani oshishi) faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gipertriglitseridemiya; alohida hollarda – trombotsitopeniya, (odatdagi bo‘lmagan qon ketishlar va qon quyilishlar), agranulotsitoz, leykopeniya.
Homilaga ta’siri: ona qornida o‘sishni kechikishi, gipoglikemiya, bradikardiya.
Boshqalar: tez-tez emas – artralgiya; kam hollarda – libidoni susayishi, potentsiyani pasayishi; belda og‘riq, “bekor qilish” sindromi (stenokardiya hurujlarini kuchayishi, AB ni oshishi).