Simptomlari: Tizimli toksik reaktsiyalar markaziy nerv tizimiga va yurak-qon tomir tizimiga taaluqlidir.
Ushbu reaktsiyalar tasodifan qon tomir ichiga inyektsiya qilish, dozani oshirib yuborilishi yoki qon tomirlari bilan juda yaxshi ta’minlangan to‘qimalarda g‘ayri-oddiy tez so‘rilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mahalliy anestetikni kontsentratsiyasini qonda yuqori bo‘lganida chaqirilgan bo‘lishi mumkin.
MNT tomonidan simptomlar amid turidagi barcha mahalliy anestetiklari uchun o‘xshash bo‘lsada, ayni paytda yurak simptomlari turli preparatlar uchun ham miqdoriy ham sifati tomonidan farq qiladi.
Mahalliy anestetiklarni tasodifan tomir ichiga inyektsiya qilish darhol (bir necha sekunddan to bir necha minutlargacha) tizimli toksik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi hollari, qonda mahalliy anestetikning kontsentratsiyasini biroz sekinroq oshishi oqibatida, tizimli toksiklik keyinroq (inyektsiyadan keyin 15-60 minutdan so‘ng) namoyon bo‘ladi.
MNT tomonidan toksiklik, simptomlar va reaktsiyalarni chuqurlashishi bilan asta-sekin namoyon bo‘ladi.
Birinchi simtomlar odatda yengil bosh aylanishi, og‘iz oldi paresteziyalari, tilni oqarishi, giperkuziya, quloqlarda shovqin va ko‘rishni buzilishi bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
Artikulyatsiyaning asoratlari, mushaklarni tirishishli harakatlarini yoki tremor tirishishlarga olib keladigan jiddiy simptomlar hisoblanadi.
Ushbu belgilarni nevrotik xatti-harakatlar sifatida talqin etish mumkin emas.
Bundan so‘ng bir necha sekundlardan bir necha minutlargacha davom etadigan xushdan ketish va katta tutqanoq xurujlari kuzatilishi mumkin.
Tirishishlar vaqtida mushakning yuqori faolligi va o‘pkalarda gaz almashinuvining yetishmovchiligi tufayli, tezda kislorod yetishmovchiligi va giperkapniya (qonda SO2 tarkibini oshishi) rivojlanadi.
Shuningdek og‘ir hollarda apnoe ham rivojlanishi mumkin.
Atsidoz mahalliy anestetiklarning zaharli samarasini kuchaytiradi.
Patsiyentlarni sog‘ayishi mahalliy anestetikning metabolizmiga va uni markaziy nerv tizimidan tashqarida tarqalishiga bog‘liq.
Bu faqat dori vositasini juda katta miqdorda yuborishdan tashqari hollarda tez sodir bo‘ladi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan samaralar ko‘pchilik hollarda jiddiyroq xavf tug‘diradi.
Bu samaralardan oldin odatda markaziy nerv tizimi tomonidan toksiklik belgilari namoyon bo‘ladi, biroq ular umumiy anesteziya yoki chuqur sedatsiya bilan niqoblanishi mumkin, bu benzodiazepin yoki barbituratlar kabi preparatlar yordamida erishiladi.
Mahalliy anestetiklarning yuqori tizimli kontsentratsiyasi oqibatida arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, aritmiya va hatto yurakni to‘xtab qolishi rivojlanishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimidagi toksik samaralar ko‘pincha, yurak o‘tkazuvchanligi tizimi va miokardni susayishi bilan bog‘liq bo‘ladi, bu yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmini kamayishi, arterial gipotenziya, AV-blokada, bradikardiya va ba’zida – ventrikulyar aritmiya, shu jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurak qorinchasi fibrillyatsiyasi va yurakni to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
Bu holatlardan oldin ko‘pincha MNT tomonidan og‘ir toksiklik belgilari masalan, tirishish ko‘rinishidagi simptomlar yuz beradi, biroq, kam hollarda yurakni to‘xtashi MNT tomonidan oldindan yuz beruvchi samaralarsiz kuzatilgan.
Preparat juda tez bolyusli inyektsiya qilingandan so‘ng yurakning koronar qon tomirlarida bupivakainning shunchalik yuqori kontsentratsiyasiga erishish mumkinki, qon aylanish tizimiga ta’siri mustaqil ravishda yoki MNT tomonidan samaralar rivojlanishidan oldin kuzatiladi.
Ushbu mexanizmni inobatga olib, miokardning faoliyatini susayishi intoksikatsiyaning xatto birinchi simptomi sifatida rivojlanishi mumkin.
Davolash: O‘tkir tizimli zaharlanishning belgilari paydo bo‘lganida, mahalliy anestetiklarni qo‘llashni darhol to‘xtatishi lozim.
Davolashning o‘pkani yaxshi ventilyatsiyasini, oksigenatsiyani va qon aylanishini yetarli darajada ushlab turishiga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Doimo kislorod berib turish va zaruruat tug‘ilganda o‘pkani sun’iy ventilyatsiyasini o‘tkazish lozim.
Agar tirishilar 15-20 sekunddan keyin o‘z-o‘zidan to‘xtamasa, o‘pka ventilyatsiyasini yaxshilash uchun patsiyentga 1-3 mg/kg tiopental natriyni vena ichiga yuborish lozim, yoki vena ichiga 0,1 mg/kg diazepamni yuborish lozim (ushbu vosita ancha sekin ta’sir qiladi).
Uzoq muddatli tirishishlar patsiyentning nafasiga va oksigenatsiyasiga xavf soladi.
Miorelaksantlarni (masalan, suksametoniya 1 mg/kg) inyektsiya qilish, patsiyentning o‘pka ventilyatsiyasini va oksigenatsiyasini ta’minlash uchun ancha yaxshi sharoit yaratadi, lekin traxeal intubatsiya va O‘SV ni o‘tkazish tajribasiini talab etadi.
Arterial bosimi pasayganda/bradikardiyada vazopressor (qon tomirlarni toraytiruvchi) vositalarni yuborish lozim (masalan, 5-10 mg efedrin, 2-3 minutdan keyin takror yuborish mumkin).
Qon aylanishi to‘xtab qolgan hollarda darhol pnevmokardial shoshilinch choralarni boshlash lozim.
Nafasini yaxshi oksigenatsiyasini va qon aylanishini bir vaqtda atsidozni muvofiqlashtirish yo‘li bilan tutib turish muhimdir.
Yurak to‘xtab qolgan uzoq muddatli reanimatsion choralarini o‘tkazish talab etilishi mumkin.