Betaverretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: betagistin digidroxloridi                                              8 mg                16 mg yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza                                                 42 mg               84 mg laktoza (sut qandi)                                                              34,8 mg           69,6 mg makkajo‘xori kraxmali                                                     19,5 mg             39 mg povidon (polivinilpirrolidon)                                   7,3 mg              14,6 mg natriy karboksimetilkraxmali (primogel)                3,6 mg              7,2 mg talk                                                                                    3,6 mg              7,2 mg kolloid kremniy dioksidi (aerosil)                             1,2 mg              2,4 mg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

betagistin

Preparatning savdo nomi:

Betaver

Farmakalogik guruhi:

bosh aylanishini bartaraf etuvchi vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

yassitsilindrik shaklli faskali (8 mg doza uchun) va faska va riskali (16 mg doza uchun) oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.

bosh aylanishini bartaraf etuvchi vosita.

N07CA01.

Tez so‘riladi, plazma oqsillari bog‘lanishi – past. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 3 soatdan keyin erishiladi. Yarim chiqarilish davri 3-4 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida (2-peredilsirka kislotasi)          24 soat davomida deyarli to‘liq chiqariladi.

Kelib chiqishi turli bo‘lgan vestibulyar bosh aylanishini davolash va oldini olish.Bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, eshitishni avj olib boruvchi pasayishi, ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oluvchi sindromlar.Menyer sindromi/kasalligida qo‘llaniladi.

Ichga, ovqat vaqtida. Betaver 8 mg – 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Betaver 16 mg – 1/2-1 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Yaxshilanish odatda davolashning boshidayoq kuzatiladi, barqaror terapevtik samara ikki haftalik davolashdan so‘ng boshlanadi va bir necha oy davolanish davomida oshib borishi mumkin. Preparatni qabul qilishning davomiyligi shaxsiy ravishda tanlanadi.

Me’da-ichak buzilishlari. Juda kam hollarda teri qoplamlari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini (toshma, qichishish, eshakemi) paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgan; Kvinke shishi.

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiyada (ma’lumotlarning yetishmasligi sababli) qo‘llash mumkin emas. Samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumotlar bo‘lmaganligi tufayli 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Ehtiyotkorlik bilan: me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, bronxial astma, feoxromotsitoma. Ushbu bemorlarni davolash davrida muntazam kuzatib turish kerak.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir yoki nomutanosiblik hollari noma’lum.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Betaver sedativ samaraga ega emas va avtomobilni boshqarish yoki stanok va mexanizmlarda ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, 640 mg dan yuqori dozalar qabul qilinganida tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 8 va 16 mg. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

4 yil.