Bepleksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: tiamin (gidroxloridi ko‘rinishida)                   5 mg; riboflavin                                                             2 mg; piridoksin (gidroxloridi ko‘rinishida)                       2 mg; nikotinamid                                                           20 mg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tiamin gidroxloridi, riboflavin, piridoksin gidroxloridi, nikotinamid.

Preparatning savdo nomi:

Bepleks

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar.

Dori shakli:

qobik bilan qoplangan tabletkalar.

jigarrang rangli, oval shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan, vitamin hidi bo‘lgan tabletkalar.

vitaminlar.

Bepleks® preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘k.

– muvozanatlanmagan ovqatlanish; – nevrologik kasalliklarni (shu jumladan nevritlar, radikulitlar, nevralgiyalar, periferik falajlar, diabetik polinevropatiya); oldini olish va davolash; – surunkali alkogolizm oqibatidagi nevrologik buzilishlar; – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kasalliklari (glossitlar, gingivitlar, stomatit) – MIY kasalliklari (gastrit, me’da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, surunkali kolit); – jigar kasalliklari (shu jumladan surunkali gepatitlar); – teri kasalliklari (uzoq vaqt bitmaydigan yaralar, kuyishlar, og‘iz burchagidagi yoriqlar) – ko‘z kasalliklari (kon’yuktivit, irit, shox parda yarasi, katarakta) – moddalar almashinuvini buzilishi; – anemiyalar; – homiladorlik; – laktatsiya davri (emizish davri) da qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga profilaktika maqsadida 1-2 tabletkadan har kuni, davolash maqsadida 3-4 tabletkadan yoki shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llanadi. Preparat ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

V guruhi vitaminlariga yuqori sezuvchanlik, levodopa bilan bir vaqtda davolash mumkin.

Bepleks® preparatining tarkibiga kiruvchi piridoksin levodopaning terapevtik faolligini pasaytirib, uning metabolizmini oshirishi mumkin. Bepleks® va levodopani, faqat dekarboksilaza ingibitorlarini bir vaqtda buyurilganida birga qo‘llash mumkin. Piridoksin steroid garmonlarning samaralarini pasaytirishi mumkin. Izoniazid piridoksinni siydik bilan chiqarilishini oshiradi. Tsikloserin, gidralizin va penitsillamin Bepleks® preparatining tarkibiga kiruvchi tiaminning antagonistlari hisoblanadilar. Bepleks® preparatining GMG-KoA-reduktazaning hosilalari (levostatin, pravastatin) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu preparatlarning o‘zaro ta’sirida rabdomioliz yuz berishi mumkin.

Bepleks® qabul qilinganida siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning takibida riboflavinning borligi bilan bog‘liqligini hisobga olish kerak. Turli kasalliklarda preparatni haddan tashqari yuqori dozalarda qo‘llash samaradorligi asoslanmagan.

Bepleks® tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida homilaga biron-bir salbiy ta’sir kuzatilmagan. Yuqori dozalarda piridoksin prolaktinni ajralib chiqishini izdan chiqaradi, shuning uchun laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq joyda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, kusish, teri qoplamlarini oqarishi. Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Shifokor retseptisiz

3 yil.