Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asabiylik, uyquchanlik, qo‘zg‘alish (ayniqsa yoshi katta patsiyentlar guruhida), holsizlik, uyquni buzilishi, ataksiya (harakat koordinatsiyasini buzilishi), nutqni buzilishi.
Siydik chiqarish tizimi: siyishni qiyinlashishi va tutilishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari: og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ta’m bilishni buzilishi, kekirish, disfagiya, meteorizm, qorinda spazm/og‘riq, ichak motorikasini atoniyagacha susayishi, qabziyat, o‘t chiqarish yo‘llari va o‘t qopi tonusini pasayishi; preparatni yuqori dozalarda qisqa muddat ichida qabul qilinganda me’da shirasini kompensator gipersekretsiyasi qayd qilinishi mumkin.
Ko‘rish a’zolari: qorachiqni kengayishi, yorug‘likdan qo‘rquv, akkomodatsiya falaji, ko‘rishni noaniqligi, ko‘z ichki bosimini oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi: yuzni qizarishi, qizib ketish hissi, yurak urishini his qilish, aritmiyalar (shu jumladan ekstrasistoliya, taxikardiya), miokard ishemiyasi, arterial bosim oshishi mumkin.
Nafas tizimi va ko‘ks oralig‘i a’zolari: qiyin ajraladigan, yopishqoq balg‘am paydo bo‘lishiga olib keluvchi bronxlar sekretor faolligini va tonusini kamayishi.
Immun tizimi: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining ko‘rinishlari, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktik shok.
Teri va teri osti kletchatkasi: teri toshmasi, giperemiya, eshakemi, eksfoliativ dermatit.
Boshqalar: ter ajralishini kamayishi, teri va shilliq qavatlarni qurishi, dizartriya, shishlar, mavjud gipokaliyemiyani kuchayishi.
Har qanday salbiy reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda, patsiyent preparatni keyinchalik qo‘llashi yuzasidan shifokor bilan albatta maslahatlashishi kerak!