Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 ampula quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: meldoniy digidrati – 500 mg; Yordamchi moddalar: inyektsiya uchun suv.
Ichga qabul qilinganidan so‘ng MIY orqali tez so‘riladi.
Biokirishaolishligi taxminan 78% ni tashkil qiladi.
Plazmada maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) qabul qilgandan so‘ng 1-2 soatdan keyin erishiladi.
Preparat vena ichiga yuborilganidan so‘ng biokirishaolishligi 100% ga teng.
Plazmada Cmax ga yuborilganidan so‘ng darhol erishiladi.
Organizmda biotransformatsiyaga uchraydi va ikkita asosiy metabolitlarini hosil qiladi, buyraklar orqali chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri (T1/2) dozaga bog‘liq va 3-6 soatni tashkil qiladi.
Ish qobiliyatini pasayishi, jismoniy zo‘riqish;disgormonal kardiomiopatiya (majmuaviy davolash tarkibida);turli etiologiyali gemoftalm va to‘r pardaga qon quyilishi, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik);bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (insultlar va tserebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy davolash tarkibida;surunkali alkogolizmda abstinentsiya sindromi (maxsus davolash tarkibida) da qo‘llanadi.
Aqliy va jismoniy yuklamalarda 0,5 g dan sutkada bir marta v/i buyuriladi.
Davolash kursi 10-14 kun.
Zarurati bo‘lganida davolash 2-3 haftadan keyin takrorlanadi.
Sportchilarga 0,5-1 g dan sutkada 2 marta mashqlardan oldin v/i tavsiya qilinadi.
Tayyorgarlik davrida davolash kursini davomiyligi 14-21 kun, musobaqa vaqtida 10-14 kun.
Bosh miyada qon aylanishini buzilishini o‘tkir fazasida preparat v/i 500 mg dan sutkada 1 marta 10 kun davomida buyuriladi, so‘ngra preparatni sutkada 0,5-1 g dan ichga qabul qilishga o‘tiladi.
Umumiy davolash kursi 4-6 hafta.
Bosh miyada qon aylanishini surunkali buzilishlarida preparat sutkada 500 mg dan sutkada 1 marta m/i buyuriladi.
Davolash kursi 4-6 hafta.
Takroriy kurslar shaxsiy ravishda yilda 2-3 marta buyuriladi.
Ko‘z tubining qon tomir patologiyalarida va ko‘zning to‘r pardasini distrofik kasalliklarida Batronat 10 kun davomida inyektsiya uchun eritma 0,5 ml dan 500 mg/ml kontsentratsiyada parabulbar va subkon’yunktival yuboriladi.
Surunkali alkogolizmda preparat 500 mg dan sutkada 2 marta v/i yoki m/i buyuriladi.
Davolash kursi 7-10 kun.
Kam hollarda – qichishish, dispeptik ko‘rinishlar, taxikardiya, qo‘zg‘alish, arterial bosimni o‘zgarishi.
preparatga yuqori sezuvchanlik;bosh miya ichki bosimini oshishi.
Batronat antianginal vositalar, ba’zi gipotenziv preparatlar, yurak glikozidlarining ta’sirini kuchaytiradi.
Preparat antikoagulyantlar, antiagregantlar, bronxolitiklar, antiaritmik, antianginal va diuretik vositalar bilan mutanosib.
Batronat nitroglitserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar bilan majmuada qo‘llanganida yengil taxikardiya, arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin (ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak).
Jigar va buyrakning surunkali kasalliklarida preparat uzoq muddat qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Bosh miyani qo‘zg‘atuvchi samarasini rivojlanish ehtimoli tufayli, preparatni kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktatsiya Batronatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q.