Banalgin rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: paratsetamol – 500 mg, ditsikloverin gidroxloridi – 20 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kaltsiya gidrofosfati, makkajo‘xori kraxmali, povidon, jelatin, natriy metilparaben, natriy propilparaben, tozalangan suv, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmalglikolyat, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol va ditsikloverin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Banalgin

Farmakalogik guruhi:

spazmolitik vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

oq, yassi, dumaloq, bir tomonida o‘yiqchasi bor va boshqa tomoni silliq tabletkalar.

spazmolitik vosita.

A03AA07

Paratsetamol ichga qabul qilinganida tez va deyarli to‘liq MIY da so‘riladi, plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 10-60 minut o‘tgach erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 10% tashkil etadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, asosan faol bo‘lmagan metabolitlarga – glyukuronid (60-80%) va paratsetamol sulfatiga (20-30%). Kam darajada (<4%) oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi- tsistein va merkaptopurat kislotasi hosil bo‘lishi bilan (R450 tsitoxromi ishtirokida bilan). Yarim chiqarilish davri – 2-2,5 soat. Siydik bilan asosan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. O‘zgarmagan holda taxminan 5% chiqariladi. Jigar yetishmovchiligida paratsetamolning metabolizmi o‘zgarmaydi. Ditsiklomin gidroxloridi ichga qabul qilinganida tez so‘riladi, to‘qimalarga taqsimlanadi, qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 60-90 minutdan keyin erishiladi. Yarim chiqarilish davri tekshirishlarning natijasi bo‘yicha 1,8 soatni tashkil qiladi, 1 dozani qabul kilinganidan keyin preparat qonda 9 soat davomida mavjud bo‘lganida. Keyingi tekshirishlar 1 dozani qabul qilgandan keyin qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasini 24 soat davomida saqlanishini ko‘rsatadi, eliminatsiyaning ikkinchi fazasi esa ahamiyatsiz davomiylikdagi yarim chiqarilish davriga ega. Asosiy miqdori (79,5%) siydik bilan va taxminan 8,4% – ahlat bilan chiqariladi.

Kelib chiqishi turli xil bo‘lgan og‘riq sindromi: bosh og‘rig‘i;tish og‘rig‘i;mialgiya, nevralgiya;revmatik og‘riq, radikulitlar;buyrak sanchig‘i;algomenoreyada,ichakning funktsional spazmlarida qo‘llaniladi.

Preparat ichga, oz miqdordagi suyuqlik (200 ml) bilan qabul qilinadi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 tabletkadan og‘riqning o‘tkirligiga qarab sutkada 1-4 marta buyuriladi. 7 yoshdan 13 yoshgacha bolalar: 1/2 tabletkadan sutkada 1-2-marta buyuriladi. 13 yoshdan 15 yoshgacha bolalar: 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi. Davolashni o‘tkazishda kattalarga qabulni sutkada 4 tabletkadan boshlash maqsadga muvofiqdir. Zarurati bo‘lganida va bemorning holatiga qarab, agar nojo‘ya ta’sirining ko‘rinishlari bo‘lmasa dozani sutkada 8 tabletkagacha oshirish mumkin. Agar 2 hafta davomida davolashning samarasiga erishilmasa yoki sutkada 4 tabletkadan kamroq dozada nojo‘ya ta’sirining belgilari namoyon bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Og‘izni qurishi, yutishni qiyinlashishi va chanqoqlik, ko‘z qorachig‘ini kengayishi akkomodatsiyani va yorug‘likka sezuvchanlikni buzilishi bilan ko‘z ichki bosimini oshishi, terining giperemiyasi, quruqligi, taxikardiya va aritmiyadan keyin yuz beruvchi bradikardiya, siydik chiqarilishini qiyinlashishi, qabziyat, kam hollarda isitma, ongni chalkashishi, teri toshmalari. Kam hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz; preparat uzoq vaqt yuqori dozada qo‘llaganda gepatotoksik ta’siri bo‘lishi mumkin.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, emizish davri, glaukoma, taxikardiya, siydik chiqarish yo‘llarining o‘tkazuvchanligini buzilishi, miasteniya, paratsetamolga yuqori sezuvchanlik, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Amantadin, I sinf antiaritmik preparatlar (xinidin), antigistaminlar, antipsixotik vositalar (fenotiazin), benzodiazepinlar, MAO ingibitorlari, narkotik analgetiklar (meperidin), nitrat va nitritlar, simpatomimetiklar, tritsiklik antidepressantlar antixolinergik ta’sirini oshirishi mumkin. Glaukomada qo‘llanadigan preparatlarga nisbatan teskari samara ko‘rsatadi. Yuqori ko‘z ichki bosimi GKS lar bilan birga qo‘llash xavfli bo‘lishi mumkin. MIY motorikasiga ta’sir etuvchi preparatlar (metoklopramid) bilan birga qo‘llaganida teskari samara ko‘rsatishi mumkin. Barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida paratsetamolning gepatotoksik ta’sirining xavfi oshadi. Antatsidlar antixolinergik vositalarining so‘rilishini buzishi mumkinligi tufayli, ularni birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Axlorgidriyani davolashda, shuningdek me’da sekretsiyasini taxlilini o‘tkazishda me’dada kislotaning chiqarilishiga antixolinergik vositalarning susaytiruvchi ta’sirini susaytirilishini hisobga olish kerak.

Siydik chiqarilishi buzilganida, prostata bezi kattalashganida, taxikardiyada, yurak yetishmovchiligi, ichak tutilishida, yarali kolitlarda, me’daning pilorik bo‘limini stenozida, buyrak va jigar faoliyati buzilganida, xavfsiz giperbilirubinemiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Gastroezofageal reflyuks kuchayishi mumkin. Preparat ruxiy va/yoki jismoniy reaktsiyalarni pasaytirishi mumkin, bu transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda potentsial xavflidir. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, salqin joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

10 tabletkadan blisterda. 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.

3 yil.