Baktrimretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml (1 o‘lchov qoshiq) ichga qabul qilish uchun suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: ko-trimoksazol – 240 mg (200 mg sulfametoksazol va 40 mg trimetoprimga to‘g‘ri keladi); yordamchi moddalar: dispersiyalanuvchi tsellyuloza – 80,0 mg, metilparagidroksibenzoat – 2,5 mg, propilparagidroksibenzoat – 0,5 mg, sorbitol – 4500,0 mg, polisorbat 80 – 10,0 mg, vanil aromatizatori – 10,0 mg, banan aromatizatori – 25,0 mg, 5,0 ml gacha tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ko-trimoksazol&

Preparatning savdo nomi:

Baktrim

Farmakalogik guruhi:

mikroblarga qarshi majmuaviy vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya

sarg‘ish-oqdan to to‘q sariq ranggacha bo‘lgan meva xidli bir xil suspenziya.

mikroblarga qarshi majmuaviy vosita.

J01EE01

So‘rilishi Og‘iz orqali qabul qilinganidan so‘ng trimetoprim va sulfametoksazol me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarida tez va to‘liq so‘riladi. 160 mg trimetoprim + 180 mg sulfametoksazol bir marta qabul qilinganidan so‘ng 1-4 soat o‘tgach trimetoprimning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 1,5-3 mkg/ml, sulfametoksazolniki esa – 40-80 mkg/ml ni tashkil qiladi. 12 soatlik interval bilan ko‘p marta qabul qilinganida minimal muvozanat kontsentratsiyalari 2-3 kundan keyin trimetoprim uchun 1,3-2,8 mkg/ml va sulfametoksazol uchun 32-63 mkg/ml chegaralarida barqarorlanadi. Biokiraolishligi Trimetoprim va sulfametoksazolni so‘rilishi to‘liq hisoblanadi, peroral qo‘llanganda bu ikkala komponentlar uchun mutloq biokiraolishlik 100% ga to‘g‘ri keladi. Taqsimlanishi Trimetoprimning taqsimlanish hajmi taxminan 1,6 l/kg ni, sulfametoksazolniki – taxminan – 0,2 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillarni bog‘lab olish xususiyati trimetoprim uchun 37% ga va sulfametoksazol uchun 62% yetadi. Trimetoprim sulfametoksazolga nisbatan prostata bezining yallig‘lanmagan to‘qimasiga, urug‘ suyuqligiga, qin sekretiga, so‘lakka, o‘pakning sog‘lom va yallig‘langan to‘qimasiga, safroga birmuncha yaxshiroq kiradi, shu vaqtning o‘zida orqa miya suyuqligiga va ko‘z suyuqligiga ikkala komponentlar bir xil darajada qiradi. Trimetoprim katta miqdorda va sulfametoksazol birmuncha kamroq miqdorda qon oqimidan interstitsial va organizmning ekstravazal suyuqliklariga o‘tadi, bunda tirmetoprim va sulfametoksazolning kontsentratsiyalari ko‘pchilik sezgir mikroorganizmlar uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyadan yuqori bo‘ladi. Odamda trimetoprim va sulfametoksazol yo‘ldoshda, kindik tasmasi qonida, homila oldi suyuqligida va homila to‘qimalarida (jigar, o‘pka) aniqlanadi, bu ikkala moddalarni yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishini ko‘rsatadi. Odatda, trimetoprimning homiladagi kontsentratsiyasi onadagiga yaqin, sulfametoksazolning kontsentratsiyasi esa homilada onadagiga nisbatan past bo‘ladi. Har ikkala modda ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi ona plazmasidagiga yaqin (trimetoprim) yoki past (sulfametoksazol) bo‘ladi. Metabolizmi Trimetoprimning taxminan 30% dozasi metabolizmga uchraydi. Odam jigari mikrosomalari bilan o‘tkazilgan in vitro sharoitdagi tadqiqotlarga muvofiq trimetoprimning oksidlanuvchi metabolizmida CYP3A4, CYP1A2 va CYP2C9 izofermentlarining rolini inkor etib bo‘lmaydi. Trimetoprimning asosiy metabolitlari 1- va 3-oksidlar va 3- va 4-gidroksi hosilalari hisoblanadi. Ayrim metabolitlari mikroblarga qarshi faollikka ega. Sulfametoksazolning taxminan 80% dozasi jigarda asosan N4-atsetilizatsiya (taxminan 40%) va kamroq darajada glyukuron kislotasi bilan kon’yugatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Sulfametoksazol oksidlanishi metabolizmga uchraydi. Gidroksilaminning hosilalarini hosil bo‘lishiga olib keluvchi birinchi oksidlanish bosqichi, CYP2C9 izofermenti tomonidan katalizatsiya qilinadi. Chiqarilishi Har ikkala komponentni yarim chiqarilish davri bir biriga juda yaqin (trimetoprim uchun o‘rtacha 10 soat va sulfametoksazol uchun 11 soat). Ikkala moddalar, shuningdek ularning metabolitlari, deyarli asosan buyrak orqali ham kalavalar filtratsiyasi va ham naychalar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi, buning oqibatida xar ikkala faol moddalarning siydikdagi kontsentratsiyasi, qondagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Trimetoprimning dozasini taxminan uchdan ikki qismi va sulfametoksazolning dozasini beshdan bir qismi buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Trimetroprimning umumiy plazma klirensi minutiga 1,9 ml/kg, sulfametoksazolniki minutiga 0,32 ml/kg ni tashkil qiladi. Faol moddalarning katta bo‘lmagan qismi ichak orqali chiqariladi.

Baktrim®ni faqat, shifokorning fikri bo‘yicha, bunday davolashning afzalligi, mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish kerak; bitta samarali antibakterial vositani qo‘llash bilan kifoyalanish mumkinligi haqidagi masalasini hal qilish, shuningdek antibakterial preparatlarni tegishli qo‘llash bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni va antibakterial preparatlarga chidamlilikni mahalliy tarqalganligini e’tiborga olish kerak. In vitro sharoitlarida bakteriyalarning antibiotiklarga sezuvchanligi turli geografik xududlarda va vaqtda o‘zgarishi tufayli, preparatni tanlashda bakterial sezuvchanlikning mahalliy xususiyatlarini hisobga olish kerak. In vitro sharoitda bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi geografik mintaqalar va vaqt bo‘yicha o‘zgarganligi tufayli, preparatni tanlaganda bakterial sezuvchanlikning mahalliy o‘ziga xosligini e’tiborga olish kerak. Baktrim® preparatini faqat preparatga ishonchli ravishda yoki yuqori ehtimollik bilan sezgir bakteriyalar yoki boshqa mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalarni davolash yoki profilaktika qilish uchun qo‘llash kerak. Bunday ma’lumot yo‘qligida tegishli antibakterial davolash epidemiologik holat va bakterial sezuvchanlikning mahalliy o‘ziga xosligiga muvofiq empirek tanlanishi kerak.

Ichga, ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Tavsiya etilgan dozalarda Baktrim® preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta’sirlari teri toshmasi va me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar hisoblanadi. Noxush reaktsiyalar tez-tezligini ta’riflash uchun quyidagi tasnif ishlatiladi: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va ≤10%), tez tez emas (≥0,1% va ≤1%), kam hollarda (≥0,01% va ≤0,1%), juda kam hollarda (≤0,01%), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi). Tizim /a’zo/sinfTez-tezTez-tez emasKam hollardaJuda kam hollardaTez-tezligi noma’lumInfektsion va parazitarkasalliklar Zamburug‘li infektsiyalar (kandidoz)   Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar  Leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya, anemiya (megaloblast, gemolitik/autoimmunyoki aplastik)Agranulotsitoz, metgemoglobinemiya, pantsitopeniya Immun tizimi tomonidan buzilishlar   O‘ta yuqori sezuvchanlik keaktsiyalari, allergik reaktsiyalar (tana haroratini oshishi, angionevrotik shish, anafilaktoidreaktsiyalar, zardob kasalligi) Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar  Gipoglikemiya  Ruhiyatni buzilishlari  Gallyutsinatsiyalar  Nerv tizimi tomonidan buzilishlar TirishishlarNeyropatiya (shu jumladan periferik nevritlarvaparesteziyalar)Ataksiya, aseptik meningit/ meningeal simptomatikaTserebral vaskulitKo‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar   Uveit RetinalvaskulitEshitish a’zosi tomonidan va labirint buzilishlar   Tizimli va tizimli bo‘lmagan bosh aylanishi Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar   Allergik miokardit, purpura, Shenleyn-Genox purpurasiVaskulit, nekrozlovchi vaskulit, poliangiit bilan kechuvchi granulematoz, tugunli periarteriitNafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar   O‘pka infiltratlariO‘pka vaskulitiMe’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarKo‘ngil aynini, qusishDiareya, soxtamembranoz enterokolitStomatit, glossit O‘tkir pankreatitJigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar“jigar” transaminazalari faolligini oshishiGepatit, bilirubinkontsentratsiyasini oshishiXolestazJigar nekrozi“o‘t chiqarish yo‘lini yo‘qolishi”sindromiTeri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlarToshma, turg‘un dori eritemasi, eksfoliativ dermatit, makulopapuleztoshma, eritema, qichishish, qizamiqsimontoshmaEshakemi Fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonsonsindromi, toksikepidermalnekroliz, eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan kechuvchi dori toshmasi (DRESS sindrom) Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar   RabdomiolizArtralgiya, mialgiyaBuyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlarQonda azot kontsentratsiyasini oshishi, kreatinin darajasini oshishiBuyrak funktsiyasini buzilishiKristalluriyaInterstitsialnefrit, diurezni kuchayishi Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi    Giperkaliyemiya, giponatriyemiyaUmumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar  Venoz og‘riqva flebit

Anamnezda ko-trimoksazolga (sulfametoksazol+trimetoprim) va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; jigar parenximasini yaqqol shikastlanishi; og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi ≤ 15 ml/min), peritoneal dializ; qon kasalliklari (aplastik anemiya, V12-tanqisligi anemiyasi, agranulotsitoz, leykopeniya, folat kislotasi tanqisligi oqibatidagi megaloblast anemiya); dofetilid, paklitaksel va amiodaron bilan majmuada; 6 haftalik yoshgacha bo‘lgan bolalar; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; homiladorlikni III uch oyligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas. Klozapin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki klozapinning agranulotsitoz chaqirish qobiliyati ma’lum.

Trimetoprim organik kationlarning transporteri 2 ni (OST2) ingibitori, shuningdek CYP2C8 izofermentining kuchsiz ingibitori hisoblanadi. Sulfametoksazol CYP2C9 izofermentining kuchsiz ingibitori hisoblanadi. OST2 tashiluvchi (masalan, dofetilid, amantadin, memantin va lamivudin) preparatlarining tizimli ekspozitsiyasi, trimetoprim va sulfametoksazol birga qo‘llanganida oshishi mumkin. Trimetoprim-sulfametoksazol va dofetilidni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Trimetoprim dofetilidning buyrak ekskretsiyasini ingibitsiya qiladi, dofetilidning “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon AUC ni 103% ga va maksimal kontsentratsiyasini 93% ga oshiradi. Dofetilidning kontsentratsiyasini oshishi QT intervalini uzayishi bilan kechuvchi jiddiy qorinchalar aritmiyalari, shu jumladan torsades de pointes aritmiyasini chaqirishi mumkin. Amantadin va memantin qabul qilayotgan patsiyentlarda nerv tizimi tomonidan noxush ko‘rinishlarni (deliriy va miokloniya kabi) rivojlanish xavfi oshadi. Asosan CYP2C8 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan preparatlar (masalan, paklitaksel, amiodaron, dapson, repaglinid, rosigitazon va pioglitazon) ning tizimli ekspozitsiyasi, trimetoprim-sulfametoksazol birga qo‘llanganida oshishi mumkin. Paklitaksel va amiodaron past terapevtik indeksga ega, ularni trimetoprim/sulfametoksazol bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Dapson va trimetoprim-sulfametoksazol metgemoglobinemiya rivojlanishini sababi bo‘lishi mumkin, chunki ularni farmakokinetik va farmakodinamik o‘zaro ta’sirlari uchun potentsial mavjud. Dapson va trimetoprim-sulfametoksazol qabul qilayotgan patsiyentlarda, metgemoglobinemiya rivojlanishi aniqlash uchun sinchiklab monitoring o‘tkazish kerak. Zarurat bo‘lganida muqobil davolash buyurish kerak. Repaglinid yoki pioglitazon qabul qilayotgan patsiyentlarda, gipokaliyemiyani rivojlanishini aniqlash uchun muntazam monitoring o‘tkazish kerak. Asosan CYP2C9 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan (masalan, kumarinlar (varfarin, atsenokumarol), fenitoin va sulfonilmochevina hosilalari (glibenklamid, gliklizid va glipizid)) preparatlarning tizimli ekspozitsiyasi, trimetoprim-sulfametoksazol birga qo‘llanganida oshishi mumkin. Kumarinlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda qon ivishini monitoring qilish kerak. Baktrim® fenitoinning jigardagi metabolizmini susaytirishi mumkin. Trimetoprim va sulfametoksazolning standart dozalari buyurilganidan so‘ng fenitoinning yarim chiqarilish davri 39% ga oshishi va uning klirensi 27% ga kamayishi kuzatilgan. Fenitoin qabul qilayotgan patsiyentlarni, fenitoinning toksik ta’sirini aniqlash uchun monitoring o‘tkazish  kerak. Sulfonilmochevina hosilalarini (glibenklamid, gliklazid va glipizid) qabul qilayotgan patsiyentlarda gipoglikemiya rivojlanishini aniqlash uchun monitoring o‘tkazish  kerak. Baktrim® preparati peroral kontratseptivlarning samaradorligini pasaytirish xususiyatiga ega. Baktrim® preparati bilan davolanish vaqtida ayollarga kontratseptsiyaning qo‘shimcha usullarini ishlatish tavsiya etiladi. Trimetoprim-sulfametoksazol va indometatsinni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida sulfametoksazolning kontsentratsiyasini oshishini sababi bo‘lishi mumkin. Baktrim® preparati zardobdagi digoksinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, ayniqsa keksa patsiyentlarda, shuning uchun zardobda digoksinning kontsentratsiyasini monitoring qilish kerak.

O‘ta yuqori sezuvchanlik va allergik reaktsiyalar: teri toshmasi yoki har qanday boshqa og‘ir nojo‘ya reaktsiyasi birinchi marta paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Allergik reaktsiyalarga moyilligi va bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarga Baktrim® preparatini extiyotkorlik bilan buyurish kerak. O‘pkadagi infiltratlar (eozinofil yoki allergik alveolit tipidagi) yo‘tal yoki hansirash kabi simptomlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida yoki to‘satdan avj olganida patsiyentni takroran ko‘rikdan o‘tkazish va Baktrim® preparati bilan davolashni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Buyrak tomonidan buzilishlar: sulfonilamidlar, shu jumladan Baktrim® preparatidiarezni kuchaytirishi mumkin, ayniqsa yurak yetishmovchiligi chaqirgan shishlari bo‘lgan patsiyentlarda. Baktrim® preparatining yuqori dozalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda (shu jumladan P. jiroveciichaqirgan pnevmotsist pnevmoniyani davolaganda), shuningdek quyidagi patsiyentlar guruhida: preparatning standart dozasini qabul qilayotgananamnezida kaliy metabolizmini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar; buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar; giperkaliyemiya rivojlanishiga olib keluvchi preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda buyrak funktsiyasi va zardobda kaliy kontsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Jiddiy noxush reaktsiyalar: qonning patologik o‘zgarishlari, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan kechuvchi dorilar oqibatidagi toshma (DRESS sindrom), va jigarni yashin tezligida kechuvchi nekrozi kabi nojo‘ya reaktsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan, garchi kamdan-kam bo‘lsa ham, o‘lim bilan tugagan holatlar haqida xabar berilgan. Patsiyentlarning alohida guruhlari: keksa va qari yoshli patsiyentlarda, shuningdek yondosh kasalliklari, masalan buyrak va/yoki jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, yoki boshqa preparatlar bir vaqtda qabul qilinganida, og‘ir nojo‘ya reaktsiyalarni yuqori rivojlanishi xavfi bor; bunday hollarda rivojlanish xavfi doza va davolash davomiyligi bilan bog‘liq. Baktrim® preparati bilan davolash davomiyligi, ayniqsa keksa va qari yoshdagi patsiyentlarda iloji boricha qisqaroq bo‘lishi kerak. Buyrak funktsiyasini buzilishida “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limidagi “Ayrim holatlarda dozalash” kichik bo‘limidagi ko‘rsatmalarga muvofiq dozaga tuzatish kiritish kerak. Trimetoprim-sulfametoksazol qabul qilayotgan buyrak funktsiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 15-30 ml) bo‘lgan patsiyentlarda toksiklik simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish, giperkaliyemiya) rivojlanishi yuzasidan sinchkovlik bilan monitoring o‘tkazish kerak. Og‘ir gematologik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga Baktrim® preparatini faqat istisno sifatida buyurish mumkin. Keksa va qari yoshli patsiyentlarda, shuningdek folat kislotasini tanqisligi yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda, folat kislotasi yetishmovchiligi uchun xarakterli bo‘lgan gematologik o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin. Ular folat kislotasi buyurilganidan keyin yo‘qoladi. Gemoliz rivojlanishi mumkinligi tufayli, Baktrim® preparatini glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas, mutloq ko‘rsatmalar bo‘lgan holatlardan tashqari va faqat minimal dozalarda. Har qanday sulfonamidlar buyurilganida bo‘lgani kabi porfiriyasi yoki qalqonsimon bez funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Moddalar almashinuvi uchun “sekin atsetilizatsiya” xarakterli bo‘lgan patsiyentlar, sulfonamidlarga idiosinkraziya rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar. Uzoq vaqt davolash: Baktrim® preparati uzoq muddat buyurilganida qonning shaklli elementlari sonini muntazam ravishda aniqlash kerak. Qonning xar qanday xujayralarini miqdori axamiyatli darajada pasayganida Baktrim®  preparatini bekor qilish kerak. Baktrim® preparati bilan uzoq vaqt davomida davolanayotgan patsiyentlarda (ayniqsa buyrak yetishmovchiligida), siydikning umumiy taxlili va buyrak funktsiyasini muntazam nazorat qilish kerak. Davolash vaqtida organizmga yetarli darajada suyuqlik tushishini va kristalluriyani oldini olish uchun adekvat diurezni ta’minlash kerak.

Homiladorlik Homiladorlikning erta muddatlarida Baktrim® preparatini qabul qilgan ayollarda homilaning tug‘ma nuqsonlari rivojlanishi xavfi isbotlanmagan. Hayvonlarda trimetoprim va sulfametoksazolning juda katta dozalari, homilada folat kislotasining yetishmovchiligi uchun tipik bo‘lgan rivojlanishi nuqsonlarini chaqirgan. Trimetoprim ham, sulfametoksazol ham yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi va, oqibatda, folat kislotasi almashinuviga ta’sir qilishi mumkinligi tufayli, homiladorlikda (I-II uch oylikda) Baktrim® ni faqat, uni qo‘llashdan kutilayotgan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish kerak. Baktrim®bilan davolash jarayonida homilador ayollarga, shuningdek homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan ayollarga, sutkada 5 mg dan folat kislotasini buyurish tavsiya etiladi. Homiladorlikning kechki muddatlarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan yadroli sariqlik borligi xavfi tufayli, Baktrim® preparatini qo‘llashdan saqlanish kerak. Emizish davri Trimetoprim ham, sulfametoksazol ham ko‘krak sutiga o‘tadi. Baktrim®  preparatining oz miqdori ko‘krak suti bilan bolaga o‘tishiga qaramasdan, emizikli bola uchun mumkin bo‘lgan xavfni (yadroli sariqlik, o‘ta yuqori sezuvchanlik) ona uchun kutilayotgan terapevtik samara bilan solishtirish tavsiya etiladi.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, intellektual va ko‘rishni buzilishlar, og‘ir hollarda – kristalluriya, gematuriya va anuriya. Dozani surunkali oshirib yuborilish simptomlari: qon hosil bo‘lishini susayishi (trombotsitopeniya, leykopeniya), shuningdek folat kislotasini yetishmovchiligi oqibatida qon manzarasini boshqa patologik o‘zgarishlari. Davolash (simptomatikasiga qarab): preparatni so‘rilishini oldini olish bo‘yicha choralar, jadallashtirilgan diurez yo‘li bilan buyrak ekskretsiyasini kuchaytirish (siydikning PN ni ishqoriy tomonga o‘zgartirish sulfametoksazolni chiqarilishiga yordam beradi), gemodializ (peritoneal dializ samarasiz). Qon manzarasi va elektrolitlarni nazorat qilish kerak. Qon manzarasini yaqqol patologik o‘zgarishlarida yoki sariqlikda spetsifik davolash buyuriladi. Qon hosil bo‘lishiga trimetoprimning ta’sirini yo‘qotish uchun folat kislotasi 3-6 mg dozada mushak ichiga 5-7 kun davomida buyuriladi.

Retsept bo‘yicha

Ichga qabul qilish uchun suspenziya 240 mg/5 ml 50 ml yoki 100 ml dan preparat birinchi marta ochish nazorati bo‘lgan, polipropilen buraluvchi qopqoqli jigarrang shisha flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan birga karton qutiga joylanadi.

5 yil.