Bakteriofag stafilokokkovy jidkiy “MediPhag”

Tarkibi:

faol moddalar: Staphylococcus aureus bakteriyalari fagolizatlarining steril tozalangan filtrati, kamida 1x106 KOЕ/ml. yordamchi moddalar: konservant, xinozol 0,00001 g/ml yoki suyuq fag xajmining 0,0001%. Tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

stafilokokk bakteriofagi

Preparatning savdo nomi:

Bakteriofag stafilokokkovy jidkiy “MediPhag”

Farmakalogik guruhi:

stafilokokk bakteriofagi – immunobiologik preparat. Staphylococcus ni tanlab lizisga uchratadigan spetsifik virus.

Dori shakli:

preparat turli jadallikdagi sariq rangli, tiniq eritmadir. 10 ml dan 5 flakon, 20 ml dan 4 flakon va 100 ml dan 1 flakon yoki dozator-purkagichli qopqoqli 20 ml dan 1 flakon (sprey) karton qutida.

turli jadallikdagi sariq rangli tiniq eritma.

stafilokokk bakteriofagi – immunobiologik preparat. Staphylococcus ni tanlab lizisga uchratadigan spetsifik virus.

Preparat barcha yoshdagi va yuqori xavf guruhdagilarda Staphylococcus aureus tomonidan chaqirilgan bakterial yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.

Samarali fagoterapiyaning muhim sharti bo‘lib, dastlab kasallik qo‘zg‘atuvchisining fagosezuvchanligini aniqlash (bemordan ajratib olingan shtammlarning stafilokokk bakteriofagiga sezuvchanligini aniqlash) hisoblanadi. Stafilokokk bakteriofagini qo‘llash kasallikning ilk bosqichida, shuningdek uni infektsiya o‘chog‘iga yuborish eng samarali hisoblanadi. Infektsiya o‘chog‘ini joylashishiga qarab, Stafilokokkovy bakteriofag jidkiy: mahalliy – chayish, yuvish, tomizish, applikatsiyalar, tamponlar, turundalar ko‘rinishida. Karillyar drenaj, kateter orqali bo‘shliqlar (qorin, plevra, bo‘g‘im, qovuq) ichiga yuborish yo‘li orqali; ichga qabul qilish (per os) yo‘li orqali; klizma yordamida to‘g‘ri ichakka (per rectum) yuborish mumkin. Mahalliy shikastlanish bilan kechuvchi yiringli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun Stafilokokkovy bakteriofag jidkiy ham mahalliy, ham ichga qabul qilish (per os) uchun buyuriladi. Preparat bilan davolash kursi davomiyligi 5 kundan 10 kungacha. Preparatning dozasi infektsiya o‘chog‘ining xarakteri bilan belgilanadi va quyidagilarni tashkil etadi; 200 ml gacha (shikastlangan o‘choqning o‘lchamini hisobga olib) – chayish, namlash, tamponlar; 100 ml gacha – bo‘shliqlar (plevral, bo‘g‘im va boshqa chegaralangan bo‘shliqlar) ichiga yuborish uchun kapillyar drenaj orqali yuboriladi. So‘ngra bo‘shliq to‘liq tikiladi yoki kapillyar drenaj qoldiriladi, u orqali bir necha kun davomida bakteriofag takroran yuboriladi. Abstsesslarda punktsiya yordamida yiring olib tashlangandan keyin preparat o‘choq bo‘shlig‘iga yuboriladi. Yuborilayotgan preparatning miqdori olib tashlangan yiringning xajmidan biroz kam bo‘lishi kerak. Yiring abstsessni ochish yo‘li bilan olib tashlanishi mumkin, keyinchalik bakteriofag bilan namlangan tampon bo‘shliqqa yuboriladi. 10-20 ml – osteomiyelitda yaralarga yuborish uchun (tegishli jarroxlik ishlovidan keyin) qo‘llaniladi. 2-10 ml – quloq, tomoq, burunning yiringli-yallig‘lanish kasalliklarida chayish, yuvish, tomizish, turundalarni namlash uchun qo‘llaniladi. Muolaja kuniga 1-3 marta o‘tkaziladi (turunda 1 soatga qoldiriladi). 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bodomsimon bezlarga shprits (yoki grusha) yordamida ishlov berish va halqumning orqa sohasiga ishlov berish uchun preparatni burunga tomizgan afzal; katta yoshdagi bolalar tomoqni chayishlari va preparatning oz miqdorini (2 ml) burunga tomizishlari mumkin. Tsistit, piyelonefrit, uretritlarda preparat ichga qabul qilinadi. Agar qovuq yoki buyrak jomi drenajlangan bo‘lsa, bakteriofag kateter yoki zond orqali 20-30 ml dan qovuqqa va 10 ml dan buyrak jomiga kuniga 2 mata yuboriladi.Staphylococcus aureus mikroorganizm tomonidan chaqirilgan enteral patologiyada, TIS (disbakterioz) da Stafilokokkovy bakteriofag jidkiy ichga va klizma ko‘rinishida qo‘llanadi. Preparat ovqatdan 1-1,5 soat oldin och qoringa qabul qilinadi. Klizma ko‘rinishida kuniga 1 marta, kechqurun, uyqudan oldin, ichak bo‘shaganidan keyin buyuriladi. Preparatning tavsiya etilgan dozalari:

Preparat zaharli emas. Biron-bir nojo‘ya ko‘rinishlari aniqlanmagan. Sezuvchan patsiyentlarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni har qanday guruhdagi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Bakteriofagni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, qorong‘i joyda, +2°S dan +15°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi holatlari ta’riflanmagan.

Retseptsiz

Preparat dozator-purkagich bo‘lgan qalpoqcha (sprey) 10 ml dan 5 flakonda, 20 ml dan 4 flakonda va 100 ml dan 1 flakonda yoki 20 ml dan 1 flakonda, davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida joylangan.

2 yil.