Bafepim RGretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: tsefepim gidroxloridi (tsefepimga ekvivalent) 1,0 g. yordamchi modda: L-arginin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsefepim gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Bafepim RG

Farmakalogik guruhi:

Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruxi).

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

oq yoki och-sariq rangli kukun.

Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruxi).

J01DA24

Vena ichiga (v/i) bir martalik doza qo‘llanganida 250 mg – 2 g chegaralarida tsefepimning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqlidir. Tsefepim asosan buyraklar orqali chiqariladi, yarim chiqarilish davri (T½) 2,0 soatni tashkil qiladi, sog‘lom ko‘ngillilarning organizmidan umumiy klirensi minutiga 120,0 ml tezlik bilan sodir bo‘ladi. Mushak ichiga (m/i) qo‘llanganida preparat to‘liq so‘riladi. Bir marta m/i inyektsiyadan keyin plazmada maksimal kontsentratsiyaga (Smaks) taxminan 1,5 soat o‘tgach erishiladi. 500 mg – 2 g m/i diapazonda tsefepimning farmakokinetikasi to‘g‘ri proportsionaldir. 9 kun davomida klinik ahamiyatli dozalarni qabul qilgan sog‘lom katta ko‘ngilli erkaklarda to‘planishini isbotlovchi dalillar yo‘q. Tsefepimning zardob oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 20% ni tashkil qiladi va uning zardobdagi kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. Tsefepimning o‘rtacha taqsimlanish hajmi (Vd) barqaror holatda 18,0 l ni tashkil qiladi. Terapevtik kontsentratsiyalari siydik, safro, peritoneal suyuqligi, o‘t qopi suyuqligi va so‘lak kabi organizmning turli suyuqliklarida va bronxlarning shilliq qavati, prostata bezi, appendiks va o‘t qopi kabi organizmning to‘qimalarida aniqlanadi. Tsefepim yallig‘langan gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi. Tsefepim kuchsiz N-metilpirrolidingacha (NMP) metabolizmga uchraydi, u tez N-oksidga (NMP-N-oksid) aylanadi. Tsefepimning chiqarilishi asosan buyraklar orqali bo‘ladi, qabul qilingan dozaning tahminan 85% o‘zgarmagan holda, dozaning 1% dan kamrog‘i NMP ko‘rinishida, 6,8% –NMP-N-oksidi ko‘rinishida va 2,5% –tsefepim epimeri ko‘rinishida chiqariladi. Tsefepim axamiyatsiz darajada ko‘krak suti bilan chiqariladi. Tsefepimning farmakokinetikasi dasturlar bo‘yicha 2 oylikdan to 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bir martalik va ko‘p martalik dozalardan keyin, har 8 soatda va har 12 soatda tekshirilgan. V/i ga bir martalik dozadan keyin organizmdan umumiy klirensi Vd mos ravishda minutiga 3,3 ml/kg va 0,3 l/kg ni tashkil qiladi. Siydikda o‘zgarmagan tsefepimning chiqarilishi yuborilgan dozaning 60,4% tashkil qilgan, o‘rtacha buyrak klirensi esa minutiga 2,0 ml/kg. Yoshi va jinsi organizmdan klirensiga yoki Vd ga (tana vazniga hisoblanganda) ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. Tsefepim har 12 soatda 50 mg/kg dan qo‘llanganida to‘planishi kuzatilmagan, shu vaqtning o‘zida Cmax, “kontsentratsiya vaqt” (AUC) egri chizig‘i ostidan maydoni va parchalanish davri, har 8 soatdagi 50 mg/kg dozadan keyin barqaror holatida taxminan 15% ga oshgan. Tsefepimning bolalardagi ta’siri v/i ga 50 mg/kg dozadan keyin, v/i ga 2 g dan doza qabul qilgan kattalardagi ta’siri bilan bir xil. 50 mg/kg m/i ga dozaning mutloq bioekvivalentligi 82,3% ni tashkil qiladi. Tsefepimning farmakokinetikasi turli darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilgan o‘rtacha T½ gemodializga muxtoj bo‘lgan patsiyentlarda 13,5 soat bo‘lgan, uzoq muddatli peritoneal dializga muhtoj bo‘lgan patsiyentlarda esa – 19,0 soat. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda organizmdan tsefepimning umumiy klirensi, kreatinin klirensiga (K/K) proportsional kamaygan, bu shu guruh patsiyentlari uchun dozalarga tuzatish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Jigar faoliyati buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda tsefepimning farmakokinetikasi o‘zgarmasdan qolgan. Bu guruh patsiyentlari uchun dozalargani tuzatish kiritishiga hojat yo‘q.

Preparat kattalar va 2 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yuqorida ko‘rsatilgan mikroorganizmlarning sezgir shtammlari chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi: quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniya va bronxit);siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan va asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan, piyelonefrit);asoratlangan qorin ichki infektsiyalari (shu jumladan, peritonit va o‘t yo‘llarining infektsiyalari);teri va yumshoq to‘qimalarini infektsiyalari;ginekologik infektsiyalar, septitsemiya va febril neytropeniyali patsiyentlar uchun infektsiyani empirik davolash;bolalardagi orqa miyaning bakterial meningiti; –     preparatga chidamli bakteriyalarning rivojlanishini kamaytirish uchun va inyektsiyalar uchun Tsefepim va boshqa antibakterial preparatlarning  samaradorligini qo‘llab turish uchun ham qo‘llanadi.

Parenteral: v/i va m/i (chuqur). Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalarga yoki tana vazni ≥40 kg bo‘lgan bolalarga: 1-2 g dan v/i bir qabulda yoki har 12 soatda buyuriladi, davolash davomiyligi patogeneziga muvofiq 7-10 kun tashkil qiladi. Siydik chiqarish yo‘llarining o‘rta va o‘rtacha infektsiyalari: 0,5-1 g v/i yoki m/i, har 12 soatda buyuriladi, davolash davomiyligi 7-10 kun tashkil qiladi. Siydik chiqarish yo‘llarining o‘tkir infektsiyalari: 2 g v/i ga har 12 soatda buyuriladi, davolash muddati – 10 kun tashkil qiladi. O‘tkir va hayotga xavf soluvchi infektsiyalarda 2 g dan v/i ga har 8 soatda qo‘llash mumkin. Istmali neytropaniyaniyani empirik davolash uchun: 2 g v/i 8 soatda buyuriladi, davolashning odatdagi muddati 7-10 kun tasho‘kil qiladi yoki neytropeniya yo‘qolgunicha. Isitma belgilari yo‘qolgan, lekin neytropeniyasi qolgan patsiyentlar uchun mikroblarga qarshi davolashni davom ettirishnining zarurati qayta ko‘rilishi kerak. 2 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi doza kattalarga tavsiya qilingan maksimal dozadan (2 g har 8 soatda) oshmasligi kerak. Vazni 40 kg dan yuqori bo‘lgan bolalar uchun kattalar dozasini qo‘llash tavsiya etiladi, masalan 40 mg/kg har 12 soat 7-14 kun davomida buyuriladi. Bakterial orqa miya meningiti bo‘lgan bemor bolalar uchun 50 mg/kg doza, har 8 soatda v/i ga tomchilagich orqali ishlatilishi mumkin. Bolalarda isitmali neytropeniyani empirik davolash: 50 mg/kg har 12 soatda (isitmali neytropeniyani davolash – har 8 soatda preparatni qabul qilish) buyuriladi, davolashning davomiyligi esa – katta patsiyentlardagi kabi. Tsefepim inyektsiya uchun 2 oylikdan kichik bolalarda ishlatish tajribasi cheklangan. Tajriba 50 mg/kg doza ishlatilganida olinganligi tufayli, 2 oylikdan katta patsiyentlarda farmakokinetik parametrlarni modelini tuzish, 30 mg/kg doza har 12 yoki 8 soatda 1 dan 2 oylikkacha yoshdagi patsiyentlarga qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatadi. 2 oylikdan kichik yoshdagi bolalarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritishini xojati yo‘q. Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda (K/K ≤ 60 ml/minut) Tsefepim inyektsiya uchun dozasi buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashgan tezligini kompensatsiyalash uchun tuzatish kerak. Tsefepim inyektsiya uchun tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi, buyrak faoliyati normada bo‘lgan patsiyentlar uchun dozasi bir hil bo‘lishi kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun normal dozalash tartibi bilan solishtirganda, tsefepimning samarani bir miyorda ushlab turuvchi dozalari tavsiya qilingan tartibi. Kreatinin klirensi (ml/minut)Samarani bir miyorda ushlab turuvchi dozalarning tavsiya etilgan tartibi >60, odatdagi tavsiya etilgan dozalash tartibi500 mghar 12 soatda1 ghar 12 soatda2 ghar 12 soatda2 ghar 8 soatda30-60500 mghar 24 soatda1 ghar 24 soatda2 ghar 24 soatda2 ghar 24 soatda11-29500 mghar 24 soatda500 mghar 24 soatda1 ghar 24 soatda2 ghar 24 soatda< 11250 mghar 24 soatda250 mghar 24 soatda500 mghar 24 soatda1 ghar 24 soatda Gemodializ*500 mghar 24 soatda500 mghar 24 soatda500 mghar 24 soatda500 mghar 24 soatda *Birinchi kuni 1 g, so‘ngra 500 mg dan har 24 soatda. Gemodializ kunlari tsefepim gemodializdan keyin qo‘llanishi kerak. Iloji boricha tsefepim har kuni bir vaqtda ishlatilishi kerak. Gemodializga duchor bo‘lgan patsiyentlarda, dializni boshlash vaqtida organizmda bo‘lgan barcha tsefepimning tahminan 68% 3 soat dializ davomida chiqariladi. Gemodializdagi patsiyentlarga inyektsiya uchun tsefepim dozasi yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan. Uzoq muddatli ambulator peritoneal dializga duchor bo‘lgan patsiyentlarga, inyektsiya uchun tsefepim odatdagi tavsiya etilgan dozalarda har 48 soatda qo‘llanishi mumkin. Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan bolalarda preparatni ishlatilishi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q; biroq tsefepimning bolalardagi farmakokinetikasi kattalarnikiga o‘xshash bo‘lgani tufayli, kattalar uchun dozalarni o‘zgartirilishiga proportsional ravishda dozalash tartibini o‘zgartirish tavsiya qilinadi. V/i ga qo‘llash. O‘tkir yoki hayotga xavf soluvchi infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlar uchun v/i ga qo‘llash avzalroq. V/i ga infuziya uchun 500 mg, 1 g yoki 2 g ni 50-100 ml 0,9% natriy xlorid, 5% yoki 10% inyektsiya uchun dekstroza, M/6 inyektsiya uchun natriy laktat, Ringer laktat eritmasida eritiladi. Inyektsiya uchun tsefepimning kontsentratsiyasi 40 mg/ml dan oshmasligi kerak. 50-100 ml hajmni v/i ga quyish taxminan 30 minut davomida o‘tkazilishi kerak. M/i ga qo‘llash. M/i ga qo‘llash uchun 0,5 g inyektsiya uchun tsefepimga 1,5 ml inyektsiya uchun eritmalar qo‘shish yoki 1,0 g ga 3,0 ml eritma qo‘shish, so‘ngra chuqur m/i ga inyektsiya qilish kerak (katta dumba mushagining tashqi yuqori kvadrati).

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, dispepsiya, soxtamembranoz enterokolit. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, mioklonus va tirishishlar, entsefalopatiya (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda tsefepimning tuzatish kirititilmagan dozalarini qo‘llanganda). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, xansirash, periferik shishlar.. Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: fosforni oshishi yoki kamayishi, ALT va AST, ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, qon zardobdagi mochevinani yoki kreatinin, umumiy bilirubin darajasisini oshishi, eozinofillar sonini oshishi, protrombin vaqtini uzayishi va tromboplastin vaqtini qisqarishi, kaltsiy miqdorini, gematokritni oshishi, shuningdek qisqa muddatli leykopeniya, granulotsitopeniya va trombotsitopeniya. Qon yaratish tizimi tomonidan: aplastik anemiya, gemolitik anemiya, gemorragiyalar. Mahalliy reaktsiyalar: inyektsiya joyida v/i ga yuborilganda – flebitlar, m/i yuborilganida – og‘riq va yallig‘lanishlar. Boshqalar: toshma, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, buyrak disfunktsiyasi, toksik nefropatiya, vaginit, jigar disfunktsiyasi, shu jumladan, xolestaz va pantsitopeniya.

Inyektsiya uchun tsefepim eritmalarini, ko‘pchilik beta-laktam antibiotiklariga o‘xshash, 40 mg/ml dan yuqori kontsentratsiyadagi ampitsillin eritmalariga qo‘shish mumkin emas va metronidazolga, vankomitsinga, gentamitsinga, tobramitsinga, netilmetsin sulfatga yoki aminofillinga, ular orasida o‘zaro ta’sir bo‘lishi mumkinligi tufayli, qo‘shish mumkin emas. Biroq agar inyektsiya uchun tsefepim bilan bir vaqtda davolash ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu antibiotiklardan har birini alohida yuborish mumkin. Tsefepimni qo‘llash siydikdagi glyukozani soxta musbat reaktsiyaga olib kelishi mumkin. Glyukoza testlarida enzimatik glyukoza-oksidlovchi reaktsiyalarni ishlatish tavsiya qilinadi.

Inyektsiya uchun tsefepim bilan davolashni boshlashdan avval patsiyentlarni tsefepim, tsefalosporin, penitsillin yoki boshqa preparatlarga, ularda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasini aniqlash uchun sinchiklab so‘rov o‘tkazish kerak. Agar ushbu preparat penitsillinga sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentga yuborilishi kerak bo‘lsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki beta-laktam antibiotiklarida kesishgan o‘ta yuqori sezuvchanlik qa’tiy aniqlanadi. Keng ta’sir doirasiga ega antibakterial preparatlar qabul qilinganida, yengildan to hayotga xavf soluvchigacha bo‘lgan soxtamembranoz kolitlarning rivojlanishi haqida xabar berilgan. Shuning uchun antibakterial preparatlar qo‘llanganidan keyin diareya belgilari bo‘lgan patsiyentlarda, ushbu tashxisni qo‘yish juda muhim. Yengil soxtamembranoz kolit odatda davolashni to‘xtatishni talab qiladi. Inyektsiya uchun tsefepim me’da-ichak kasalliklari, ayniqsa kolitlari bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Ko‘pchilik tsefalosporinlar, shu jumladan tsefepim, protrombin faolligini kamayishi bilan assotsiatsiyalangan. Bu xavfga buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan yoki ovqatlanishi yetarli bo‘lmagan patsiyentlar, shuningdek mikroblarga qarshi davolashni uzoq muddatli kursini olayotgan patsiyentlar duchor bo‘ladilar. Xavf guruhi patsiyentlarida protombin vaqtini kuzatish kerak va ekzogen K vitaminini qo‘llash ko‘rsatilgan. Inyektsiya uchun tsefepim maksimal odam dozalaridan 33 marta yuqori dozalarda ishlatilganida, arginini glyukozaning metabolizmini o‘zgartirishi va vaqtincha zardobdagi kaliyning oshirishi ko‘rsatilgan. Pastroq dozalarining samarasi hozirgi vaqtda noma’lum. Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda (K/K ≤ 60 ml/minut) inyektsiya uchun tsefepim dozasi yoki qabul qilish vaqtining intervalini, buyrak faoliyati bilan muvofiqlashtirish kerak. Buyrakning faoliyati inyektsiya uchun tsefepim bilan bir vaqtda aminoglikozidlar va kuchli diuretiklar kabi nefrotoksikligi mumkin bo‘lgan preparatlar qo‘llangan holda, sinchiklab kuzatilishi kerak. Inyektsiya uchun tsefepimni homilador ayollarda ishlatilishi bo‘yicha adekvat va yaxshi nazoratlangan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlardagi reproduktivlikni tekshirishlar hamma vaqt ham odamni davolashga bo‘lgan reaktsiyasini oldindan aytib beraolmasligi tufayli, preparatni homiladorlik vaqtida faqat juda zarur bo‘lgan holda ishlatish kerak. Tsefepim ko‘krak suti bilan juda past kontsentratsiyalarda (0,5 mkg/ml) chiqariladi. Preparat emizikli onalarda ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Keksa patsiyentlar odatdagi tavsiya qilingan kattalarning dozalarini olganlarida, klinik samaradorligi va xavfsizligi, yoshi katta patsiyentlardagi bilan o‘xshash bo‘lgan. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan keksa patsiyentlarda ishlatilganida, inyektsiya uchun tsefepimning dozasi buyrak faoliyatiga muvofiq ravishda tuzatish kerak. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Juda katta dozani olayotgan patsiyentlar, kuzatuv ostida bo‘lishlari va tutib turuvchi davolashni olishlari kerak. Organizmdan tsefepimni chiqarish bo‘yicha yordamchi muolaja sifatida gemodializ, ammo peritoneal dializ emas, tavsiya qilingan. Simptomlari: ko‘pincha surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi; tirishishlar, entsefalopatiya, nerv-psixik qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi. Davolash: gemodializ (tsefepimni organizmdan chiqarilishi bo‘yicha yordamchi muolaja sifatida). Gemodializdagi patsiyentlarda dializni boshida organizmda mavjud bo‘lgan tsefepimning umumiy miqdorini taxminan 68 % 3 soatlik dializ davomida chiqariladi.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun, flakonlarda 1 g dan.

3 yil.