Azroretsept bilan

Tarkibi:

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol modda: azitromitsin (azitromitsin digidrati ko‘rinishida) 200 mg; yordamchi moddalar: saxaroza (Alveo Sucre Fin), uch asosli natriy fosfati (suvsiz), natriy benzoati, gidroksipropiltsellyuloza (Klucel LF), ksantin kamedi, banan xushbo‘yi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

azitromitsin

Preparatning savdo nomi:

Azro

Farmakalogik guruhi:

antibiotik (makrolidlar guruhi – azalid).

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun.

banan hidli, qumoqlarsiz, oq rangli, bir xil mayda granulalar. Suvda suyultirilganida bir xil oq yoki deyarli oq rangli suspenziya hosil bo‘ladi.

antibiotik (makrolidlar guruhi – azalid).

J01FA10.

Azitromitsin preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi: yuqori nafas yo‘llarining va LOR-a’zolarining infektsiyalari (angina, sinusit, tonzillit, faringit, o‘rta otit);quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (bakterial va atipik pnevmoniya, bronxit);teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar);urogenital yo‘llarning infektsiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki tservitsit); shu jumladan Chlamydia trachomatis va Ureaplasma urelyticum chaqirgan jinsiy yo‘llarning asoratlanmagan infektsiyalari.

Azitromitsinni sutkada 1 marta qo‘llash kerak. Tana vazni 45 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarga azitromitsin tabletkalarda buyuriladi. tana vazni 45 kg gacha bo‘lgan bolalar uchun azitromitsin suspenziya ko‘rinishida buyuriladi. Doza bolalar uchun tana vazni va yoshiga qarab hisoblanadi: Tana vazni3 kunlik davolash5 kunlik davolash15 kg gacha(6 oylik va 3 yoshgacha)Bir martalik har kungi doza10 mg/kg yoki 2,5 ml (100 mg)1-kuni bir marta 10 mg/kg yoki        2,5 ml (100 mg), so‘ngra 4 kun davomida 5 mg/kg yoki 1,25 ml (50 mg) dan sutkada 1 marta15-25 kg(3-7 yosh)5 ml (200 mg) sutkada 1 marta 1-kuni sutkada 5 ml (200 mg), so‘ngra 4 kun davomida sutkada     2,5 ml (100 mg) dan26-35 kg(8-11 yosh)7,5 ml (300 mg) sutkada 1 marta1-kuni sutkada 7,5 ml (300 mg), so‘ngra 4 kun davomida sutkada  3,75 ml (150 mg) dan36-45 kg(12-14 yosh)10 ml (400 mg) sutkada 1 marta1-kuni sutkada 10 ml (400 mg) so‘ngra 4 kun davomida sutkada 5 ml (200 mg) dan Suspenziyani tayyorlash: 15 ml suspenziya tayyorlash uchun 600 ml azitromitsin saqlovchi kukunli flakonga o‘lchov qopqoqchasi yordamida 7,5 ml suvni qo‘shish va yaxshilab chayqatish kerak. Tayyorlangan suspenziyani xona haroratida 5 kun davomida saqlash mumkin. Ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin albatta nahorga qabul qilish kerak, chunki ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish azitromitsinning so‘rilishini pasaytiradi. Qabul qilishdan oldin flakon yaxshilab chayqatiladi! Tayyor pediatrik komplektga ilova qilingan shpritsni qo‘llanishi: 10 ml hajmli shprits tayyor suspenziyani dozalashni osonlashtirish uchun 0,25 ml dan bo‘linmalarga bo‘lingan. Suspenziya tayyorlaganidan keyin qopqoqchasini oching (1-rasm) va adaptorni flakonning og‘ziga joylashtiring va zich qilib bosing.Shpritsni adaptorninng tiqiniga kiriting (2-rasm).Shpritsdagi havo to‘liq chiqarib yuborilishi uchun shpritsning porsheni to‘liq pastga tushgan bo‘lishi kerak.Shprits kiritilgan flakonni ag‘daring va suspenziyani shpritsga olish uchun vertikal ushlab turing (3-rasm).Yuqorida amalga oshirilgan hisob-kitobga muvofiq, yoki shifokorning ko‘rsatmasiga binoan, tegishli belgigacha suspenziyani tortib oling (4-rasm). Shpritsning graduirovkasi bolaning tana vazniga qarab, suspenziyani 3 yoki 5 kun davomida ishlatishga mo‘ljallangan. Avval kerakli davolash davrini aniqlab oling (3 yoki 5 kun), so‘ngra esa, bolaning tana vazni va jadvalning tegishli kolonkasidagi tavsiya qilingan dozalashga amal qilgan holda suspenziyani tortib olishni amalga oshiring.Suspenziya bevosita shpritsdan qo‘llanilishi yoki avval o‘lchov qoshiqchasiga o‘tkazilishi mumkin.Suspenziya qo‘llanganidan keyin shpritsni toza suv bilan yuving.

Azitromitsin, asosan yaxshi o‘zlashtiriladi. Azitromitsin qabul qilinganida nojo‘ya reaktsiyalar kam uchraydi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, abdominal og‘riqlar, dispepsiya, meteorizm, qusish. Boshqa makrolidlar va penitsillinlarni qo‘llashdagi kabi, jigar transaminaza fermentlari faolligi orqaga qaytuvchi o‘rtacha oshishi mumkin Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, aritmiya, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, tirishishlar. Siydik-jinsiy tizim tomonidan: qin kandidozi, nefrit. Allergik reaktsiyalar: toshma, fotosensibilizatsiya, Kvinke shishi. Boshqalar: yuqori charchoqlik, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidomikozi. HAR QANDAY NOJO‘Ya SAMARA RIVOJLANGANIDA DAVOLOVCHI SHIFOKORGA XABAR BЕRISH KЕRAK!

Azitromitsinni makrolid antibiotiklar yoki tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas. Gepatobiliar tizimi azitromitsinning chiqarilishi uchun asosiy bo‘lganligi tufayli, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolashda uni qo‘llamaslik maqsadga muvofiqdir. Ehtiyotkorlik bilan – buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, homiladorlikda (faqat preparatni qo‘llashdan kutilgan foyda xavfdan ancha ustun bo‘lgan hollarda qo‘llanishi mumkin). Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani xal etish lozim. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda azitromitsinni qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu yoshda azitromitsinni qo‘llash ishonchliligi va samaradorligi yetarli darajada o‘rganilmagan. Preparat anamnezida QT-intervalini tug‘ma uzayish sindromi va yurak qorinchalari titrashi tasdiqlangan yoki taxmin qilinayotgan patsiyentlarga buyurilmasligi lozim.

Antatsidlar azitromitsinning so‘rilishini sekinlashtiradilar va pasaytiradilar. Preparat va antatsid qabul qilish orasidagi intervalni (kamida 1-2 soat) saqlash tavsiya qilinadi. Preparatni tsiklosporin bilan bir vaqtda qabul qilishga e’tibor qaratish kerak, chunki makrolid antibiotiklari tsiklosporinning samarasini kuchaytirishi mumkin. Makrolid qatori ba’zi antibiotiklar digoksinning biotransformatsiyasini kamaytiradilar. Garchi azitromitsin bilan bunday samarasiga nisbatan hech qanday ma’lumotlar bo‘lmasa-da, digoksin bilan o‘zaro ta’sirini tekshirish kerak. Makrolidlar guruhining boshqa antibiotiklari kabi azitromitsinni shoxkuya hosilalari bilan birga buyurish mumkin emas. Mikrosomal oksidlanishga uchraydigan dori vositalar, masalan terfenadinning zaharliligini va plazmadagi kontsentratsiyasini oshiradi va chiqarilishini sekinlashtiradi.

Preparatning dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborilgan hollarda, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq qabul qilish, keyingilarini – 24 soatlik interval bilan qabul qilish kerak. Davolash bekor qilingandan keyin ayrim patsiyentlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari saqlanib qolishi mumkin, bu shifokorning kuzatuvi ostida spetsifik davolashni o‘tkazishni talab etadi. Azitromitsin QT-intervalini uzayishini va yurak qorinchalari lippillashini chaqirishi mumkin. Shuning uchun preparat ko‘rsatilgan holatlar rivojlangan patsiyentlarda qo‘llanmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llash mumkin emas.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

Simptomlari:  kuchli ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, eshitishni vaqtinchalik yo‘qolishi. Davolash: me’dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha

Azitromitsin digidrati ko‘rinishida 600 mg azitromitsin saqlovchi suspenziya tayyorlash uchun (15 ml) kukun, bolalardan himoyasiga ega bo‘lgan polietilen buraluvchi qopqoqli polietilen flakonda. Dozalash uchun 10 ml li shprits, o‘lchov qoshig‘i, o‘lchov qopqoqchasi va adaptordan iborat tayyor komplekt. 1 flakon va 1 pediatrik komplekt qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.