Azitromitsinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: azitromitsin digidrati (suvsiz azitromitsinga ekvivalent) – 250 mg va 500 mg; yordamchi moddalar: o‘ta jelatinlangan kraxmal, gidroksipropiltellyuloza (gipermalloza), natriy kroskarmelloza, natriy laurilsulfat, kaltiy fosfati digidrati (kaltiy difosfat), suvsiz laktoza (sut qandi), aerosil (kremniy dioksidi), magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

azitromitsin digidrati

Preparatning savdo nomi:

Azitromitsin

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (makrolidlar guruhi).(3-avlod)

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq va oval ikki tomoni qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Antibiotik (makrolidlar guruhi).(3-avlod)

J01FA10

Keng ta’sir doirasiga ega antibiotik. Yangi makrolid antibiotiklari – azalidlar guruhining birinchi vakili hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori kontentratsiyasi hosil bo‘lganida bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Preparatga grammusbat kokklar: Streptococcus pneumoniae, St.piogenes, St.agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, St.viridans, Staphylococcus aureus; grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.parapertussis, Legionella pneumonila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginatis; ayrim anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides bivius, Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp.; xamda Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi sezgir. Eritromitsinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.

Preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bu uni kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog‘liq. Ichga 500 mg qabul qilinganidan keyin azitromitsinning qon plazmasidagi maksimal kontentratsiyasiga (Smax) 2,5-2,96 soatda erishiladi va u 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi. Preparat nafas yo‘llariga, urogenital yo‘llarining a’zolari va to‘qimalariga (xususan, prostata beziga), teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi kiradi. To‘qimalardagi yuqori kontentratsiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining (T1/2) uzoqligi, azitromitsinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog‘lanishi, hamda uni eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va rN past bo‘lgan lizosomalar atrofidagi muhitda ko‘proq to‘planishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida, katta ehtimoliy taqsimlanish hajmini (Vd– 31,1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Azitromitsinni ko‘proq lizosomalarda to‘planish qobiliyati, ayniqsa, hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilarining eliminatsiyasi uchun muximdir. Fagotsitlarning azitromitsinni infektiya joyiga yetkazib berishi, u yerda uning fagotsitoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Azitromitsinning kontentratsiyasi infektiya o‘chog‘ida, sog‘lom to‘qimalarga nisbatan (o‘rtacha 24-34% ga) ishonarli yuqori va yallig‘lanish shishi darajasi bilan mos keladi. Fagotsitlardagi yuqori kontentratsiyasiga qaramay, azitromitsin ularning faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Azitromitsin yallig‘lanish o‘chog‘ida bakteritsid kontentratsiyalarda, oxirgi qabul qilingan dozadan keyin 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3 kunlik va 5 kunlik) davolash kurslarni ishlab chiqish imkonini beradi Preparat jigarda faolligini yo‘qotib, demitillanish yo‘li orqali metabolizmga uchraydi. Azitromitsin qon plazmasidan 2 bosqichda chiqariladi: T1/2 davri qabul qilingandan keyin 8 dan 24 soat oralig‘ida 14-20 soatni va 24 dan 72 soat oralig‘ida – 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qo‘llash imkonini beradi. Asosan o‘zgarmagan holda 50% – ichak orqali, 6% – buyraklar orqali chiqariladi.

Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infektion-yallig‘lanish kasalliklari: quyi nafas yo‘llarining infektiyalari – bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit; yuqori nafas yo‘llarining va LOR-a’zolarining infektiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta otit); urogenital yo‘llarining infektiyalari-asoratlanmagan uretrit va/yoki tervitsit, tervikovaginit va salpingit; teri va yumshoq to‘qimalarning infektiyalari-follikulit, furunkullar, karbonkullar, xusnbuzar toshmasi (Acne vulgaris), impetigo, piodermiya, infektiyalangan dermatozlar, infektiyalangan dermatit, tellyulit va saramas; Layma kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans); me’da va o‘nikki barmoq ichakning Helicobacter pylori bilan assotsiyalangan kasalliklarida qo‘llanadi.

Preparat ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin, sutkada 1 marta qabul qilinadi. Kattalarga yuqori va quyi nafas yo‘llarining infektiyalarida, teri va yumshoq to‘qimalarning infektiyalarida sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g) buyuriladi. Layma kasalligida (borreliozda) boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans) 1 g dan (500 mg li 2 tabletka) birinchi kuni va 500 mg dan har kuni 2-kundan 5 kungacha (kurs dozasi – 3 g) buyuriladi. Asoratlanmagan uretrit va/yoki tervitsitda bir marta 1 g (500 mg li 2 ta tabletka) buyuriladi. Me’da va o‘nikki barmoq ichakning Helicobacter pylori bilan assotsiyatsiyalangan kasalligida sutkada 1 g dan (500 mg li 2 tabletka) 3 kun davomida majmuaviy davolash tarkibida buyuriladi. Bolalarga: preparat 10 mg/kg tana vazniga hisobidan sutkada 1 marta 3 kun davomida buyuriladi. Kurs dozasi – 30 mg/kg tana vazniga. Preparatni bolalardagi Erythema migrans ni davolashda birinchi kuni 20 mg/kg tana vazniga va 2-dan 5 kungacha 10 mg/kg dozada buyuriladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, qorin og‘rig‘i; melena, xolestatik sariqlik, bolalarda qabziyatlar, gastrit, og‘iz shilliq qavatining kandidozi, ishtahani yo‘qolishi, jigar fermentlarining faolligini tranzitor oshishi. Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, ko‘krak qafasida og‘riq. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, vertigo, uyquchanlik, giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquning buzilishi. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: vaginal kandidomikoz, nefrit Allergik reaktiyalar: toshma, eshakemi, angionevrotik shish. Boshqalar: giperglikemiya, artralgiya.

Makrolid guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik; jigar va buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari, 12 yoshgacha va tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalar (500 mg li tabletkalar uchun) va– 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (125 mg li tabletkalar uchun) homiladorlik va laktatsiya davri.

Antatsidlar va N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari bilan azitromitsinni bir vaqtda qabul qilish preparatning so‘rilishini o‘zgartirmaydi, ammo qondagi Smax ni 30% ga kamaytiradi. Preparat bir vaqtda buyurilganda karbamazepinni, didanozin, rifabutinning va metilprodnizolning qondagi kontentratsiyasiga ta’sir qilmaydi. Terfenadin va makrolidlar sinfi antibiotiklari birga qabul qilinganida aritmiya va QT oralig‘ining uzayishini chaqirishi mumkin. Shoxkuya alkaloidlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida ergotizm rivojlanishining xavfini istisno qilish mumkin emas. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida oxirgisining samaralarini kuchayishi qayd etilgan. Digoksin yoki digitoksin azitromitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida yurak glikozidlarining qon plazmasidagi kontentratsiyasini oshishi va glikozid intoksikatsiyasining rivojlanishini xavfi sezilarli oshishi mumkin. Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganida tiklosporinning qondagi miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi. Lovastatin bilan bir vaqtda qo‘llanganida rabdomiolizning rivojlanishini hollari ta’riflangan. Rifabutin bilan bir vaqtda qo‘llanganida neytropeniya va leykopeniyaning rivojlanishini xavfi oshadi. Bir vaqtda qo‘llanganda tiklosporinning metabolizmi buziladi, bu tiklosporin chaqiradigan nojo‘ya va toksik reaktiyalar rivojlanishining xavfini oshiradi.

Preparatning bir dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilsa, o‘tkazib yuborilgan dozani mumkin qadar ertaroq, keyinchalik – 24 soat tanaffus bilan qabul qilish kerak. Har qanday antibiotik bilan davolashdagi kabi azitromitsin bilan davolashda ham superinfektiya (shu jumladan, zamburug‘li) qo‘shilishi mumkin. Antatsidlar, etanol va ovqat azitromitsinning so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi, shuning uchun azitromitsin va yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalarini qabul qilish orasida kamida 2 soatlik tanaffus qilish tavsiya etiladi. Preparatni homiladorlikda qo‘llashning zarurati bo‘lgan hollarda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun bo‘lgan potential xavfdan ustun bo‘lganida qo‘llash mumkin. Azitromitsinni laktatsiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish kerak. Preparat avtotransportni haydash qobiliyatiga va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyatga ta’sir qilmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

30 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, eshitishni vaqtincha yo‘qolishi, qusish, diareya. Davolash: me’dani yuvish, simptomatik davolash

Retsept bo‘yicha.

Tabletkalar 250 mg va 500 mg dan kontur uyali o‘ramda.

2 yil.