Odatda azitromitsin yaxshi patsiyentlar tomonidan o‘zlashtiriladi.
Azitromitsin preparatlarini qabul qilinganda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatiladi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurakni urib ketishi, yurak qorinchalarini “piruet” turidagi paroksizmal taxikardiyasi, aritmiya, jumladan qorinchalar taxikardiyasi va arterial gipotenziyani rivojlanish hollari xaqida xabarlar berilgan.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, qorinda og‘riq, meteorizm, qusish, dispepsiya, gastrit, qabziyat, soxtamembranoz kolit, pankreatit, til rangini o‘zgarishi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: gepatit, jigar faoliyatini buzilishi, kam hollarda o‘limga olib keluvchi jigar yetishmovchiligini rivojlanishi, fulminant va nekrotik gepatit, xolestatik sariqlik.
Nevrologik buzilishlar: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, disgevziya, gipesteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, xushdan ketish, tirishishlar, psixomotor o‘ta yuqori faollik, anosmiya, agevziya, parosmiya, gravis miasteniyasi.
Ruhiy buzilishlar: asabiylik, havotirli qo‘zg‘aluvchanlik, tajavvuzkorlik va havotirlik.
Eshitish a’zolari va vestibulyar apparati tomonidan: qaytuvchi xarakterga ega bo‘lgan karlik, quloqlarni shang‘illashi, vertigo.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi.
Qon va limfa tizimi tomonidan: neytropeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya.
Teri va teriosti yog‘ kletchatkasi tomonidan: toshma, qichishish, Stivens-Djonson sindromi, yorug‘likka sezuvchanlik, eshakemi, toksik epidermal nekroliz, angionevrotik shish va ko‘p shaklli eritema.
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan: bo‘g‘imlarda og‘riq.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va interstitsial nefrit.
Infektsiyalar va invaziyalar: kandidoz, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi; qin infektsiyalari.
Allergik reaktsiyalar: yuqori sezuvchanlik, anafilaktik reaktsiyalar.
Umumiy buzilishlar: kuchli toliqish, anoreksiya, ko‘krakda og‘riq, shishlar, lanjlik, asteniya.
Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan o‘zgarishlar: limfotsitopeniya, eozinofiliya, qonda bikarbonatlar miqdorini kamayishi, AlAT, AsAT, bilirubin va kreatininni oshishi, shuningdek kaliyning darajasini o‘zgarishi, elektrokardiogrammada QT intervalni uzayishi.