Azinfeksinretsept bilan

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg yoki 500 mg azitromitsin (muvofiq ravishda 269,88 mg yoki 539,75 mg azitromitsin digidrati shaklida); yordamchi moddalar: kaltsiy digidrofosfati (suvsiz), natriy karboksimetiltsellyuloza 150, mikrokristall tsellyuloza (PH 102), natriy laurilsulfati, magniy stearati; oq Opadry OY-D-7233.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

azitromitsin (azithromycin)

Preparatning savdo nomi:

Azinfeksin

Farmakalogik guruhi:

antibakterial vosita, makrolid-azalid.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

oq plyonka qobiq bilan qoplangan bir tomonida AZITRO gravirovkasi bilan tabletkalar.

antibakterial vosita, makrolid-azalid.

Ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 2-3 soat o‘tgach erishiladi. Organizmda tez taqsimlanadi: to‘qimalardagi kontsentratsiyasi qondagiga nisbatan 50 marta yuqori. Preparatni 500 mg li dozada bir marta qabul qilinganidan keyin o‘pkada, bodomsimon bezlarida, prostata bezidagi kontsentratsiyasi mazkur to‘qimalarda mumkin bo‘lgan infektsiya o‘chog‘idagi mikroorganizmlarning MIC90 dan yuqori. Biokiraolishligi – taxminan 37%. Plazmadan yarim chiqarilish davri to‘qimalardagi yarim chiqarilish davriga parallel va 2-4 kunni tashkil etadi. Azitromitsin asosan safro bilan, sezilarli bo‘lmagan miqdorda siydik bilan chiqariladi. Azinfeksin™ quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan in vitro sharoitida faol: Grammusbat aerob bakteriyalar: Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes (A guruhidagi beta-gemolitik streptokokklar), Streptococcus pneumoniae, alfa-gemolitik streptokokklar (Streptococcus viridans) va boshqa streptokokklar, Corynebacterium diphteriae. Azitromitsin eritromitsinga chidamli shtammlariga (shu jumladan metitsillinga chidamli ko‘pchilik stafilokokklarga va Streptococcus faecalis ga) nisbatan kesishgan rezistentlikni namoyish etadi. Grammanfiy aerob bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Branhamella catarrhalis, Acinetobacter spp., Yersinia spp., Legionella pneuophila, Bordetella pertussis, Bordetella parapertussis, Shigella spp., Pasteurella spp., Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus, Plesiomonas shigelloides. Azitromitsinni Salmonella typhi, Enterobacter spp., Aeromonas hydrophila va Klebsiella spp. ga nisbatan samaradorligi turlicha, shu munosabat bilan sezgirlikka nisbatan test o‘tkazilishi lozim. Proteus, Morganella, Serratia spp. va Pseudomonas aeruginosa odatda azitromitsinga nisbatan chidamli  bo‘ladi. Anaerob bakteriyalar: Bacteroides fragilis va boshqa Bacteroides spp., Clostridium perfringens, Peptococcus va Peptostreptococcus spp., Fusobacterium necrophorum, Propionibacterium acnes. Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari: Chlamydia trachomatis, Treponema pallidum, Neisseria gonorrhoeae, Haemophilus ducreyi. Boshqalar: Borrelia burgdorferi (Laym kasalligi), Chlamydia pneumoniae, Toxoplasma gondii, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Ureaplasma urealyticum, Pneumocystis carinii, Mycobacterium avium, Campylobacter spp., Listeria monocytogenes.

Azinfeksin™ quyidagi kasalliklarda azitromitsinga nisbatan sezuvchan mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi: nafas yo‘llarining quyi bo‘limlari infektsiyalari (bronxit, pnevmoniya); teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari; o‘rta otit; nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlari infektsiyalari (sinusit, tonzillit, faringit). Azitromitsinga nisbatan sezgir Streptococcus pyogenes shtammlarini burun-halqumda joylashgan holda eradikatsiyada samarador, biroq chidamli shtammlari mavjudligi ehtimoli sababli sezgirlikka test o‘tkazish lozim; Streptococcus pyogenes tomonidan chaqirilgan faringitni davolashda va o‘tkir bo‘g‘im revmatizmini oldini olishda penitsillinni qo‘llash afzalroqdir. Azinfeksin™ Chlamydia trachomatis tomonidan chaqirilgan nogonokokk uretrit va tservitsitni, shuningdek Neisseria gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan genital infektsiyalarni davolash uchun buyuriladi.

Plyonka qobiq bilan qoplangan Azinfeksin™ tabletkalarini eng kamida ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan keyin 2 soat o‘tgach qabul qilish lozim.

Klinik tadqiqotlarda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalari haqida xabar berilgan:

Preparatning biron-bir komponentiga, eritromitsinga yoki makrolidlar guruhiga mansub har qanday antibakterial vositaga yuqori sezuvchanlik. AST va ALT yuqori miqdorda bo‘lganida, giperbilirubinemiyada. Ergotizm rivojlanishi ehtimolini hisobga olgan holda azitromitsinni ergotamin hosilalari bilan majmuada qo‘llash mumkin emas.

Antatsidlar: Alyuminiy va magniyni saqlaydigan antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida plazmada maksimal kontsentratsiya pasayadi, biroq biokiraolishligi o‘zgarmaydi. Birga qo‘llash zarurati bo‘lganida azitromitsinni eng kamida antatsidlar qabul qilishdan 1 soat oldin yoki qabul qilinganidan 2 soatdan keyin qabul qilinadi. Tsimetidin: tsimetidinning bir martalik dozasini (800 mg) azitromitsin qabul qilinishidan 2 soat oldin qabul qilish azitromitsin so‘rilishiga ta’sir etmaydi. Teofillin: Azitromitsin teofillinning farmakokinetikasi va plazmadagi kontsentratsiyasiga (vena ichiga bir marta qo‘llanilganida) ta’sir etmaydi, biroq azitromitsinni qabul qilayotgan patsiyentlarda teofillinning plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi ehtimolini hisobga olish lozim. Kumarin turidagi antikoagulyantlar: Azitromitsin va varfarinni (bir martalik dozada) birga qo‘llash protrombin vaqtiga ta’sir ko‘rsatmagan. Shunga qaramay azitromitsinni varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida protrombin vaqtini sinchkovlik bilan nazorat qilish maqsadga muvofiq. Digoksin: Ayrim patsiyentlarda makrolid antibiotiklarni bir vaqtda qo‘llash digoksinning ichakdagi metabolizmiga ta’sir ko‘rsatadi. Azitromitsin va digoksin birga buyurilganida digoksin kontsentratsiyasini oshishi ehtimolini hisobga olish va qon zardobida digoksin darajasini nazorat qilish zarur. Ergotamin va digidrozrgotamin: Og‘ir periferik vazospazm va dizesteziya bilan kechuvchi ergotizm nazariy jihatdan rivojlanishi ehtimoli tufayli azitromitsinni ergotamin va digidrozrgotamin bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Triazolam: Azitromitsin triazolam klirensini pasaytirgani holda farmakologik ta’sirni oshiradi. Nelfinavir: Nelfinavir birga qo‘llanganida qon plazmasida azitromitsin kontsentratsiyasi oshishiga olib kelishi tufayli nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lishi xavfi oshishini hisobga olish lozim. Biroq hozirgi vaqtga qadar klinik ahamiyatga ega bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar aniqlanmagan va dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. R450 tsitoxromlari ferment tizimi yordamida metabolizmga uchraydigan dori vositalari: Azitromitsin bilan birga karbamazepin, terfenadin, geksobarbital, tsiklosporin, fenitoinni plazmali kontsentratsiyasi oshishi qayd etilgan. Atorvastatin, tsetirizin, didanozin, efavirents, flukonazol, indinavir midazolam, rifabutin sildenafil, trimetoprim/sulfametoksazol yoki zidovudinni azitromitsin bilan birga qo‘llash zarur bo‘lganida ko‘rsatilgan preparatlar dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Eritromitsin va boshqa makrolidlarni qabul qilgan patsiyentlarda kam hollarda jiddiy allergik reaktsiyalar, shu jumladan angionevrotik shish va anafilaktik shok, shuningdek teri reaktsiyalari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz rivojlangan. Azitromitsinga nisbatan ushbu reaktsiyalarning ayrimlari takrorlanuvchi tabiatga ega bo‘lib, uzoq muddat davomida kuzatish va davolashni talab etgan. Azitromitsin asosan jigar orqali chiqariladi, azitromitsinning yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak, og‘ir darajasida esa preparatni qo‘llash mumkin emas. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (kalavalar filtratsiya  tezligi < 10 ml/min) azitromitsinni tizimli ta’siri 33% ga oshishi kuzatilgan. Yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi >40 ml/min) dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q, biroq buyrak faoliyati jiddiy buzilishida yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi munosabati bilan azitromitsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Azitromitsinni kantserogen ta’siriga doir ma’lumot yo‘q. Standart laboratoriya testlarida mutagen ta’siri kuzatilmagan. Boshqa antibakterial vositalarni qabul qilishdagi kabi unga nisbatan sezgir bo‘lmagan mikroflora o‘sishi hisobiga superinfektsiya simptomlari rivojlanishiga doir kuzatuv olib borilishi tavsiya etiladi. Boshqa makrolidlardan foydalanilganida yurak aritmiyasi va torsades de pointes rivojlanishi xavfi omili bo‘lgan QT intervali uzayishi va yurak repolyarizatsiyasi qayd etilgan. Makrolidlar guruhidagi antibakterial vositalar, shu jumladan azitromitsin davolanmagan elektrolit disbalansi (gipokaliyemiya, gipomagnezemiya) bo‘lgan keksa patsiyentlarda, shuningdek tug‘ma QT intervalini uzayishi sindromida, QT intervalini uzayishi xavfi omillari bo‘lgan yurak shikastlanishlarida (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiyada) qo‘llanilmaydi. Antibakterial preparatlar bilan davolash ko‘p hollarda soxtamembranoz enterokolit rivojlanishiga olib kelishi mumkin, buni antibiotiklar qo‘llanilganidan keyin yuzaga kelgan diareyali barcha patsiyentlarda hisobga olish lozim.

Homiladorlikda (V toifasida) Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda azitromitsinni homilaga salbiy ta’siriga doir hech qanday dalillar aniqlanganiga qaramay, homilador ayollar ishtirokida adekvat va yaxshi nazorat qilinadigan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik davrida ayollarda azitromitsinni faqat muqobil davolash turlari mavjud bo‘lmagan hollarda qo‘llash mumkin. Laktatsiya Azitromitsin ko‘krak sutiga o‘tishi noma’lum. Ko‘p dori vositalari ona sutiga o‘tishi tufayli, laktatsiya davrida preparatni faqat ona uchun kutiladigan foyda homilaga nisbatan potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

Preparat dozasini oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Dozani oshirib yuborilganida me’dani yuvish va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha beriladi

2 yil.