Azitromitsinni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki ehtimoli bo‘lgan quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar.
Nojo‘ya reaktsiyalar tizimlar sinfi va a’zolar bo‘yicha keltirilgan, ular azitromitsinning barcha dori shakllari qo‘llanganda kuzatilgan.
Infektsiyalar va invaziyalar: kandidoz, oral kandidoz, qin infektsiyalari, pnevmoniya, zamburug‘li infektsiyalar, bakterial infektsiyalar, faringit, gastroenterit, nafas faoliyatini buzilishi, rinit, soxtamembranoz kolit.
Qon tizimi va limfatik tizim tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, eozinofiliya; trombotsitopeniya, gemolitik anemiya.
Immun tizimi tomonidan: angionevrotik shish, yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, anafilaktik reaktsiyalar.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: anoreksiya.
Ruhiyat tomonidan: asabiylik, uyqusizlik, ajitatsiya, tajovuzkorlik, bezovtalik, deliriy, gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziya, disgveziya, xushdan ketish, tirishishlar, psixomotor yuqori faollik, anosmiya, parosmiya, agveziya, gravis miasteniyasi, gipesteziya.
Ko‘rish a’zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a’zolari tomonidan: eshitishni buzilishi, vertigo, eshitishni yomonlashishi, shu jumladan karlik va/yoki quloqlarni shang‘illashi.
Yurak tomonidan: palpitatsiya, qorinchalarning lipillashi-xilpillashi (torsade de pointes), aritmiya, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi, EKG da QT intervalini uzayishi.
Qon tomirlar tomonidan: qizib ketish, arterial gipotenziya.
Respirator tizimi tomonidan: dispnoe, burundan qon ketishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, qusish, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, gastrit, qabziyatlar, meteorizm, dispepsiya, disfagiya, og‘izni qurishi, kekirish, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar, so‘lak bezlari sekretsiyasini oshishi, pankreatit, til rangini o‘zgarishi, ichni tez-tez suyuq kelishi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, xolestatik sariqlik, jigar yetishmovchiligi (u kam hollarda o‘limga olib kelgan), gepatit, fulminant gepatit, nekrotik gepatit.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: toshma, qichishish, eshakemi, dermatit, terini qurishi, gipergidroz, fotosezuvchanlik, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema.
Suyak-mushak tizimi tomonidan: osteoartrit, mialgiya, orqada og‘riq, bo‘yinda og‘riq, artralgiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya, buyrakda og‘riq, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: bachadondan qon ketishi, testikulyar buzilishlar.
Umumiy buzilishlar va maxalliy reaktsiyalar: ko‘krakda og‘riq, shish, lohaslik, asteniya, kuchli toliqish, yuzni shishi, gipertermiya, og‘riq, periferik shishlar.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: qonda bikarbonatlar darajasini oshishi, bazofillar, monotsitlar, neytrofillar sonini oshishi, aspartataminotransferaza va alaninaminotransferaza darajasini oshishi, qonda bilirubin darajasini oshishi, qonda mochevin va kreatinin darajasini oshishi, qonda kaliy ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi, ishqoriy fosfotaza darajasini oshishi, xlorid darajasini oshishi, glyukoza darajasini oshishi, trombotsitlar darajasini oshishi, gematokritni darajasini pasayishi, natriy darajasidagi siljishlar.
Shikastlanishlar va zaharlanishlar: muolajadan keyingi asoratlar.