Eng jiddiy nojo‘ya ta’sirlari: me’da-ichak yo‘llari perforatsiyasi, qon quyilishi, shu jumladan o‘pkadan qon ketishi/qon tupurish (ko‘pincha o‘pkaning mayda xujayrali bo‘lmagan raki bo‘lgan patsiyentlarda kuzatiladi), arterial tromboemboliya.
Bevatsizumab qabul qilgan patsiyentlarda quyidagilar ko‘proq kuzatilgan: arterial bosimni oshishi, holsizlik yoki asteniya, diareya va qorinda og‘riq.
Arterial bosimni oshishi va proteinuriyani rivojlanishi ehtimol dozaga bog‘liq xarakterga ega.
Quyida barcha ko‘rsatmlar bo‘yicha bevatsizumabni turli ximioterapevtik tartiblar bilan majmuada qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan Rak milliy instituti (NCI-CTC) tasnifi bo‘yicha barcha og‘irlik darajasidagi nojo‘ya reaktsiyalar keltirilgan.
Nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligini ta’riflash uchun quyidagi toifalar ishlatiladi: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% – <10%), tez-tez emas (≥0,1% – <1%), kam hollarda (≥0,01% – <0,1%) va juda kam hollarda (<0,01%), tez-tezligi noma’lum.
Noxush reaktsiyalar yuzaga kelish tez-tezligiga muvofiq ma’lum toifalarga kiritilgan.
Tez-tezlikning bir toifasi doirasida noxush reaktsiyalar jiddiylikni kamayishi tartibida keltirilgan.
Sanab o‘tilgan noxush reaktsiyalardan ayrimlari ximioterapiyada tez-tez kuzatiladi, lekin bevatsizumab ximioterapevtik preparatlar bilan majmuada bu reaktsiyalarni namoyon bo‘lishini kuchaytirishi mumkin.
Misollar kapetsitabin yoki pegilirlangan liposomal doksorubitsin bilan davolanganda kaft-panja sindromi, paklitaksel yoki oksaliplatin bilan davolaganda sensor neyropatiya, paklitaksel bilan davolaganda tirnoqlarni shikastlanishi yoki alopetsiyani o‘z ichiga oladi.
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – febril neytropeniya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya; tez-tez – anemiya, limfotsitopeniya.
Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – periferik sensor neyropatiya, disgevziya, bosh og‘rig‘i, dizartriya; tez-tez – insult, sinkope, uyquchanlik.
Ko‘rish a’zosi tomonidan: juda tez-tez – ko‘rishni buzilishi, ko‘z yoshi oqishini oshishi.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez – surunkali yurak yetishmovchiligi, supraventrikulyar taxikardiya.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – arterial bosimni oshishi, venoz emboliya; tez-tez – arterial tromboemboliya, chuqur venalar trombozi, qon ketishi, shu jumladan o‘pkadan, bosh miya ichki, shilliq qavat va teri tomonidan, me’da-ichak yo‘llaridan va o‘smadan qon ketishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – hansirash, burundan qon ketishi, rinit; tez-tez – o‘pkadan qon ketishi, qon tupurish, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi (O‘ATE), gipoksiya.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – anoreksiya, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, qabziyat, stomatit, rektal qon ketishi; tez-tez – me’da-ichak yo‘llari perforatsiyasi, ichak tutilishi, shu jumladan obturatsion ichak tutilishi, qin va to‘g‘ri ichak orasida oqma yara (ko‘pincha qin va me’da-ichak yo‘llari orasida oqmalarning yaralarning eng ko‘p uchraydigan varianti), gastrointestinal buzilishlar, to‘g‘ri ichakda og‘riq.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tezligi noma’lum – o‘t qopi perforatsiyasi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – yaralarni bitishi asoratlari, eksfoliativ dermatit, terini qurishi, teri rangini o‘zgarishi; tez-tez – kaft-panja sindromi, teri osti yog‘ kletchatkasini yallig‘lanishi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – artralgiya; tez-tez – oqma yaralar, mushak kuchsizligi, mialgiya, belda og‘riq.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – tuxumdonlar funktsiyasini yetishmovchiligi (3 oy va undan ko‘proq davomiylikdagi amenoreya (odam beta xorionik gonadotropinini β-OXG ni aniqlash bilan homiladorlikka test manfiy bo‘lganda zardobda follikula stimulatsiya qiluvchi gormon (FSG) kontsentratsiyasi ≥ 30 mXB/ml)), tez-tez – kichik chanoqda og‘riq.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: juda tez-tez – og‘riq, shu jumladan preparatni yuborish joyida og‘riq, asteniya, yuqori toliqish, pireksiya, turli lokalizatsiyali shilliq qavatlarni yallig‘lanishi, tana vaznini kamayishi, paronixiya; tez-tez – letargiya, tormozlanish, sepsis, abstsess, tsellyulit, ikkilamchi infektsiyalarni qo‘shilishi, degidratatsiya.
Laborator va instrumental ma’lumotlar: giperglikemiya, gipokaliyemiya, giponatriyemiya, protrombin vaqtini uzayishi, halqaro normallashgan nisbati (XNN) oshishi.