Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: atsiklovir 200 mg.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
atsiklovir
Preparatning savdo nomi:
Atsiklovir-RNP
Farmakalogik guruhi:
viruslarga qarshi vosita
Dori shakli:
tabletkalar
oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, ikki tomonlama qavariq, chetlari aniq tabletkalar.
viruslarga qarshi vosita
J05AV01
Ichga qabul qilinganida biokiraolishligi 15-30% ni tashkil qiladi.
To‘qima va biologik suyuqliklarga yaxshi kiradi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 9-33% ni tashkil qiladi.
Jigarda metabolizmga uchraydi.
Ichga qabul qilinganida yarim chiqarilish davri taxminan 3,3 soatni tashkil qiladi.
Asosan buyraklar orqali, ko‘p bo‘lmagan miqdorda -axlat massalari bilan chiqariladi.
Herpes simplex ning 1 va 2 turlari chaqirgan teri va shilliq qavatlarning birlamchi va qaytalanuvchi gerpetik shikastlanishlarini, shu jumladan genital gerpesni davolash.Immun holati me’yorida bo‘lgan patsiyentlarda Herpes simplex ning 1 va 2 turlari chaqirgan qaytalanishlarini profilaktika qilish.Immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda Herpes simplex ning 1 va 2 turlari chaqirgan birlamchi va qaytalanuvchi gerpetik shikastlanishlarini profilaktika qilish.Varicella zoster, Herpes zoster chaqirgan infektsiyalarini davolash.
Preparat ichga, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan so‘ng darhol, yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi.
Preparatning dozasi kasallikning og‘irligiga qarab tanlanadi.
Herpes simplex ning I va II turlari chaqirgan teri va shilliq qavatlarniig birlamchi va qaytalanuvchi gerpetik shikastlanishlarini davolashda kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga 200 mg dan sutkada 5 marta 5 kun davomida 4 soatlik interval bilan kunduzi va 8 soatlik interval bilan tunda buyuriladi.
Kasallikni og‘ir kechishida davolash kursi shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha uzaytirilishi mumkin.
Immun holati normada bo‘lgan bemorlarda Herpes simplex ning I va II turlari chaqirgan qaytalanishlarini profilaktika qilish va davolash uchun 200 mg dan sutkada 4 marta, 6 soatlik interval bilan qabul qilinadi.
Immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarda Herpes simplex ning I va II turlari chaqirgan birlamchi va qaytalanuvchi gerpetik shikastlanishlarini profilaktika qilish uchun, kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga preparatni 200 mg dan sutkada 4 marta, 6 soatlik interval bilan, buyuriladi, maksimal doza – 400 mg gacha sutkada 5 marta, kasallikning og‘irligiga qara buyuriladi tavsiya qilinadi.
Varicella zoster chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun kattalarga – 800 mg dan sutkada 5 marta, har 4 soatda kunduzi va 8 soat interval bilan kechasi buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi.
2 yoshdan katta bolalarga – 20 mg/kg dan sutkada 4 marta 5 kun davomida, tana vazni 40 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga esa-kattalarga buyurilgan dozada buyuriladi.
Herpes zoster chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun kattalarga – 800 mg dan sutkada 4 marta, har 6 soatda 5 kun davomida buyuriladi.
Bosh og‘rig‘i, toliqish, tana haroratini oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ichak sanchiqlari, teri toshmasi, kam hollarda – alopetsiya, jigar transaminazalari faolligini o‘tkinchi oshishi, qon plazmasida bilirubin va kreatininning darajasini oshishi.
Preparatga yuqori sezuvchanlik, nevrologik buzilishlar
Probenetsid atsiklovirning T 1/2 oshiradi va klirensini pasaytiradi, nefrotoksik moddalar buyrak faoliyatini buzilishini rivojlanish xavfini oshiradi.
Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda asoratlarni oldini olish uchun ichga shifokorning qat’iy tavsiyasiga ko‘ra qo‘llanadi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda va katta yoshdagi patsiyentlarda (T1/2 ni oshishi tufayli) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Davolash vaqtida buyrak faoliyatini (qon plazmasida mochevina va kreatinin miqdori) muntazam nazorat qilish lozim.
Kristalluriyani oldini olish uchun atsiklovirning xar bir grammiga 500 ml suyuqlik iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va emizishda qo‘llanishi Atsiklovirni homiladorlik vaqtida faqat ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Quruq, yorug‘liqdan himoyalangan joyda, 25°S dan past haroratda saqlansin.
Simptomlari: qon plazmasida kreatinin darajasini oshishi, tubulyar apparatni atsiklovirning kristallari bilan obstruktsiyasi tufayli yuzaga kelgan buyrak yetishmovchiligi, letargiya, tirishishlar, koma.
Davolash: gemodializ.
Peritoneal dializ kam samarali.
Retsept bo‘yicha
Tabletkalar 200 mg № 10 kontur uyali o‘ramda.
1, 2 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.