Atsiklovir NIKAPHARMretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: atsiklovir – 200 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearat, laktoza, PVP K30.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

atsiklovir

Preparatning savdo nomi:

Atsiklovir-NIKAPHARM

Farmakalogik guruhi:

Viruslarga qarshi vositalar. ATX kodi: J05AB01 Farmakologik xususiyatlari Viruslarga qarshi preparat bo‘lib, gerpes viruslariga nisbatan yuqori tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lgan atsiklik purin nukleozidining sintetik analogidir. Virus bilan infektsiyalangan hujayra ichida virus timidinkinazasi ta’siri ostida atsiklovirni mono-, di- va trifosfat atsiklovir hosil bo‘lgunicha qator ketma-ket kechuvchi transformatsiya reaktsiyalari yuz beradi. Atsiklovir fosfati virus DNK si zanjiriga qo‘shilib olib, virus DNK-polimerazasini raqobatli ingibitsiya qilib, uning sintezini bloklaydi. In vitro sharoitida atsiklovir oddiy gerpesning virusi – Herpes simplex ning I va II turlari, Varicella zoster virusiga va tsitomegalovirusga nisbatan samaralidir; Epshteyn-Barr virusini ingibitsiya qilish uchun esa, yuqoriroq kontsentratsiyalari talab qilinadi. In vivo sharoitida atsiklovir eng avvalo terapevtik va profilaktik jihatdan Herpes simplex viruslari chaqirgan infektsiyalarda samaralidir.

oq rangli yassi tsilindrik faskali va riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Viruslarga qarshi vositalar. ATX kodi: J05AB01 Farmakologik xususiyatlari Viruslarga qarshi preparat bo‘lib, gerpes viruslariga nisbatan yuqori tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lgan atsiklik purin nukleozidining sintetik analogidir. Virus bilan infektsiyalangan hujayra ichida virus timidinkinazasi ta’siri ostida atsiklovirni mono-, di- va trifosfat atsiklovir hosil bo‘lgunicha qator ketma-ket kechuvchi transformatsiya reaktsiyalari yuz beradi. Atsiklovir fosfati virus DNK si zanjiriga qo‘shilib olib, virus DNK-polimerazasini raqobatli ingibitsiya qilib, uning sintezini bloklaydi. In vitro sharoitida atsiklovir oddiy gerpesning virusi – Herpes simplex ning I va II turlari, Varicella zoster virusiga va tsitomegalovirusga nisbatan samaralidir; Epshteyn-Barr virusini ingibitsiya qilish uchun esa, yuqoriroq kontsentratsiyalari talab qilinadi. In vivo sharoitida atsiklovir eng avvalo terapevtik va profilaktik jihatdan Herpes simplex viruslari chaqirgan infektsiyalarda samaralidir.

Ichga qabul qilinganida biokiraolishligi 15-30% ni tashkil qiladi. Atsiklovir barcha a’zolar va to‘qimalarga, shu jumladan bosh miya va teriga ham kiradi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 9-33% ni tashkil qiladi va uning plazmadagi kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. Orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasining 50% ni tashkil qiladi. Atsiklovir yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutida to‘planadi. Ichga 200 mg sutkada 5 marta buyurilganidan so‘ng qondagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) – 0,7 mkg/ml, Smax ga erishish vaqti – 1,5-2 soat. Jigarda farmakologik nofaol 9-karboksimetoksimetilguanin birikmasini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Buyraklar faoliyati normal bo‘lgan katta odamlarda yarim chiqarilish davri (T1/2) 2-3 soatni tashkil qiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda T1/2 20 soat, gemodializda – 5,7 soat (bunda atsiklovirning plazmadagi kontsentratsiyasi dastlabki miqdoriga qaraganda 60% gacha kamayadi). Preparatning 84% buyraklar orqali o‘zgarmagan xolda va 14% metabolitlari holida chiqariladi. Atsiklovirning buyrak klirensi umumiy plazma klirensining 75-80% ni tashkil qiladi. Atsiklovirning 2% dan kamrog‘i organizmdan ichak orqali chiqariladi.

Ham birlamchi Herpes simplex ning I va II turlari ham ikkilamchi viruslari, shu jumladan genital gerpesni chaqirgan teri va shilliq qavatlarning davolash. Immun statusi normal bo‘lgan bemorlarda Herpes simplex ning I va II tur viruslari chaqirgan qaytalanuvi infektsiyalarni zo‘rayishini oldini olish. Immun tanqisligi bo‘lgan bemorlarda Herpes simplex ning I va II tur viruslari chaqirgan birlamchi va qaytalanuvchi infektsiyalarni oldini olish. Immun tanqisligi yaqqol bo‘lgan patsiyentlarni OITV-infektsiyasida (OITS bosqichi, erta klinik ko‘rinishlari va rivojlangan klinik manzarasi) va suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan patsiyentlarda majmuaviy davolash tarkibida. Varicella zoster (suvchechak) va Herpes zoster – (o‘rab oluvchi temiratki) virusi chaqirgan birlamchi va qaytalanuvchi infektsiyalarni davolashda qo‘llanadi.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: yakka hollarda – qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Qon tomonidan: jigar fermentlarining faolligini biroz o‘tkinchi oshishi, kam – mochevina va kreatinin darajasini biroz oshishi, giperbilirubinemiya, leykopeniya, eritropeniya, trombotsitopeniya. Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam – bosh og‘rig‘i, holsizlik; alohida hollarda qaltirash, bosh aylanishi kuchli toliqish, uyquchanlik, gallyutsinatsiyalar. Allergik reaktsiyalar: teri toshmalari. Boshqalar: kam – alopetsiya, isitma.

Atsiklovir, gantsiklovir yoki preparatning biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Degidratatsiya, buyrak yetishmovchiligi, nevrologik buzilishlarda (shu jumladan anamnezdagi), keksa yoshdagi bemorlar, bolalarda (2 yoshgacha) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda asoratlardan saqlanish uchun shifokorning qat’iy maslahati bo‘yicha qo‘llash kerak. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan, atsiklovirning T1/2 uzaygan keksa yoshdagi bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparat qo‘llanganida yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilinishini ta’minlash lozim. Preparatni qabul qilishda buyraklar faoliyatini (qondagi mochevina va qon plazmasidagi kreatinin darajasini) nazorat qilish kerak. Homiladorlik davrida qo‘llash faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Atsiklovir yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutida yig‘iladi. Laktatsiya davrida atsiklovirni qabul qilishning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, nevrologik buzilishlar, hansirash, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, buyrak yetishmovchiligi, letargiya, tirishishlar, koma. Davolash: simptomatik davo, hayotiy muhim faolliyatlarni saqlab turish, yetarli darajadagi gidratatsiya, gemodializ (ayniqsa o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va anuriyada).

Retsept bo‘yicha

200 mg tabletkalar. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramlarda, 1, 2, 3 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton kutiga joylanadi.

3 yil.