Atsetilkardio rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: atsetilsalitsil kislotasi 50 mg va 150 mg. yordamchi moddalar: kraxmal 1500, mikrokristalik tsellyuloza, stearin kislotasi.

Preparatning savdo nomi:

Atsetilkardio

Farmakalogik guruhi:

Antiagregant vosita.

Dori shakli:

Tabletkalar.

Antiagregant vosita.

ASK me’da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. ASK ning yarim chiqarilish davri taxminan 15 minutni tashkil qiladi, chunki fermentlar ishtirokida ASK ichakda, jigarda va qon plazmasida salitsil kislotasiga (SK) tez gidrolizlanadi. SK ning yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatni tashkil qiladi, ammo u ASK ning katta dozalari (3,0 g dan ko‘proq) bir vaqtda yuborilganida ferment tizimlarining to‘yinishi natijasida ahamiyatli oshishi mumkin. ASK ning biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil qiladi, lekin bu kattalik ahamiyatli darajada o‘zgarib turadi, chunki ASK fermentlar ta’siri ostida SK ga tizim oldi (me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavati, jigar) gidroliziga uchraydi. SK ning biokiraolishligi 80-100% ni tashkil qiladi.

Xavf omillari (masalan, qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semirish, chekish, keksalik yoshi) mavjudligidagi tromboz va o‘tkir yurak yetishmovchiligi kabi yurak-qon tomir kasalliklarini birlamchi oldini olish. Takroriy miokard infarkti va qon tomirlarining trombozini oldini olish. Tomirlardagi xirurgik aralashuvlardan (aortokoronar shuntlash, teri orqali translyuminal koronar angioplastika) keyingi tromboemboliyani oldini olish. Nostabil stenokardiyada qo‘llanadi.

Tabletkalar butunligicha suv bilan yutiladi. Xohishga qarab, tabletkani ikkiga bo‘lish, chaynash yoki oldindan maydalash mumkin.

Quyida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagilarga muvofiq aniqlangan: – juda tez-tez ³1/10; – tez-tez >1/100, <1/10; – ba’zida >1/1000, <1/100; – kam >1/10000, <1/1000; – juda kam <1/10000, shu jumladan alohida xabarlar. Allergik reaktsiyalar: eshakemi (tez-tez), Kvinke shishi (tez-tez). Immun tizimi: anafilaktik reaktsiyalar (ba’zida). Me’da-ichak yo‘llari: ko‘ngil aynishi (tez-tez), jig‘ildon qaynashi (juda tez-tez), qusish (tez-tez), qorin sohasida og‘riq his qilish, me’da va o‘nikki barmoq ichak shilliq qavatining yaralari (ba’zida), shu jumladan perforativ (kam), me’da-ichak qon ketishlari (ba’zida), “jigar” fermentlari faolligini oshishi (kam), stomatit (juda kam), ezofagit (juda kam), me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarini eroziv shikastlanishi (juda kam), strikturalar (juda kam), kolit (juda kam), ichakning ta’sirlanish sindromi (juda kam). Nafas tizimi: bronxospazm (tez-tez) Qon yaratish tizimi: yuqori qonovchanlik (juda kam), anemiya (kam), gipoprotrombinemiya (juda kam), trombotsitopeniya (juda kam), neytropeniya, aplastik anemiya (juda kam), eozinofiliya (juda kam), agranulotsitoz (juda kam). Markaziy nerv tizimi: bosh aylanishi (ba’zida), bosh og‘rig‘i (tez-tez), uyqusizlik (tez-tez), uyquchanlik (ba’zida), quloqlardagi shovqin, miya ichiga qon quyilishi (kam).

Bir vaqtda qo‘llanganida ASK quyidagi dori vositalarining ta’sirini kuchaytiradi: metotreksatning – buyrak klirensini pasayishi va oqsillar bilan bog‘idan uni siqib chiqarilishi hisobigageparin va bilvosita antikoagulyantlarning – trombotsitlar faoliyatini buzilishi va bilvosita antikoagulyantlarni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarilishi hisobigatrombolitik va antitrombotsitar preparatlarni (tiklopiridinni)digoksinning – uning buyrak ekskretsiyasini pasayishi oqibatidagipoglikemik vositalarning (insulin va sulfonilmochevina hosilalarining) -ASKning o‘zini yuqori dozalarda gipoglikemik xususiyatlari va sulfonilmochevina hosilalarini oqsillar bilan bog‘idan chiqib chiqarilishi hisobiga.valproat kislotasining – uni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarilishi hisobiga ta’sirini kuchaytiradi. ASK ni ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llash ASK ning kardioprotektiv samarasini pasaytiradi. ASK etanol (alkogol) bilan bir vaqtda qo‘llanganida additiv samara kuzatiladi. Siydik kislotasining raqobatli tubulyar eliminatsiyasi hisobiga ASK urikozurik vositalarning (benzbromon) ta’sirini susaytiradi. Salitsilatlarning eliminatsiyasini kuchaytirib, tizimli glyukokortikosteroidlar (GKS) ularning ta’sirini susaytiradi. Antatsidlar va kolestiramin preparatning so‘rilishini pasaytiradi.

Preparatni shifokor buyurganidan keyin qo‘llash kerak. ASK bronxospazmni qo‘zg‘atishi, shuningdek bronxial astma xurujlarini va yuqori sezuvchanlikning boshqa reaktsiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari anamnezda bronxial astma, toshmali isitma, burun polipozi, nafas tizimining surunkali kasalliklari, shuningdek boshqa preparatlarga (masalan, teri reaktsiyasi, qichishish, eshakemi) allergik reaktsiyalarning bo‘lishidir. ASK xirurgik aralashuvlar vaqtida va keyin yaqqolligi turli darajadagi qon ketishlarini chaqirishi mumkin. ASK ning past dozalarini qabul qilayotgan bemorlarda rejali jarrohlik aralashuvidan bir necha kun oldin qon ketishi xavfini ishemik asoratlarni rivojlanish xavfiga nisbatan baholash kerak. Agarda qon ketishini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lsa, preparatni vaqtincha bekor qilish kerak. ASK ni antikoagulyantlar, trombolitiklar va antitrombotsitar preparatlar bilan birga qo‘llanishi, qon ketishini rivojlanishini yuqori xavfi bilan birga kechadi. ASK past dozalarda moyil shaxslarda (siydik kislotasining pasaygan ekskretsiyasiga ega bo‘lganlarda) podagrani rivojlanishini  qo‘zg‘atishi mumkin. ASK ni metotreksat bilan birga qo‘llanishi qon yaratish a’zolari tomonidan nojo‘ya samaralarni rivojlanishini yuqori tez-tezligi bilan birga kechadi. ASK ning yuqori dozalari gipoglikemik samara ko‘rsatadi, buni gipoglikemik vositalarni olayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga preparatni buyurishda nazarda tutish kerak. Tizimli GKS va salitsilatlar birga qo‘llanganida, davolash vaqtida qonda salitsilatlarning darajasi pastligini, GKS bekor qilinganidan keyin esa salitsilatlarning dozasini oshib ketishi mumkinligini unutmaslik kerak. Yurak – qon tomir kasalliklarini rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda ASK ni ibuprofen bilan qo‘shish tavsiya qilinmaydi, ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llanganida 300 mg gacha dozalarda ASK ning antiagregant ta’sirini kamayishi kuzatiladi, bu ASK ning kardioprotektiv samaralarini pasayishiga olib keladi. ASK dozasini tavsiya qilingan terapevtik dozalardan oshirish, me’da-ichakdan qon ketishlari xavfini oshishiga olib keladi. ASK ni past dozalarda antiagregant davolash sifatida uzoq muddat qabul qilinganda keksa patsiyentlarda, me’da-ichakdan qon ketishini rivojlanish xavfi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. ASK alkogol bilan birga qo‘llanganda me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini shikastlanishi va qon ketishi vaqtini uzayishi xavfi yuqori bo‘ladi.

Homiladorlikning birinchi 3 oyligida salitsilatlarning katta dozalarini qo‘llash homilani rivojlanish nuqsonlarining yuqori tez-tezligi bilan assotsiatsiyalanadi. Homiladorlikning II uch oyligida salitsilatlarni, faqat xavf va foydani qat’iy hisoblagan holda buyurish mumkin. Homiladorlikning oxirgi uch oyligida salitsilatlar yuqori dozada (sutkada 300 mg dan ko‘p) tug‘ruq faoliyatini tormozlanishini, homilada arterial yo‘lini muddatidan oldin bekilishini, ona va homilada yuqori qonovchanlikni chaqiradi, bevosita tug‘ruq oldidan buyurish esa, ayniqsa chala tug‘ilgan bolalarda bosh miyada ichki qon quyilishini chaqirishi mumkin. Homiladorlikning oxirgi uch oyligida salitsilitlarni buyurish mumkin emas. Emizish davrida preparatni qo‘llash mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash uchun klinik ma’lumotlar yetarli emas. Emizish davrida atsetilsalitsil kislotasini buyurishdan oldin emizikli bolalar uchun potentsial xavf va foydani baholash kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Og‘irlik darajasi o‘rtacha dozani oshirib yuborishning belgilari ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarni shang‘illashi, eshitishni yomonlashishi, bosh aylanishi, ongni chalkashishi. Davolash: me’dani yuvish, faollangan ko‘mir qabul qilish. Davolash simptomatik. Og‘ir darajadagi dozani oshirib yuborishning belgilari isitma, giperventilyatsiya, ketoatsidoz, respirator alkoloz, koma, yurak-tomir va nafas yetishmovchiligi, yaqqol gipoglikemiya.

Retseptsiz

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar 75 mg i 150 mg.

2 yil.