Atropina sulfat.retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: atropin sulfati – 1 mg; yordamchi moddalar: xlorid kislotasi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

atropin.

Preparatning savdo nomi:

Atropina sulfat.

Farmakalogik guruhi:

M-xolinoblokator.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

tiniq, rangsiz suyuqlik.

M-xolinoblokator.

A03VA01.

Organizmda keng taqsimlanadi. Jigarda fermentativ gidroliz yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Plazma oqsillri bilan bog‘lanishi – 18%. Gematoentsefalik to‘siq, yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. 0,5-1 soatdan keyin MNT ahamiyatli kontsentratsiyalarda aniqlanadi. Yarim chiqarilish davri – 2 soat. Buyraklar orqali – 50% o‘zgarmagan xolda, qolgan qismi – gidroliz va kon’yugatsiya mahsulotlari ko‘rinishida chiqariladi.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi; o‘tkir pankreatit; pilorospazm; ichak, o‘t qopi, o‘t chiqarish yo‘llari, siydik chiqarish yo‘llarining spazmlari; laringospazm (oldini olish); gipersalivatsiya (parkinsonizm, og‘ir metall tuzlari bilan zaharlanish); bradikardiya; AV blokada; xolinomimetik va antixolinesteraz vositalar bilan zaharlanish; jarrohlik operatsiyalar oldidan premedikatsiyada qo‘llanadi.

Me’da va 12-barmoq ichak yarasi va pankreatitdagi o‘tkir og‘riqlarni, buyrak, jigar sanchiqlari va boshqalarni bartaraf qilish uchun preparat teri ostiga yoki mushak ichiga 0,25–1 mg dan (0,25–1 ml eritma) yuboriladi. Bradikardiyani yo‘qotish uchun – vena ichiga 0,5–1 mg dan, zarurati bo‘lganida 5 minut o‘tgach yuborishni takrorlash mumkin. Premedikatsiya maqsadidi – mushak ichiga 0,4–0,6 mg anesteziyadan 45-60 minut oldin yuboriladi. Bolalarga preparat 0,01 mg/kg dozada yuboriladi. M-xolinoblokatorlar va antixolinesteraz vositalar bilan zaharlanishda 1,4 ml 0,1% li eritma vena ichiga (shprits-tyubik) yuboriladi, afzalrog‘i xolinesteraza reaktivatorlari bilan majmuada.

Og‘izni qurishi, taxikardiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ichak va qovuqning atoniyasi, qabziyat, siyishni qiyinlashishi, fotofobiya, midriaz, akkomodatsiya falaji, ko‘z ichki bosimini oshishi, kserostomiya, taktil sezuvchanlikni buzilishi.

M-xolinomimetiklar va antixolinesteraz vositalarning ta’sirini susaytiradi. Difengidramin yoki prometazin – atropinning ta’sirini kuchayishi. Nitratlar ko‘z ichki bosimini oshish ehtimolini oshiradi. Prokainamid – antixolinergik ta’sirini kuchayishi. Guanetidinning ta’siri ostida atropinning giposekretor ta’siri kamayishi mumkin.

Atropin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homiladorlik vaqtida atropinni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik vaqtda yoki bevosita tug‘ruqdan oldin preparat vena ichiga yuborilganda homilada taxikardiya rivojlanishi mumkin. Gestoz bilan asoratlangan homiladorlik vaqtda buyurilmaydi, chunki arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin. Preparatni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Atropin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homiladorlik vaqtida atropinni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik vaqtda yoki bevosita tug‘ruqdan oldin preparat vena ichiga yuborilganda homilada taxikardiya rivojlanishi mumkin. Gestoz bilan asoratlangan homiladorlik vaqtda buyurilmaydi, chunki arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin. Preparatni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2°S dan 30°S gacha haroratda saqlansin.

Simptomlari. Og‘iz bo‘shlig‘i va burun-halqum shilliq qavatining quruqligi, yutish va nutqni buzilishi, teri qoplamalarining quruqligi, gipertermiya, midriaz va hokazo (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang); harakat va nutq qo‘zg‘alishi, xotirani buzilishi, gallyutsinatsiyalar, psixoz. Davolash. Antixolinesteraz va sedativ vositalar.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun 0,1% li eritma 1 ml dan neytral shisha ampulalarda. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi. O‘yiqchasi, sindirish halqasi va nuqtasi bo‘lgan ampulalar ishlatilganda ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatorini joylamaslikka yo‘l qo‘yiladi. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va laklangan alyumin folgali yoki folgasiz kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

5 yil.