Atorvasterolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: atorvastatin kaltsiy 10 mg, 20 mg yoki 40 mg atorvastatinga ekvivalent; yordamchi moddalar: mannitol, mikrokristall tsellyuloza, kaltsiy karbonati, povidon, kroskarmelloza natriy, natriy laurilsulfati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati; qobiq tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi (Ye 171), makrogol 6000, talk.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

atorvastatin

Preparatning savdo nomi:

Atorvasterol

Farmakalogik guruhi:

Gipolipidemik preparatlar. GMG-KoA reduktaza ingibitorlari.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar (10 mg va 20 mg dozalar uchun). oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar (40 mg doza uchun).

Gipolipidemik preparatlar. GMG-KoA reduktaza ingibitorlari.

S10AA05.

So‘rilishi: Ichga qabul qilinganidan keyin atorvastatin tez so‘riladi, qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 1-2 soat o‘tgach erishiladi. So‘rilish darajasi atorvastatinning dozasiga qarab oshadi. Qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklidagi atorvastatinning biokiraolishligi, eritma ko‘rinishida qabul qilingan atorvastatinning biokiraolishligi bilan solishtirganda 95-99% ni tashkil qiladi. Atorvastatinning mutloq biokiraolishligi taxminan 12% ni tashkil qiladi, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligining tizimli kiraolishligi 30% ni tashkil qiladi.. Dori preparatining past tizimli biokiraolishligi, uni qon oqimiga o‘tish oldidan me’da-ichak yo‘llarining shilliq qavatidagi tizimoldi klirensi va/yoki jigardagi tez metabolizmi bilan tushuntiriladi Taqsimlanishi:. atorvastatinning taqsimlanishini o‘rtacha hajmi taxminan 381 l ni tashkil qiladi. Atorvastatin plazmasi oqsillari bilan  98% dan ko‘proqqa bog‘lanadi. Metabolizmi: atorvastatin tsitoxrom R-450 3A4 ishtirokida orto- va paragidroksi hosilalari va b-oksidlanishning turli mahsulotlarigacha metabolizmga uchraydi. So‘ngra bu birikmalar glyukuronidatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitda GMG-KoA-reduktazani orto- va paragidroksi metabolitlari bilan susaytirilishi atorvastatin bilan susaytirilishi bilan bir xil. GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligi taxminan 70% faol metabolitlari bilan bog‘liq. Chiqarilishi: Jigar va jigardan tashqari metabolik o‘zgarishlardan keyin atorvastatin asosan safro bilan chiqariladi. Lekin dori preparati, ehtimol, ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga duchor bo‘lmaydi. Atorvastatinni odam plazmasida yarim chiqarilishini o‘rtacha  davri taxminan 14 soatni tashkil qiladi. GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligining yarim chiqarilish davri 20-30 soatga teng, bu faol metabolitlarining ta’siri bilan tushuntiriladi. Bolalar: Bolalarga taalluqli farmakokinetik ma’lumotlar mavjud emas. Jins: Atorvastatin va uning metabolitlarining kontsentratsiyalari ayollar va erkaklarda farq qiladi (ayollarda Smax erkaklarga qaraganda 20% yuqori, shu vaqtning o‘zida AUC erkaklarga qaraganda 10% past). Bu farqlar hech qanday klinik ahamiyatga ega emas, qondagi lipidlarga ta’siridagi farq esa ayollar va erkaklarda axamiyatli emas. Jigar yetishmovchiligi: Atorvastatin va uning faol metabolitlarining kontsentratsiyasi  jigarning surunkali alkogolli shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlar plazmasida ahamiyatli oshgan (Smax taxminan 16 marta, AUC esa taxminan 11 marta).

Giperxolesterinemiya Atorvastatin birlamchi giperxolesterinemiyasi, shu jumladan geterozigot nasliy giperxolesterinemiya va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyasi (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IIa va IIb turi), bo‘lgan kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarda, parhez yoki boshqa nofarmakologik choralar adekvat samara bermagan hollarda, oshgan umumiy xolesterin, PZLP xolesterini, apoprotein V va triglitseridlarni pasaytirishga qaratilgan parhezga qo‘shimcha yordamchi vosita sifatida ko‘rsatilgan. Atorvastatin shuningdek gomozigot nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda umumiy xolesterin va PZLP xolesterini darajalarini pasaytirish uchun, davolashning boshqa gipolipidemik usullariga (masalan PZLP aferez) yordamchi vosita sifatida, yoki agar davolashning bunday usullarini iloji bo‘lmaganda ko‘rsatilgan. Yurak-qon tomir kasalliklarni oldini olish Preparat yurak-qon tomir asoratlarning yuqori xavfi bo‘lgan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlarni oldini olish uchun xavfning boshqa omillarini muvofiqlashtirish uchun yordamchi vosita sifatida ko‘rsatilgan.

Atorvastatin ichga qabul qilinadi. Atorvastatinning sutkalik dozasi bir marta kunning har qanday vaqtida, ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar buyuriladi.

Quyida klinik tadqiqotlarning va postregistratsion qo‘llashning katta tajribasiga asoslangan atorvastatinning nojo‘ya ta’sirlarining profili berilgan. Hodisalarning hisoblangan tez-tezligi quyidagi mezonlarga muvofiq taqsimlangan: tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000).

Atorvastatinni quyidagi patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas: ta’sir etuvchi moddaga yoki Tarkibi bo‘limida ko‘rsatilgan yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanligi bo‘lganjigar kasalligi yoki aniqlanmagan normaning yuqori chegarasidan uch marta ortiq bo‘lgan qon zardobidagi transaminazalarning faolligihomiladorlikda, emizish davrida va kontratseptsiyaning adekvat usullarini qo‘llamaydigan reproduktiv yoshdagi ayollarda (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang) qo‘llash mumkin emas.

Atorvastatin tsitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) ishtirokida metabolizmga uchraydi va oqsillarni tashuvchilarining substrati hisoblanadi, masalan: OATR1V1 jigarda qamrab olinishining tashuvchisi. CYP3A4 ingibitorlari yoki oqsillarni tashuvchilari bo‘lgan dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash, plazmada atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishiga va miopatiya xavfini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Miopatiya yuz berishini xavfi shuningdek miopatiyani chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar, masalan, fibrin kislotasining hosilalari va ezetimib bilan majmuada oshishi mumkin. CYP3A4 ingibitorlari: CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini qo‘llashni atorvastatinning kontsentratsiyasini ahamiyatli oshishiga olib kelishi aniqlangan. Qanchalik mumkin bo‘lsa, shuncha CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak (masalan, tsiklosporin, telitromitsin, klaritromitsin, delaviridin, stiripentol, ketokonazol, vorikonazol, itrakonazol, pozakonazol va OITV-proteaza ingibitorlari, ritonavir, lopinavir, atazanavir, indinavir, darunavir va x.k.). Yuqorida keltirilgan preparatlarni atorvastatin bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanishning iloji bo‘lmaganda, atorvastatinning kam boshlang‘ich va maksimal dozasini buyurish imkoniyatini ko‘rish kerak va patsiyentni kuzatuvini o‘tkazish tavsiya etiladi. CYP3A4 ning o‘rtacha ingibitorlari (masalan: eritromitsin, diltiazem, verapamil va flukonazol) plazmada atorvastatinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Eritromitsin va statin bir vaqtda qo‘llangan xolda miopatiya rivojlanishini yuqori xavfi kuzatiladi. Amiodaron yoki verapamilni atorvastatin bilan dorilarni o‘zaro ta’sirining tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Amiodaron ham, verapamil ham CYP3A4 ning ma’lum ingibitorlari hisoblanadi va ularni atorvastatin bilan bir vaqtda qo‘llash, atorvastatinning yuqori ekspozitsiyasiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun atorvastatinning pastroq maksimal dozasini qo‘llashni ko‘rib chiqish kerak va CYP3A4 ning o‘rtacha ingibitorlari bir vaqtda qo‘llangan holda, patsiyentni kuzatuvini o‘tkazish tavsiya etiladi. Davolash boshlanganidan keyin yoki ingibitorning dozasi tanlanganidan keyin muvofiq klinik kuzatuv tavsiya etiladi. CYP3A4 induktorlari: Atorvastatin va tsitoxrom R450 3A4 induktorlarini (masalan: efavirents, rifampitsin, dalachoy o‘ti) bir vaqtda qo‘llash, plazmada atorvastatinning kontsentratsiyasini turli darajada pasayishiga olib kelishi mumkin. Rifampitsinning o‘zaro ta’sirini ikkilangan (tsitoxrom R450 3A4 induktsiyasi va gepatotsitlarda OATR1V1 tashuvchisi faolligini tormozlanishi) mexanizmi tufayli, atorvastatinni rifampitsin bilan bir vaqtda buyurish tavsiya etiladi, chunki keyingi, rifampitsin qabul qilinganidan keyin, atorvastatinni yuborish, plazmada atorvastatinning kontsentratsiyasini ahamiyatli pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bir vaqtda qo‘llashdan saqlanib bo‘lmaydigan hollarda, patsiyentdagi terapevtik samarani sinchiklab kuzatish kerak. Tashuvchi oqsillarning ingibitorlari: Tashuvchi oqsillarning ingibitorlari (masalan, tsiklosporin) atorvastatinning organizmga ta’sirini oshirishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llash zarur bo‘lgan hollarda dozani kamaytirish va terapevtik samaradorlikni monitoringi tavsiya etiladi. Gemifibrozil/fibrat kislotasining hosilalari: Monoterapiyada fibratlarni qo‘llash suyak-mushak tizimi tomonidan noxush samaralarni, shu jumladan rabdomioliz paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xavf fibrat kislotasining hosilalari bilan majmuada yuqori bo‘lishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llash shart bo‘lgan holda, terapevtik samaraga erishish uchun atorvastatinning eng past dozalarini qo‘llash va patsiyentning holatini nazorat qilish kerak (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Ezetimib: Monoterapiyada ezetimibni qo‘llash suyak-mushak tizimi tomonidan noxush samaralarni, shu jumladan rabdomioliz, paydo bo‘lish xavfi bilan bog‘liq. Xavf ezetimib va atorvastatin majmuasida yuqori bo‘lishi mumkin. Ezetimib va atorvastatinni qabul qilayotgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak. Kolestipol: Atorvastatinni bir vaqtda kolestipol qabul qilayotgan patsiyentlarda, plazmada atorvastatin va faol uning metabolitlarining kontsentratsiyasini pasayishi (taxminan 25% ga) yuz beradi. Lekin gipolipidemik samara, atorvastatin va kolestipol bir vaqtda yuborilgan holda, har bir dori preparati alohida qo‘llangan vaqtdagiga qaraganda yaqqolroq bo‘lgan. Fuzidat kislotasi: Miopatiya xavfi, shu jumladan rabdomioliz, fuzidat kislotasi va statinlar birga tizimli qo‘llanganida oshishi mumkin. Bu o‘zaro ta’sirning mexanizmi (u farmakodinamikmi yoki farmakokinetikmi yoki u ham bu hammi) hozirgacha noma’lum. Bu majmuani qabul qilgan patsiyentlarda rabdomioliz rivojlanishi haqida (shu jumladan bir necha hollarda o‘lim bilan yakunlangan) xabarlar bor. Fuzidat kislotasining preparatini tizimli qo‘llash shart deb hisoblangan patsiyentlarda, fuzidat kislotasi bilan davolash davrida atorvastatin bilan davolashni to‘xtatish kerak. Kolxitsin: Atorvastatin va kolxitsin bir vaqtda qo‘llanganida miopatiya rivojlanishining hollari qayd etilgan. Atorvastatin va kolxitsin birga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Jigar tomonidan samaralar Statinlar bilan davolashni boshlashgacha va qo‘llash vaqtida klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha qon zardobida transaminazalar faolligi va jigarning boshqa fermentlarining darajasini nazorat qilish kerak. Agar qabul qilish vaqtida jigarni jiddiy shikastlanishlarining klinik simptomlari va/yoki giperbilirubinemiya, yoki sariqlik paydo bo‘lsa, statinlarni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Agar jigarni jiddiy shikastlanishi rivojlanishining boshqa sababi aniqlanmagan bo‘lsa, statinlarni qo‘llashni qaytadan boshlamaslik kerak (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qarang). Atorvasterolni alkogolni suiiste’mol qiluvchi va/yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Xolesterin darajasini keskin pasaytirish yo‘li bilan insultni oldini olish Yurak ishemik kasalligisiz (YUIK), yaqinda insult yoki tranzitor ishemik xujum (TIX) o‘tkazgan patsiyentlardagi insultning kichik turlarini retrospektiv tahlil ma’lumotlari bo‘yicha, gemorragik insultning rivojlanish tez-tezligi 80 mg dozada atorvastatin qabul qilgan patsiyentlarda, platsebo guruhi bilan solishtirganda yuqori bo‘lgan. Yuqori xavf, xususan, gemorragik insult yoki lakunar infarkt patsiyentlarda tadqiqotga kiritilgunicha aniqlangan. Gemorragik insult yoki lakunar infarkt o‘tkazgan patsiyentlar uchun, 80 mg atorvastatin qabul qilganda foyda/xavf nisbati noaniq hisoblanadi, shuning uchun davolashni boshlashgacha gemorragik insult rivojlanishining potentsial xavfi sinchiklab baholanishi kerak. Tayanch-harakat apparati tomonidan samaralar Atorvastatin boshqa GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari kabi, kam hollarda skelet mushaklariga ta’sir qilishi va mialgiya, miozit va miopatiya chaqirishi mumkin, u xayot uchun potentsial xavfli, kreatinfosfokinaza (KFK) ning yuqori darajalari (normaning yuqori chegaralari bilan solishtirganda >10 marta) bilan xarakterlanuvchi holat – rabdomiolizga rivojlanishi mumkin, mioglobinemiya va mioglobulinuriya, ular buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Davolashni boshlash oldidan Atorvastatinni rabdomiolizga moyillik omillari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Davolashni boshlash oldidan quyidagi hollarda kreatinfosfokinaza (KFK) darajasini o‘lchash talab etiladi: Buyrak yetishmovchiligiGipotireozShaxsiy va oilaviy anamnezda nasliy mushak tomonidan buzilishlarni mavjudligiAnamnezda statinlar yoki fibratlar ishlatilganda mushak toksikligini mavjudligiAnamnezda jigar kasalliklari va/yoki alkogolni suiiste’mol qilish mavjudligiKeksa yoshdagi patsiyentlarda (>70 yosh) rabdomiolizga boshqa moyillik omillariga qarab bunday o‘lchashning zaruratini baholash kerak.Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri va aholining alohida guruhlari, shu jumladan genetik kichik guruxlar, kabi qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar. Bunday hollarda mumkin bo‘lgan foyda davolashning xavfini hisobi bilan baholangan bo‘lishi kerak, klinik monitoring tavsiya etiladi. KFK ning dastlabki darajasini axamiyatli oshgan (normaning yuqori chegarasida 5 marta yuqori) hollarda preparat bilan davolash boshlanmaydi. Kreatininfosfokinaza darajasini o‘lchash Kreatininfosfokinazani (KFK) jadal jismoniy yuklamadan keyin yoki KFK ni oshishini har qanday boshqa mumkin bo‘lgan sababi mavjudligida o‘lchash mumkin emas, chunki bu natijalar tahlilini qiyinlashtiradi. Agar KFK ning dastlabki darajasi ahamiyatli yuqori (normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda >5 marta) bo‘lsa, natijalarni tasdiqlash uchun 5-7 kundan keyin KFK darajasi takroran o‘lchanadi. Davolash davrida Mushak og‘riqlari, tirishishlar yoki kuchsizlik, ayniqsa diskomfort yoki qizish hissi bilan qo‘shilgan holda, patsiyentlar bu haqida kechiktirmasdan xabar berishlari haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.Atorvastatin bilan davolash davomida bunday simptomlar paydo bo‘lgan patsiyentlarda KFK darajasi o‘lchanadi. Agar KFK darajasini ahamiyatli oshishi (normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda >5 marta) aniqlansa, davolash to‘xtatiladi.Agar mushak simptomlari og‘ir bo‘lsa va har kungi diskomfort chaqirsa, xatto agar KFK darajasi normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda 5 martadan kamga oshgan bo‘lsa ham, davolashni to‘xtatish masalasini ko‘rish kerak.Agar simptomlar yo‘qolsa va KFK darajasi normaga qaytsa, atorvastatini yoki boshqa statinni eng past dozada va sinchikov kuzatuv ostida takror qo‘llashni ko‘rish kerak.KFK darajasi klinik ahamiyatli oshgan (normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda >10 marta) holda yoki rabdomioliz tashxis yoki gumon qilingan holda, atorvastatin bekor qilinishi kerak. Ayrim statinlar bilan davolash vaqtida yoki davolashdan keyin immunitetga bog‘liq nekrozlovchi miopatiya (IBNM) haqida juda kam xabarlar bo‘lgan. Klinik IBNM proksimal mushaklarning doimiy davom etuvchi kuchsizligi va kreatinkinazaning yuqori zardob darajasi bilan xarakterlanadi, u statinlar bilan davolash to‘xtatilishga qaramasdan saqlanadi. Boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llash Rabdomioliz xavfi atorvastatin CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari yoki oqsillarni tashuvchilar (tsiklosporin, eritromitsin, klaritromitsin, delavirdin, stiripentol, ketokonazol, vorikonazol, itrakonazol, posakonazol yoki OITV-proteaza ingibitorlari, ritonavir, lopinavir, atazanavir, indinavir, darunavir, tipranavir, sakvinavir, fosamprenavir, nelfinavir, telaprevir va botseprevir kabi S gepatati virusi proteazasi ingibitorlari va x.k.) kabi ayrim preparatlar bilan bir vaqtda ishlatilganida oshadi. Miopatiya rivojlanishini xavfi shuningdek gemfibrozil va fibrat kislotasining boshqa hosilalari, eritromitsin, niatsin, ezetimib, telaprevir va telaprevir ritonavir bilan bir vaqtda ishlatilganida ham oshishi mumkin. Imkoniyati bo‘lganda muqobil davolashni (atorvastatin bilan o‘zaro ta’sir qilmaydigan dori vositalari) buyurishni ko‘rish kerak. Bu dori vositalarini atorvastatin bilan birga qabul qilishdan saqlanishning iloji bo‘lmagan holda, bir vaqtda qo‘llashning foyda/xavf profilini sinchiklab baholash kerak. Agar patsiyent atorvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshiruvchi dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsa, bu preparatning maksimal tavsiya etiladigan dozasi pasaytirilishi kerak. Kuchli ta’sir etuvchi CYP3A4 ingibitorlari qo‘llangan holda, atorvastatinning boshlang‘ich dozasi kamaytirilishi kerak; bunday patsiyentlarni muvofiq klinik kuzatuvi tavsiya etiladi (Dorilarning o‘zaro ta’siri bo‘limiga qarang). Atorvasterol preparatini fuzidat kislotasining tizimli dori shakllari bilan birga yoki fuzidat kislotasi bilan davolash to‘xtatilganidan keyin 7 kun chegaralarida buyurish mumkin emas. Fuzidat kislotasining tizimli preparatlarini qo‘llash shart deb hisoblangan patsiyentlarda, fuzidat kislotasi bilan davolash davrida statin bilan davolash to‘xtatilgan bo‘lishi kerak. Fuzidat kislotasini statinlar bilan birga majmuaviy davolash qabul qilgan patsiyentlarda rabdomiolizni rivojlanishi (shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan bir nechta holatlar) to‘g‘risida xabarlar mavjud. Mushak kuchsizligining har qanday simptomlari, og‘riq yoki og‘riqlilik paydo bo‘lganida kechiktirmasdan shifokorga murojaat qilish kerak. Statinlar bilan davolashni fuzidiy kislotasining oxirgi dozasidan keyin yetti kun o‘tgach qayta tiklash mumkin. Istisno vaziyatlarda, fuzidat kislotasini davomli tizimli qo‘llash talab qilinganda, masalan – og‘ir infektsiyalarni davolash uchun, Atorvasterol preparati va fuzidat kislotasini birga qo‘llashning zaruratini faqat shaxsiy asosda va sinchikov tibbiy kuzatuv ostida baholash kerak. O‘pkaning interstitsial kasalliklari Istisno hollarda ayrim statinlar ishlatilganida, ayniqsa davomli davolashda, o‘pkalarning interstitsial kasalliklari xaqida xabar berilgan (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qarang). Shuningdek nafasni qiyinlashishi, quruq yo‘tal va sog‘liqning umumiy yomonlashishi (charchoqlik, vaznni yo‘qotish, qizish) ham kuzatilishi mumkin. O‘pkaning interstitsial kasalliklariga gumon bo‘lganida, statinlar bilan davolashni bekor qilish kerak. Qandli diabet Ayrim ma’lumotlar statinlarni qonda glyukozaning darajasini oshirish kobiliyatiga egaligidan dalolat beradi, va patsiyentlarni qandli diabetga moyilligi bo‘lgan holda, giperglikemiya darajasiga olib kelishi mumkin, unda qandli diabetni davolashni buyurish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin, statinlar bilan davolashdan foyda bu xavfdan yuqori, va, demak, statinlar bilan davolashni to‘xtatish talab etilmaydi. Xavf guruhi patsiyentlari (och qoringa glyukozaning darajasi – 5,6-6,9 mmol/l, TMI>30 kg/m2, triglitseridlarning darajasi yuqori, gipertoniya) milliy talablarga muvofiq sinchkov klinik va bioximik kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Bolalarda ishlatilishi Bolalarda dori preparatini qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan (Nojo‘ya ta’sirlari bo‘limiga qarang). Tug‘ruq yoshidagi ayollar Tug‘ruq yoshidagi ayollar muvofiq kontratseptiv vositalarni ishlatishlari kerak (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang). Homiladorlik

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Davolash: spetsifik antidoti yo‘q, simptomatik davolash o‘tkaziladi. Jigar faoliyatining ko‘rsatgichlarini tahlil qilinadi va zardob KFK darajasini monitoringi o‘tkaziladi. Atorvastatinni plazma oqsillari bilan kuchli bog‘lanishi tufayli, gemodializ, ehtimol, atorvastatinning ahamiyatli klirensiga olib kelmaydi.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 3 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.