Yurak-qon tomir tizimi: surunkali yurak yetishmovchiligining belgilarini rivojlanishi (yomonlashishi) (to‘piqlarni, oyoq panjalarini shishi; hansirash), atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, aritmiya, bradikardiya, arterial bosimini (AB) yaqqol pasayishi, yurak urishi, miokardning qisqaruvchanligini, susayishi, ortostatik gipotenziya, angiospazm ko‘rinishlari (oyoqlarning sovushi, Reyno sindromi), vaskulit, ko‘krakda og‘riq.
Markaziy nerv tizimi: bosh aylanishi, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, reaktsiya tezligini pasayishi, uyquchanlik yoki uyqusizlik, depressiya, gallyutsinatsiyalar, yuqori charchoqlik, bosh og‘rig‘i, bo‘shashish, “dahshatli” tush ko‘rishlar, bezovtalik, ongni chalkashishi yoki qisqa muddatli xotirani yo‘qotish, oyoq-qo‘llarni paresteziyasi (“o‘zgaruvchan” cho‘loqlik va Reyno sindromi), mushaklarni bo‘shashishi, tirishishlar.
Me’da-ichak yo‘llari: og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ichni ketishi, qorin og‘riqlari, qabziyat yoki diareya, ta’mni o‘zgarishi.
Nafas tizimi: dispnoe, bronxospazm, apnoe, burunni bitishi.
Gematologik reaktsiyalar: trombotsitar purpura, anemiya (aplastik), tromboz.
Endokrin tizimi: potentsiyani pasayishi, libidoni pasayishi, giperglikemiya (insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabetli bemorlarda), gipoglikemiya (insulin qabul qilayotgan bemorlarda), gipotireoid holat.
Teri reaktsiyalari: eshakemi, dermatitlar, teri qichishishi, fotosezuvchanlik, ter chiqishini kuchayishi, teri giperemiyasi, psoriazning kechishini zo‘rayishi, qaytuvchi alopetsiya.
Sezgi a’zolari: ko‘rishni buzilishi, ko‘z yoshi suyuqligining sekretsiyasini kamayishi, ko‘zlarni quruqligi va og‘riqliligi, kon’yunktivit.
Homilaga ta’siri: ona qornida o‘sishni susayishi, gipoglikemiya, bradikardiya.
Laboratoriya ko‘rsatgichlari: agranulotsitoz, leykopeniya, “jigar” fermentlarining faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, trombotsitopeniya (odatdagi bo‘lmagan qon ketishlari va qon quyilishlar).
Boshqalar: orqada og‘riq, artralgiya, “bekor qilish” sindromi (taxikardiya, stenokardiya xurujlarini tezlashishi, arterial bosimni oshishi va boshq.).
Nojo‘ya ko‘rinishlarining tez-tezligi preparatning dozasi oshirilganida oshadi.