Asvitol rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: askorbin kislotasi – 200 mg; yordamchi moddalar: saxaroza (qand) – 177,9 mg, aspartam – 3,0 mg, magniy stearati – 3,0 mg, stearin kislotasi – 1,0 mg, talk – 6,7 mg, quyi molekulyar povidon (tibbiy quyi molekulyar polivinilpirrolidon) – 5,7 mg, etiltsellyuloza – 1,3 mg, sariq shafaq bo‘yovchisi – 1,0 mg, apelsin aromatizatori – 0,4 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

askorbin kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Asvitol

Farmakalogik guruhi:

vitamin

Dori shakli:

chaynaladigan tabletkalar

och-sariq rangdan sariq rangligacha bo‘lgan, yassitsilindrik, dog‘lari bo‘lgan, kuchsiz meva hidli tabletkalar.

vitamin

A11GA01

S vitaminini gipo- va avitaminozini oldini olish va davolash. Yordamchi vosita sifatida: gemorragik diatez, burun, bachadon, o‘pka va boshqa a’zolardan qon ketishlari, shu jumladan nur kasalligi chaqirgan qon ketishlar; antikoagulyantlarning dozasini oshirib yuborilishi, sust bituvchi jaroxatlar va sinishlar, distrofiyalar, yuqori jismoniy va aqliy yuklamalar, og‘ir, davomli kasalliklardan keyingi tuzalish davri.

Preparat ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Tabletkani chaynash va katta bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutish kerak. Profilaktika uchun: kattalarga sutkada 200 mg (1 tabletka) dan. Davolash maqsadida: kattalarga 1-2 tabletkadan sutkada 1-2 marta (maksimal davolash dozasi – sutkada 1 g).

Markaziy nerv tizimi tomonidan (MNT): bosh og‘rig‘i, charchoqlik xissi, katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida – MNT yuqori qo‘zg‘aluvchanligi, uyquni buzilishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me’da-ichak yo‘llari shilliq qavatini ta’sirlanishi, ko‘ngil aynishi, diareya, me’dada spazmlar. Endokrin tizimi tomonidan: me’da osti bezi insulyar apparatining faoliyatini susayishi (giperglikemiya, glyukozuriya). Siydik chiqarish tizimi tomonidan: katta dozalarda qo‘llanganida giperoksalaturiya va kaltsiy oksalatidan siydik toshlarini hosil bo‘lishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tromboz, yuqori dozalarda qo‘llanganida arterial bosimni oshishi, mikroangiopatiyalarni rivojlanishi, miokardiodistrofiya. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, kam hollarda – anafilaktik shok Laboratoriya ko‘rsatkichlari: trombotsitoz, giperprotrombinemiya, eritropeniya, neytrofil leykotsitoz, gipokaliyemiya. Boshqalar: gipervitaminoz, qizish xissi, katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida natriyni (Na+) va suyuqlikni tutilishi, rux (Zn2+) va mis (Cu2+) almashinuvini buzilishi. Chaynaladigan tabletkalarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish yoki peroral shakllarini so‘rish, tish emalini shikastlanishini chaqirishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, tromboflebitlar, trombozlarga moyillik, qandli diabet, buyrak-tosh kasalligi, bolalar. Ehtiyotkorlik bilan: Giperoksalaturiya, buyrak yetishmovchiligi, gemoxromatoz, talassemiya, politsitemiya, leykemiya, sideroblast anemiya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, o‘roqsimon xujayrali anemiya, avj olib boruvchi xavfli o‘sma kasalliklari, homiladorlik.

Qonda benzilpenitsillin va tetratsiklinlarning kontsentratsiyasini oshiradi; sutkada 1 g dozada etinilestradiolning biokiraolishligini oshiradi. Ichakda temir preparatlarini so‘rilishini yaxshilaydi (uch valentlik temirni ikki valentlikka o‘tkazadi); deferoksamin bilan bir vaqtda qo‘llanganida temirni chiqarilishini oshirishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasi (ASK), peroral kontratseptivlar, yangi sharbatlar va ishqoriy ichimliklar so‘rilishi va o‘zlashtirilishini pasaytiradi. ASK bilan bir vaqtda qo‘llanganida askorbin kislotasini siydik bilan chiqarilishi oshadi va ASK ni chiqarilishi pasayadi. ASK askorbin kislotasini so‘rilishini taxminan 30% ga pasaytiradi. Salitsilatlar va qisqa ta’sirga ega sulfanilamidlar bilan davolanishda kristalluriyani rivojlanish xavfini oshiradi, buyraklar orqali kislotalarni chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaktsiyaga ega bo‘lgan preparatlarni (shu jumladan alkaloidlarni) chiqarilishini kuchaytiradi, qonda peroral kontratseptivlarning kontsentratsiyasini pasaytiradi. Etanolning umumiy klirensini oshiradi, u o‘z navbatida organizmda askorbin kislotasining kontsentratsiyasini pasaytiradi. Xinolon qatori preparatlari (ftorxinolonlar va boshqalar), kaltsiy xloridi, salitsilatlar, glyukokortikosteroidlar davomli qo‘llanganida askorbin kislotasining zahiralarini kamaytiradilar. Bir vaqtda qo‘llanganida izoprenalinning xronotrop ta’sirini kamaytiradi. Uzoq muddat va katta dozalarda qo‘llanganida disulfiram-etanol o‘zaro ta’sirini buzishi mumkin. Yuqori dozalarda meksiletinni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi. Barbituratlar va primidon askorbin kislotasini siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi. Antipsixotik vositalarning (fenotiazin hosilalarining) terapevtik ta’sirini, amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning naychalar reabsorbtsiyasini kamaytiradi. Geparin, bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini kamaytiradi.

Askorbin kislotasini kortikosteroid gormonlarning sinteziga rag‘batlantiruvchi ta’siri tufayli, buyrak usti bezlarining faoliyati va arterial bosimni kuzatish kerak. Katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida me’da osti bezining insulyar apparatining faoliyati susayishi mumkin, shuning uchun davolash jarayonida  uni muntazam nazorat qilish kerak. Organizmida temir miqdori yuqori bo‘lgan patsiyentlarda askorbin kislotasini minimal dozalarda qo‘llash kerak. Askorbin kislotasini tez proliferatsiyalanuvchi va jadal metastazlanuvchi o‘smalari bo‘lgan patsiyentlarga buyurish, jarayonni kechishini yomonlashtirishi mumkin. Askorbin kislotasi qaytaruvchi sifatida turli laboratoriya testlarining (qonda glyukoza, bilirubinning miqdorini, transaminazalar, LDG faolligini) natijalarini buzishi mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlikning II va III uch oyliklarida askorbin kislotasiga bo‘lgan kundalik minimal ehtiyoj taxminan 60 mg. Emizish davrida kundalik minimal ehtiyoj 80 mg. Askorbin kislotasini adekvat miqdorda saqlovchi onaning parhezi, emizikli bolada S vitaminining tanqisligini oldini olish uchun yetarlidir (emizuvchi onaning askorbin kislotasiga bo‘lgan har oylik ehtiyojning maksimumini oshirish tavsiya qilinmaydi). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Kuniga 1 g dan ortiq qabul qilinganida jig‘ildon qaynashi, diareya, siyishni qiyinlashishi va/yoki siydikni qizil rangga bo‘yalishi, gemoliz (glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda) kuzatilishi mumkin. Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Retseptsiz

Chaynaladigan tabletkalar 200 mg. 10 yoki 20 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 20, 30 yoki 50 tabletkadan polimer bankada. 1, 2 yoki 3 kontur uyali o‘ramlar yoki 1 banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.

3 yil.