Asvikap LIK

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

askorbin kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Asvikap-LIK

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar.

Dori shakli:

ichga qabul kilish uchun tomchilar

och-sariq yoki sariq rangli, nordon-shirin ta’mli tiniq suyuqlik.

vitaminlar.

A11GA01

Peroral qabul qilinganidan so‘ng askorbin kislotasi me’da ichak yullaridan yaxshi so‘riladi. Taxminan 25% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi va albuminlar bilan birikmalar ko‘rinishida tashiladi. Qondan deyarli barcha to‘qimalarga va biologik suyuqlikka (shu jumladan, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va emizikli ayollar sutiga) tez o‘tadi. Sog‘lom insonning qon plazmasida askorbin kislotasining kontsentratsiyasi 0,8-1,5 mg/100 ml ni tashkil kiladi. Leykotsitlar va trombotsitlarda kontsentratsiyasi eritrotsitlar va plazmaga qaraganda yukori. Organizmdagi tanqis xolatlarda leykotsitlardagi kontsentratsiyasi kechroq va sekinroq pasayadi va plazmadagi kontsentratsiyasiga qaraganda, tanqislikni baxolash uchun eng yaxshi mezon sifatida qaraladi. Askorbin kislotasi qaytar oksidlanadi va natijada degidroaskorbin kislotasi xosil bo‘ladi, uning bir qismi metabolizmga uchrab, askorbat-2-sulfatni (nofaol) va shovul kislotasini xosil qiladi va siydik bilan chiqariladi. Askorbin kislotasini chiqarilishi buyrak klirensi bilan-belgilanadi va bu S-vitamini uchun 1,5 mg/100 ml ni tashkil kiladi. Me’yordan ortiq mikdorda qabul qilingan S vitamini tez o‘zgarmagan shaklda siydik bilan chiqariladi

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda yaxshi o‘zlashtiriladi. Katta dozalari uzoq muddat qo‘llanganida quyidagilar paydo bulishi mumkin: shovul kislotasini siydik bilan ko‘p miqdorda chiqarilishi, urat va tsitratlarni kristallanishi, bu siydik chiqarish tizimida buyrak toshlarini hosil bo‘lishi xavfini oshiradi; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan shaxslarda gemoliz chaqirishi mumkin; giperglikemiya, glyukozuriya; dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish); gemorragiyalarga olib kelishi mumkin.

Temir. Askorbin kislotasi ovqat hazm qilish yo‘llaridan, ayniqsa to‘qimalarda uning past zaxirasi bo‘lgan shaxslarda, gemsiz temirni so‘rilishini 2-4 marta oshiradi. Deferroksamin. Organizmida temir miqdori me’yoridan ortiq patsiyentlarda detoksikatsiya va davolashning boshlang‘ich bosqichlarida askorbin kislotasini deferroksamin bilan birga qo‘llash temirning zaharliligini kuchaytirishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasi. Atsetilsalitsil kislotasining katta dozalari askorbin kislotaning biokirishaolishligini susaytiradi. Ye vitamini. Ikkala vitamin xam oksidlanishga qarshi ta’sir sinergizmini namoyon kiladi. Askorbin kislotasi tokoferolni xam in vitro, xam in vivo sharoitida inaktivatsiyasini bartaraf qilib, uni qayta faollashtiradi. Ko-trimoksazol. Askorbin kislotasining katta dozalari ko-trimoksazolning sulfanilamid komponentini kristalluriya xavfini kuchaytirishi mumkin. Kislota va ishqoriy xarakterga ega dori vositalari. Askorbin kislotasining katta dozalari (sutkada 2 g va undan ortiq) siydikni nordonlashtiradi, bu esa kislotali xarakterga ega dorilarni siydik bilan ham chiqarilishiga ta’sir etishi mumkin, demak ularning ta’sirini (masalan nitrofurantonin, salitsilatlar) kuchaytirishi, shuningdek ishqoriy xarakterga ega dorilarni (masalan, antidepressant dorilar, fenotiazin hosilalari), ularni tez chiqarilishi tufayli, ta’sirini kuchsizlantirishi mumkin.

Uning kimyoviy jihatdan qaytaruvchi hususiyatlari tufayli temir va mis saqlovchi preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas. Buyrak tosh kasalligi, giperoksalaturiya yoki buyrak toshlarini (ayniqsa oksalat yoki siydik kislotasi) hosil bo‘lishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlar, shuningdek organizmda temir ortiqcha bo‘lsa, ya’ni gemoxromatoz, o‘roq hujayrali anemiya, talassemiya va temir preparatlari bilan zaharlangan patsiyentlar, giperoksaluriya mavjud bo‘lgan yoki uni hosil bo‘lishiga moyilligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek qaytalanadigan buyrak tosh kasalligi yoki shovul va askorbin kislotasini almashinuvida metabolik nukson bilan kechadigan buyrak yetishmovchiligi bulgan patsiyentlarda, askorbin kislotasini sutkada ko‘pi bilan 100 mg qabul qilish tavsiya qilinadi. Katta dozalarda qabul qilinayotgan askorbin kislotasi oksidlanish-kaytarilish usullari bilan amalga oshiriladigan laboratoriya tadqiqotlarining (masalan, axlatda yashiriy qon borligini tekshiruvi, qonda va siyikda glyukoza va kreatininni kontsentratsiyasini aniqlash) natijalarini o‘zgartirishi mumkin. Homiladorlik va laktatsiya Preparatni homiladorlik davrida qabul kilish mumkin. Homilador ayollarda S vitaminini tavsiya etilgan kunduzgi iste’mol qilinishi (shu jumladan parxezda saqlanadigan doza bilan) 80 mg ni tashkil qiladi. Homilador ayollar tomonidan S vitaminini katta dozalarda qo‘llanishi, S vitaminining katta dozalarining ta’sirida metabolik jarayonlarning induktsiyasi oqibatida, chaqaloqlarda uning yetishmasligi simptomlarini namoyon bo‘lishiga olib keladi. Preparatni emizish davrida ko‘llash mumkin. Emizayotgan ayollar tomonidan S vitaminini tavsiya etilayotgan kunduzgi qabul qilinishi (shu jumladan parxezda saqlanayotgan dozasi bilan) 100 mg ni tashkil qiladi. Ona sutida askorbin kislotasining miqdori 30-55 mg/l ni tashkil qiladi, bu esa, emizilayotgan chaqaloq uchun yetarlidir. Emizikli bolalarda bu birikmaning dozasini oshirib yuborilish xavfi tufayli, S vitaminining katta dozalarini qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Transport vositalarini boshqarish va mexanik moslamalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’siri. Ta’sir etmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishiga oid ma’lumotlar yo‘q. S vitaminining yuqori dozalarini (sutkada 1000 mg=200 tomchidan ortiq) qo‘llanishi nojo‘ya ta’sirlarini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Davolash simptomatik.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun tomchilar 100 mg/ml 10 ml yoki 30 ml dan, ichida tomchilagich va kafolat xalqali buraladigan qopqoqli to‘q shisha flakonlarda. flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.