Astimin 3retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir ml eritma saqlaydi: L-Arginin gidroxloridi – 8,0 mg L- Gistidin gidroxlorid monogidrati – 4,0 mg L-Izoleytsin – 5,5 mg L-Leytsin – 12,3 mg L-Lizin gidroxloridi – 22,3 mg L-Metionin – 7,1 mg L-Fenilalanin – 8,7 mg L-Treonin – 5,4 mg L-Triptofan – 1,8 mg L-Valin – 6,1 mg Glitsin – 10,0 mg Sorbitol – 50,0 mg Inyektsiya uchun suv – q.s.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

aminokislotalar

Preparatning savdo nomi:

Astimin-3

Farmakalogik guruhi:

Parenteral oziqlantirish uchun vosita. Aminokislotalar.

Dori shakli:

inyektsiya/infuziya uchun eritma, 20 ml (ampula), 200 ml (flakonlar)

tiniq va rangsiz eritma.

Parenteral oziqlantirish uchun vosita. Aminokislotalar.

A16AA

Vena ichiga yuboriladigan aminokislotalarning farmakokinetik xarakteristikalari ovqat bilan tushuvchi aminokislotalar kabi bir xil. Ammo ovqat oqsillarining aminokislotalari avval jigarning portal venasiga so‘ngra tizimli aylanib yuruvchi qonga o‘tadi, venaga yuboriluvchi aminokislotalar esa to‘g‘ridan to‘g‘ri aylanib yuruvchi qon tizimiga o‘tadi. Aminokislotalar tomir ichi bo‘shlig‘idan hujayralararo suyuqlikka taqsimlanadi va turli to‘qimalar hujayrasi ichiga o‘tadi. Qon plazmasi va to‘qimalardagi erkin aminokislotalar kontsentratsiyasi bemorning yoshi, ozuqlanish holatiga va klinik holatiga bog‘liq tor doiradagi endogen mexanizmlar bilan boshqariladi. “Astimin-3” sekin yuborilganda aminokislotalarning fiziologik zaxirasini ahamiyatli darajada o‘zgartirmaydi. Infuziya yo‘li orqali yuborilgan aminokislotalarning faqat ko‘p bo‘lmagan qismi buyraklar orqali chiqariladi.

To‘liq yoki qisman parenteral ozuqlanish;Agar peroral yoki enteral ozuqlanishni ilojisi bo‘lmaganda, mumkin bo‘lmaganda yoki yetarlicha bo‘lmaganda oqsil yo‘qotilishini davolash va profilaktikasi;Xush yo‘qotilganda, koma holatida ovqat qabul qilish mumkin bo‘lmaganda;Operatsiyadan oldin va keyingi davrda: operatsiya davridagi turli asoratlar (ko‘p qon yo‘qotish, klinik o‘lim va boshqalar) va operatsiyadan keyingi (yiringli-septik asoratlar, chok yetishmovchiligi, tromboemboliya; o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir jaroxatlar: ko‘p plazmoreyali va yiringlash bilan kuzatiluvchi hamma darajadagi kuyishlar; qizilo‘ngach yoki me’dani zaharli moddalar bilan jarohatlanishi; me’da-ichak yo‘llarining stenozi; diffuz peritonit; osteomiyelit; oqsil-energetik yetishmovchiligi bilan operatsiyadan keyingi O‘SV apparatida uzoq bo‘lgan bemorlarda (tana vaznini normadan kamligi, suyaklarni ko‘p sinishi);Odatiy ozuqlanishni istisno qiluvchi nevrologik va psixik kasalliklar;Yaqqol intoksikatsiya, yuqori isitma, davomiy diareya sindromi, nospetsifik yarali kolit, malabsorbtsiya sindromi holatlari bilan og‘ir kechuvchi infektsion kasalliklar.Nefropatiya, amiloidoz;OITS-infektsiyasi;Transplantatsiya;Og‘ir darajali oqsil-energetik yetishmovchiligining hamma etiologik va klinik shakllari (alimentar, endokrin, psixogen, rakli kaxeksiya va boshqalar).Bosh miya jarohatlari;Jigar tsirrozi.

Parenteral yuborilganda shishlar, mochevinani oshishi va ahamiyatsiz atsidoz kuzatiladi. Noto‘g‘ri yuborilganda isitma paydo bo‘lishi, yuborish joyida yallig‘lanish, flebit va trombozlar, transsudatsiya va gipervolemiya paydo bo‘lishi mumkin. Yuborilganda issiqlik hissi va eritema kabi maxalliy reaktsiyalar kam paydo bo‘ladi. Yuborilgan joyga boshqa dori preparati yuborilganda allergik reaktsiyalar, trombozlar va flebitlar paydo bo‘lishi mumkin. Juda kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘krak sohasida yoqimsiz g‘islar, taxikardiya, qaltirash, issiqlik yoki bosh og‘rishi paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida yuborishni to‘xtatish va tez yordam muolajalarini o‘tkazish kerak.

Aminokislotalar metabolizmini buzilishida, anuriya, buyrak komasi, og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligida, uremiyada. Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Metabolik atsidozda va yurak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan  qo‘llash kerak.

Parenteral ozuqlantirish uchun preparatni antibiotiklar bilan, gormonal preparatlar, gipertenziv vositalar bilan aralashtirish mumkin emas, ularni alohida har xil venaga yoki Y-shaklli konnektor yordamida yuborish kerak. Qon quyish uchun preparat infuziyasini va qon preparatlarini bir sistema orqali o‘tkazish mumkin emas, chunki psevdoagglyutsinatsiya rivojlanishi mumkin. Insulinni aminokislotalar eritmasi bilan aralashtirilganda insulin faolligi pasaymaydi, 20-50 TB insulinni 1000 ml preparat eritmasi bilan aralashmasi 24 soat davomida turg‘un bo‘lib qoladi. Bu vaqt davomida eritma yuzasida insulin kristallari paydo bo‘ladi. Insulinni kam dozasini qo‘llash eritmani turg‘unligiga ta’sir qilmaydi.

Homiladorlik davrida qo‘llanilishi (S xavfi toifasi): homiladorlik davrida qo‘llanilishi xavfsizligi bo‘yicha hayvonlarda va odamlarda maxsus tekshiruvlar o‘tkazilmagan. “Astimin-3” ni homilador ayollarga yuborishdan oldin “xavf-foyda”nisbatini baholash kerak. Emizish davrida qo‘llanishi: Laktatsiya davrida qo‘llashdagi xavfsizligi bщyicha maxsus tekshiruvlari o‘tkazilmagan. “Astimin-3” ni emizikli ayollarga yuborishdan oldin “xavf-foyda”nisbatini baholash kerak. Bolalar: “Astimin -3” ni bolalarda qo‘llanilishi xaqida klinik tekshiruvlar o‘tkazilmagan. Keksa yosh: Buyrak faoliyatini uzluksiz monitoringi, suv va elektrolit balansi nazorati talab qilinadi. Klinik holatiga bog‘liq har bir keksa patsiyentga shaxsiy doza tanlash kerak. Avtotransportni boshqarish reaktsiya tezligiga  va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri: Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: Nojo‘ya reaktsiyalarini kuchayishi. Davolash: Kursni to‘xtatish kerak va simptomatik davolashni boshlash kerak.

Retsept bo‘yicha

Tegishli markirovka bilan ta’minlangan 20 ml dan (shisha ampula) yoki 200 ml dan (shisha flakon). Ampula yoki flakon va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma saqlovchi karton qutida.

2 yil.