Asparkam Farmakretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: magniy asparaginati 40 mg (3,37 mg magniy), kaliy asparaginati 45,2 mg (10,33 mg kaliy); Yordamchi moddalar: sorbit (Ye 420), inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Asparkam-Farmak

Farmakalogik guruhi:

mineral preparatlar. mikroelementlar

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish tusli eritma

mineral preparatlar. mikroelementlar

A12SS30.

O‘rganilmagan.

Surunkali yurak kasalliklarida (yurak yetishmovchiligida, miokard infarktidan keyinga davrda), yurak ritmini buzilishlarida, eng avvalo yurak qorinchalari aritmiyalarida qo‘shimcha davolash uchun. Yurak glikozidlari bilan davolashda qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.

Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Asparkam-Farmak®  kattalarga 10-20 ml dan vena ichiga asta-sekin tomchilab yuboriladi (ampula ichidagisi 0,9% li natriy xloridi yoki 5% li glyukozaning steril eritmasining 50-100 ml da suyultirish kerak). Zarurati bo‘lganida 4-6 soatdan keyin takror yuborish mumkin. Preparat majmuaviy davolash uchun yaroqlidir. Davolash kursini shifokor belgilaydi.

Preparatni tez yuborilganda giperkaliyemiya yoki gipermagniyemiya simptomlari namoyon bo‘lishi mumkin.

Preparatning ta’sir etuvchi moddalariga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik. O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, Addison kasalligi, II-III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok (sistolik aretrial bosim <90 mm.sim.ust.), bolalar.

Asparkam-Farmak®  preparatini kaliyni tejovchi diuretiklar yoki AAF (angiotenzinga aylantiruvchi ferment) ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi oshadi (qon plazmasida kaliyning miqdorini nazorat qilish kerak). Asparkam-Farmak® yurak glikozidlariga sezuvchanlikni pasaytiradi. Nomutanosiblik. Preparatni “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida keltirilgan erituvchilardan tashqari, boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Tez yuborish yuzni giperemiyasini chaqirishi mumkin. Asparkam-Farmak® ni, kaliy va magniy saqlovchi preparat sifatida, miasteniya gravis bilan xastalangan patsiyentlarda; o‘tkir degidratatsiya, to‘qimalarni tarqalgan shikastlanishi, xususan og‘ir kuyishlar kabi giperkaliyemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday toifa patsiyentlarda qon zardobida elektrolitlar darajasini muntazam tekshirib turish tavsiya etilgan. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni bu toifa patsiyentlarda qo‘llanganda biron-bir xavfni yuz berganligi to‘g‘risida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan. Preparatni faqat ayol uchun kutilayotgan foyda, homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Bolalar. Bolalarda preparatni qo‘llash tajribasi yetarli emas, shuning uchun Asparkam-Farmak® ni bu toifa patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish xususiyati. Transportni boshqarishga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda saqlansin.

Preparatni oqim bilan tez yuborilganda yoki preparatni terapevtik dozadan ancha yuqori dozalarda yuborilganda giperkaliyemiya va gipermagniyemiya rivojlanadi. Giperkaliyemiya simptomlari: umumiy holsizlik, paresteziyalar, miokard o‘tkazuvchanligini buzilishi, falaj, bradikardiya. Plazmada kaliyning juda yuqori kontsentratsiyasi yurak faoliyatini susayishi, aritmiya yoki yurakni to‘xtab qolishi natijasida o‘limga olib kelishi mumkin. Gipermagniyemiya simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, uyquchanlik, gipotenziya, holsizlik, noaniq nutq, ikkita ko‘rish, dezoriyentatsiya, bosh aylanishi, bradikardiya. Plazmada magniyning kontsentratsiyasi juda yuqori bo‘lganida giporefleksiya, nerv-mushak blokadasi, nafasni susayishi va yurakni to‘xtab qolishi rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda kaltsiy glyukonati yoki kaltsiy xloridining 10% li eritmasini 10- 40 ml (dozani oshirib yuborilishining og‘irlik darajasiga qarab) yuborish, nafas va gemodinamikani tutib turishga qaratilgan chora-tadbirlarni, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Og‘ir zaharlanishlarda sanab o‘tilgan choralarning samaradorligi samarasiz bo‘lganida gemodializni o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha

5 ml yoki 10 ml, yoki 20 ml dan ampulalarda. 10 ampuladan qutida.

2 yil.