Asparaginaza bilan davolash fonida quyidagi hayotga xavf soluvchi asoratlar paydo bo‘lishi mumkin: anafilaksiya; insulin bilan davolashga beriluvchi giperglikemik holatlar; qon ketishlarni rivojlanish xavfini kamaytirish uchun yangi muzlatilgan plazmani qo‘llash bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishni talab qiluvchi qon ivishini buzilishlari.
Tavsiya qilingan nazoratli tekshirishlar va ehtiyotkorlik choralari Davolashni boshlashdan oldin buyraklar faoliyatini tekshirish va qonda elektrolitlar, transaminazalar, glyukoza va oqsilning kontsentratsiyasini aniqlash kerak.
Asparaginaza bilan davolash boshlanganidan keyin qonning shakliy elementlarini sanash, elektrolitlar, siydik bilan chiqariladigan moddalar, qon va siydikda glyukozaning kontsentratsiyasi, gemostaz parametrlari (qisman faollashtirilgan tromboplastin vaqti (QFTV-ACHTV), protrombin vaqti, antitrombin va D-dimerning kontsentratsiyasi), qondagi amilaza va lipaza, ishqoriy fosfataza, bilirubin, ammiak, triglitseridlar, xolesterin miqdorini, zarurati bo‘lganida – juda past zichlikdagi lipoproteidlar (JPZLP) va past zichlikdagi lipoproteidlar (PZLP) ning kontsentratsiyasini davolash boshlangan paytdan ushbu ko‘rsatkichlar to‘liq normallashgunigacha nazorat qilish bilan qon taxlilini o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Qonning shakliy elementlarni nazorat qilish va fizikal tekshirishlar davolash tugaganidan keyingi birinchi yil davomida har 4 haftada, 2- va 3- yillar davomida har chorakda, so‘ngra har yarim yilda bajarilishi kerak.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini rivojlanish xavfi preparatning yuborilgan dozalari oshgan sayin oshadi.
Biroq, kam hollarda allergik reaktsiyalar asparaginaza birinchi marta yuborilganida paydo bo‘lishi mumkin.
Ayrim patsiyentlarda asparaginazaga qarshi, uning ta’sirini neytrallovchi antitelolarni hosil bo‘lishi, o‘ta yuqori sezuvchanlikning klinik ko‘rinishlarisiz kechishi mumkin.
Shunday bo‘lsada, bunday antitelolarning borligi asparaginazani jadal faolsizlanishiga va organizmdan tez chiqarilishiga olib kelishi mumkin (asparaginaza “asta inaktivatsiyasi”).
O‘ta yuqori sezuvchanlikni yoki “asta inaktivatsiya” oqibatida davolashning samaradorligini pasayishini aniqlash uchun davolash paytida vaqti-vaqti bilan qonda asparaginazaning kontsentratsiyasini, masalan, MAAT (medac Asparaginase Activity Test) test-tizimi yordamida aniqlashni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Davolashni boshlashdan oldin o‘tkazilgan teri ichki testlarining manfiy natijalari anafilaktik reaktsiyalarni rivojlanish ehtimolini inkor qilmaydi.
Kasallikni klinik kechishiga qarab, qo‘shimcha tekshirishlar talab qilinishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar Asparaginaza medak bilan davolash vaqtida allergik reaktsiyalarning simptomlari rivojlangan hollarda preparat bilan davolashni darhol to‘xtatish kerak.
Rivojlangan allergik reaktsiyalarning og‘irligiga qarab, tegishli davolash choralari: antigistamin preparatlar, glyukokortikosteroidlar va agarda zarurati bo‘lsa, gemodinamikani barqarorlashtiruvchi preparatlarni yuborishni o‘tkazish kerak.
Ko‘pchilik hollarda davolash asparaginazaning boshqa preparatiga o‘tish yo‘li bilan davom ettirilishi mumkin.
Gemopoezga ta’siri Asparaginaza gemopoezning barcha uchta o‘zagining yengildan o‘rtacha og‘irlik darajasigacha bo‘lgan miyelosupressiyasini chaqirishi mumkin; umuman olganda bu o‘tkazilayotgan davolash uchun hech qanday klinik ahamiyatga ega emas.
Qon ivishini buzilishlari Trombozlarning xavfi davolash tugaganidan keyin vaqt o‘tishi bilan oshadi.
Qon ivish tizimidagi yuqorida ko‘rsatilgan buzilishlarning sababi, asparaginazadan tashqari, boshqa miyelosupressiv preparatlar bilan yo‘ldosh davolash, shuningdek kasallikning o‘zi bo‘lishi mumkinligini nazarda tutish lozim..
Trombozlarning yuqori xavfi qon ivishining V omilini mutatsiyasi, faollashgan S proteinga rezistentlik yoki qon zardobida S protein, antitrombin III yoki S proteinning kontsentratsiyasi past bo‘lgan bolalarda ta’riflangan.
Bunday bemorlarda markaziy venoz kateterlarni ishlatishdan iloji boricha saqlansh kerak, chunki bu mavjud bo‘lgan tromboembolik asoratlarning xavfini oshirishi mumkin.
O‘tkir limfoblast leykozi bo‘lgan bemorlarda induktsion davolashni o‘tkazishda, venoz kateterni iloji boricha, asparaginaza bilan davolash tugaganidan keyin qo‘yish lozim.
Qon ivishi ko‘rsatkichlarini laboratoriya nazoratini o‘tkazishda qon ivish tizimi va fibrinolizni buzilish belgilari, masalan, fibrinogen, qon ivishining IX, XI omillari, antitrombina III, S proteini va plazminogenning kontsentratsiyasini pasayishi, shuningdek Villebrand omilini, 1 tur aktivatorining ingibitori, protrombinning 1 va 2 fragmentlarini, fibrinogenni parchalanishi oqibatidagi mahsulotlarning (D-dimerlarning) kontsentratsiyasini oshishi aniqlanishi mumkin.
Fibrinogen pro- va antikoagulyatsion tizimning nazorat ko‘rsatkichi sifatida qaralishi mumkin.
Fibrinogen va antitrombina III ning kontsentratsiyasi ancha pasayganida selektiv o‘rinbosar davolashni o‘tkazish zaruratini baholash lozim.
Antitrombin III, 100% doza minus foizlarda o‘lchangan qon zardobidagi joriy kontsentratsiya, tana vaznini kg larda ko‘rsatkichiga ko‘paytirilgan dozada infuziya ko‘rinishida buyuriladi.
Fibrinogen yangi muzlatilgan plazma ko‘rinishida tana vazniga 10-15 ml/kg dozada yuboriladi.
Trombotsitopeniya va sepsis qon ketishlari xavfini oshiradi.
Nerv tizimiga ta’siri Kam hollarda qaytuvchi leykoentsefalopatik sindrom rivojlanishi mumkin.
Leykoentsefalopatik sindromning simptomlari asosan arterial bosimni oshishi, tirishishlar, bosh og‘rig‘i, ruhiy holatni buzilishi va ko‘rishni o‘tkir buzilishi (asosan po‘stloq qismiga bog‘liq ko‘rlik yoki traktus gemianopiyasi) ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Leykoentsefalopatik sindromni davolash simptomatik ravishda o‘tkaziladi.
Bunday hollarda asosiy choralar antigipertenziv davolash va tutqanoqqa qarshi preparatlar yordamida tirishishlarni bartaraf qilish hisoblanadi.
Shuningdek immunosupressiv davolashni to‘xtatish yoki dozani pasaytirish tavsiya qilinadi.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Me’da osti bezining soxta tsistalarini (davolash tugaganidan keyin 4 oygacha bo‘lgan vaqt davomida) hosil bo‘lishi to‘g‘risida alohida xabarlar bor.
Shu sababli patsiyentlarga asparaginazani oxirgi marta yuborishdan keyin 4 oy davomida tegishli tekshiruvlarni (masalan, ultratovush tekshiruvlari – UTT) o‘tkazish lozim.
Soxta tsistalarni hosil bo‘lishining aniq patogenezi noma’lum bo‘lganligi tufayli, bunday hollarda faqat simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Adabiyotlarda asparaginazani yuborilish to‘xtatilganidan keyin, pankreatit bilan bog‘liq bo‘lmagan parotitni rivojlanishining 2 holati to‘g‘risida xabar berilgan, parotit simptomlari bir necha kun davomida tuzalib ketgan.
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar Me’da osti bezining endokrin faoliyatini ko‘p kuzatiladigan o‘zgarishlari asosan glyukozaning metabolizmini buzilish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Bunda, odatda insulin preparatlari bilan davolash mumkin bo‘lgan diabetik ketoatsidoz ham, giperosmolyar giperglikemiya ham rivojlanishi mumkin.
Giperglikemiyani rivojlanish omillariga 10 yoshdan katta yosh, oriqcha tana vazni, Daun sindromi kiradi.
Me’da osti bezining ekzokrin faoliyatini buzilishi diareyani chaqirishi mumkin.
Metabolizm buzilishlari Zardobda lipidlarning kontsentratsiyasini o‘zgarishi glyukokortikoidlarni yo‘ldosh buyurilishi bilan chaqirilishi mumkin.
Ushbu ko‘rsatkichlar ancha oshganida (masalan, triglitseridlarning kontsentratsiyasi >2000 mg/dl bo‘lganida) pankreatitni rivojlanish xavfi oshishi tufayli sinchkov monitoring o‘tkazish tavsiya qilinadi.