Askofen Darnitsa rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Askofen-Darnitsa

Farmakalogik guruhi:

Analgetiklar va antipiretiklar. Atsetilsalitsil kislotasining. psixoleptiklarsiz majmuasi.

Dori shakli:

tabletkalar. Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 200 mg atsetilsalitsil kislotasi, 200 mg paratsetamol; 40 mg kofein; yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon, kaltsiy stearati.

oq rangli, yassi tsilindrik shaklli, faskali va riskali tabletkalar. Tabletkalarning yuzasi marmarsimon bo‘lishi mumkin.

Analgetiklar va antipiretiklar. Atsetilsalitsil kislotasining. psixoleptiklarsiz majmuasi.

N02BA51.

Yengil va o‘rtacha darajadagi bosh og‘rig‘i yoki tish og‘rig‘i, nevralgiyalar, mialgiyalar, artralgiyalar, birlamchi dismenoreyada og‘riq-sindromini davolash uchun; shuningdek isitma bilan kechuvchi kasalliklarda isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Preparat kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Preparatning maksimal sutkalik dozasi 6 tabletkani tashkil etadi (3 marta qabul qilinadi). Davolanish kursining davomiyligi kasallikni kechishi va og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan va isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak urishini xis etish, arterial gipertenziya. Qon va limfa tizimi tomonidan: anemiya, sulfatgemoglobinemiya va metgemoglobinemiya (tsianoz, hansirash, yurak sohasida og‘riq), gemolitik anemiya, trombotsitlarga antiagregant ta’sir qilishi oqibatida atsetilsalitsil kislotasi qon ketishlari xavfini oshirishi mumkin. Intraoperatsion gemorragiyalar, gematomalar, siydik jinsiy tizimi a’zolari tomonidan qon ketishlari, burundan qon ketishlar, milklardan qon ketishi, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar va bosh miya gemorragiyalari kabi qon ketishlari kuzatilgan. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, paresteziyalar, qo‘rquv xissi, bezovtalik, qo‘zg‘alish, jizzakilik, uyquni buzilishi, uyqusizlik, xavotirlik, umumiy holsizlik, quloqlarni shang‘illashi. Ovqat-hazm qilish yo‘llari tomonidan: dispeptik buzilishlar, shu jumladan ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda diskomfort va og‘riq, jig‘ildon qaynashi abdominal og‘riq, me’da ichak yo‘llarini yallig‘lanishi, me’da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlari, ular yagona hollarda muvofiq laborator va klinik ko‘rinishlar bilan kechuvchi me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari va perforatsiyani chaqirishi mumkin. Teri va teri osti yog‘ to‘qimasi tomonidan: terini qichishishi, teri va shilliq qavatlarda toshmalar, shu jumladan eritematoz toshmalar, eshakemi, angionevrotik shish, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz. Endokrin tizimi tomonidan: xatto gipoglikemik komaga qadar rivojlanishi mumkin bo‘lgan gipoglikemya. Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaksiya, anafilaktik shok, rinit, burun bitishi. Gepatobiliar tizimi tomonidan: jigar fermentlari faoliyatini oshishi, odatda sariqlik rivojlanmaydi, gepatonekroz (dozaga bog‘liq samarasi). Boshqalar: qon ketishlari, asteniya, terini ocharishi (rangparligi), giperperfuziya kabi klinik simptomlar va laborator o‘zgarishlar bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali postgemorragik anemiya/temir tanqisligi anemiyasiga (yashirin mikro qon ketishi oqibatida) olib kelishi mumkin, nokardiogen o‘pka shishi bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga ksantinlarning boshqa hosilalariga (teofillin, teobromin) boshqa salitsilatlarga yuqori sezuvchanlik, anamnezida salitsilatlar va boshqa NYAQV ni qabul qilish oqibatida yuz bergan bronxial astma; tug‘ma giperbilirubinemiya, glyukoza-6-fosfatdegidrogenazani tug‘ma yetishmovchiligi, qon kasalliklari, leykopeniya, anemiya, o‘tkir me’da ichak yaralari, gemorragik diatez, og‘ir buyrak yetishmovchiligi, og‘ir jigar yetishmovchiligi, og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan yurak ritmini buzilishi, yurak ishemik kasalligining og‘ir shaklli, og‘ir yurak yetishmovchiligi, yaqqol arterial gipertenziya; yuqori qo‘zg‘aluvchanlik holati, uyquni buzilishi, keksalik yoshi, glaukoma, alkogolizmda qo‘llash mumkin emas. MAO ingibitorlari qo‘llanganida, shuningdek ularni qo‘llash to‘xtatilgandan so‘ng 2 hafta davomida qo‘llash mumkin emas. Metotreksatning haftada 15 mg yoki undan ortiq dozasi bilan majmuada qo‘llash mumkin emas.

Metotreksat – haftada 15 mg va undan ortiq dozada salitsilatlar bilan majmuada qo‘llanganida yallig‘lanishga qarshi agentlari tomonidan metotreksatning buyrak klirensini pasayishi va uni plazma proteinlari bilan bog‘langan joydan siqib chiqarilishi oqibatida metotreksatning gematologik toksikligi oshadi, shuning uchun bunday majmuada qo‘llash mumkin emas. MAO ingibitorlari – kofein bilan majmuada qo‘llanganida arterial bosim xavfli oshishi mumkin, shuning uchun bunday majmuani qo‘llash mumkin emas.

Preparat homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilmasin.

Preparat homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilmasin.

Original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Paratsetamolning dozasini oshirib yuborilishi simptomlari. Paratsetamolni 10 g va undan ortiq dozada qabul qilgan kattalarda va preparatni 1 kg tana vazniga 150 mg dan ortiq dozada qabul qilgan bolalarda jigar shikastlanishi mumkin. Jigarni shikastlanishi preparatning ortiqcha dozalari qabul qilingandan so‘ng 12-48 soatdan keyin namoyon bo‘lishi mumkin. Birinchi 24 soat davomida quyidagi simptomlar yuz berishi mumkin: teri qoplamlarini ocharishi (rangparlik), ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, abdominal og‘riq, gepatonekroz, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, protrombin indeksini oshishi. Og‘ir darajadagi zaharlanishda jigar yetishmovchiligi entsefalopatiyaga, komaga va o‘limga olib kelishi mumkin. Buyrak naychalarini o‘tkir nekrozi bilan kechuvchi o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, hatto buyrakni og‘ir darajadagi shikastlanishi bo‘lmasa ham rivojlanishi mumkin. Glyukozaning metabolizmini buzilishi va metabolik atsidoz rivojlanishi mumkin. Shuningdek yurak aritmiyasi aniqlangan. Preparatning yuqori dozalari uzoq muddat qo‘llanganida aplastik anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, neytropeniya, leykopeniya rivojlanishi mumkin. Atsetilsalitsil kislotasining dozasini oshirib yuborilishi simptomlari. Salitsilatlarning dozasini oshirib yuborilishi uzoq muddat davolanish natijasida rivojlangan surunkali intoksikatsiya (sutkada 100 mg/kg dan ortiq dozada 2 kundan ko‘p qo‘llash toksik samaralarni chaqirishi mumkin) oqibatida, shuningdek preparatni bolalar tomonidan bexosdan qabul qilish yoki dozani kutilmagan oshirib yuborilishi oqibatida, hayotga xavf tug‘diruvchi o‘tkir intoksikatsiya tufayli rivojlanishi mumkin. Salitsilatlar bilan surunkali zaxarlanish yashirin xarakterga ega bo‘lishi mumkin, chunki uning belgilari spetsifik emas. Salitsilatlar keltirib chiqargan o‘rtacha darajadagi surunkali zaharlanish yoki salitsilizm, odatda preparatning katta dozalarini takroran qabul qilingandan so‘nggina kuzatiladi. Asosiy simptomlari: muvozanatni buzilishi, bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, karlik, kuchli terlash, ko‘ngil aynishi va qusish, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlarni dozani kamaytirish bilan nazorat qilish mumkin. Quloqni shang‘illashi qon plazmasida salitsilatlarning kontsentratsiyasi 150-300 mkg/ml dan oshganida kuzatilishi mumkin. Yanada jiddiyroq nojo‘ya reaktsiyalar qon plazmasida salitsilatlarning kontsentratsiyasi 300 mkg/ml dan yuqori bo‘lganida kuzatiladi. Kislota ishqor muvozonatini yaqqol o‘zgarishi o‘tkir zaharlanishdan dalolat beradi, uni zaharlanishning darajasi va patsiyentning yoshiga qarab farqlanishi mumkin. Holatining og‘irlik darajasi faqat plazmadagi salitsilatlarning kontsentratsiyasi asosida aniqlanishi mumkin emas. Kofeinning dozasini, oshirib yuborilishi simptomlari Kofeinning katta dozalari epigastral soxada og‘riq, qusish, diurez, nafasni tezlashishi, ekstrasistoliya, taxikardiya yoki yurak aritmiyasini chaqirishi, markaziy nerv tizimiga ta’sir qilishi (bosh aylanishi, uyqusizlik, nerv qo‘zg‘aluvchanligi, ta’sirchanlik, affekt xolati, xavotirlik, tremor, tirishishlar yuz berishi) mumkin. Davolash. Dozasi oshirib yuborilganida, xatto dozani oshirib yuborilishi simptomlari bo‘lmasa ham tez tibbiy yordam ko‘rsatish kerak. Metioninni peroral yoki atsetiltsisteinni vena ichiga buyurish dozasi oshirib yuborilganidan so‘ng 48 soat davomida ijobiy samara berishi mumkin. Shuningdek umumiy bir maromda saqlab turuvchi davolash, simptomatik davolash choralarini qo‘llash: jumladan kardotoksik samaralarni bartaraf qilishi mumkin bo‘lgan adrenoretseptorlarning antagonistlarini qo‘llash kerak.

Retseptsiz

6 yoki 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda; 1 kontur uyali o‘ramdan qutida.

3 yil.