Artishoka ekstrakt Zdorovye rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: quruq moddaga qayta hisoblanganda 100 mg yoki 300 mg artishokning yangi o‘tidan (ekstragent – tozalangan suv) quyuq ekstrakti (7,5:1); Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati, krospovidon; kapsula qobig‘i titan dioksidi (Ye 171), sariq shafaq FCF (Ye 110), jelatin (100 mg li doza) yoki titan dioksidi (Ye 171), temir (III) oksidi (Ye 172), temir (II, III) oksidi (Ye 172), jelatin (300 mg li doza) saqlaydi.

Preparatning savdo nomi:

Artishoka ekstrakt-Zdorovye

Farmakalogik guruhi:

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llarining kasalliklarida qo‘llanadigan vositalar. Biliar patologiyada qo‘llanadigan vositalar.

Dori shakli:

kapsulalar.

to‘q sariq rangli qopqoqcha va korpusli () yoki to‘q sariq-jigarrangdan jigarranggacha rangli () qattiq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – kul rang tusli och-jigarrangdan kul rang tusli to‘q jigarrang rangligacha bo‘lgan mayda granulalangan kukun. Oq rangli kiritmalar, kukun va kukun zarrachalarining agregatlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llarining kasalliklarida qo‘llanadigan vositalar. Biliar patologiyada qo‘llanadigan vositalar.

A05A X.

O‘t yo‘llarining gipotonik-gipokinetik tur diskineziyasi, surunkali toshsiz xolestsistit, turli etiologiyali surunkali gepatit, surunkali buyrak yetishmovchiligi, surunkali intoksikatsiyalar (gepatotoksik moddalar, nitrobirikmalar, alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari bilan), dispeptik buzilishlar (epigastriyada og‘irlik, meteorizm, ko‘ngil aynishi, kekirish) da qo‘llanadi.

Doza va qo‘llash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasiga qarab shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi. Ovqatdan 15-30 minut oldin qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 200-300 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 100 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Davolashni 1-2 oylik tanaffusdan keyin shifokor bilan kelishilgan holda takrorlash mumkin.

Preparat yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida diareya, qorinning yuqori qismida og‘riq, ko‘ngil aynishi va jig‘ildon qaynashi, allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Har qanday odatdagi bo‘lmagan reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokor bilan albatta maslahatlashing.

Preparatning komponentlariga/murakkab guldoshlar oilasiga mansub boshqa o‘simliklarga yuqori sezuvchanlik, o‘t yo‘llarining yoki siydik chiqarish yo‘llarini tutilishi, o‘t qopini yiringlashi (empiyema), o‘t-tosh kasalligi, o‘tkir gepatit, og‘ir jigar yetishmovchiligi, buyrakning o‘tkir kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Agar Siz qanday biron-bir boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta preparatni qo‘llash mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashing! Preparat kumarin turidagi antikoagulyantlarning (fenprokumon, varfarin) ta’sirini susaytirishi mumkin, bu antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritishni talab qiladi. Preparat gipoazotemik va gipoxolesterinemik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipoazotemik va gipoxolesterinemik samaralar kuchayishi mumkin.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilish hollari ta’riflanmagan. Preparatning nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, me’dani yuvish, simptomatik davolash. Spetsifik antidoti yo‘q.

Retseptsiz

Kapsulalar 100 mg dan №10x2, №10x6 blisterlar qutida yoki 300 mg dan №10x3, №10x6 blisterlar qutida.

3 yil (100 mg li doza), 2 yil (300 mg li doza).