Etorikoksibni qo‘llash xavfsizligi 9295 ishtirokchini, shu jumladan OA, RA va beldagi surunkali og‘riq bo‘lgan 5774 patsiyent (OA va RA bo‘lgan taxminan 600 patsiyentlar 1 yil davomida yoki ko‘proq davo olganlar) o‘z ichiga olgan klinik tadqiqotlarda baholangan.
Klinik tadqiqotlarda nojo‘ya reaktsiyalarining profili 1 yil davomida yoki ko‘proq vaqt davomida etorikoksib qabul qilgan OA va RA bo‘lgan patsiyentlarda bir xil bo‘lgan.
Klinik tadqiqotlarda o‘tkir podagrik artriti bo‘lgan patsiyentlar 8 kun davomida sutkada 120 mg dozada etorikoksib olganlar.
Ushbu tadqiqotdagi nojo‘ya reaktsiyalarning profili, umuman olganda, OA, RA va beldagi surunkali og‘riqlar bo‘yicha birlashtirilgan tadqiqotlardagidek bo‘lgan.
3 faol nazorat qilinuvchi tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olgan yurak-qon tomirlari tizimi uchun xavfsizlik dasturida OA yoki RA bo‘lgan 17 412 nafar patsiyent o‘rtacha 18 oy davomida etorikoksib (60 mg yoki 90 mg) bilan davolanganlar.
Stomatologik operatsiyani o‘tkazish bilan bog‘liq operatsiyadan keyingi o‘tkir og‘riqni o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlarda 612 patsiyent ARKOKSIA (90 mg yoki 120 mg) preparati bilan davolanganlar va nojo‘ya reaktsiyalar profili, umuman OA, RA va beldagi surunkali og‘riqni birgalikda o‘rganilgan tadqiqotlardagi profilga o‘xshash bo‘lgan.
OA, RA, beldagi surunkali og‘riq yoki AS bilan og‘rigan, 12 hafta davomida etorikoksibni 30 mg, 60 mg yoki 90 mg dozada patsiyentlar ishtirok etgan tadqiqotlarda, o‘tkir og‘riqni qisqa muddatli o‘rganish yuzasidan MEDAL dasturi tadqiqotlarida, shuningdek postmarketing davri davomida platseboga nisbatan, preparat qo‘llanilganda ko‘proq uchragan quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar to‘g‘risida xabar berilgan.
Chastota quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi).
Infektsiyalar va invaziyalar: tez-tez – alveolyar ostit; tez-tez emas – gastroenterit, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari, siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari.
Qon tizimi va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – anemiya (asosan me’da-ichakdan qon ketishi natijasida), leykopeniya, trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik – reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan shok.
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan buzilishlar: tez-tez – shishlar/suyuqlikni tutilishi; tez-tez emas – ishtahani pasayishi yoki kuchayishi, tana vaznini oshishi.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar: kam hollarda – xavotirlik, depressiya, aqliy faoliyatni yomonlashishi; juda kam hollarda – idrokni xiralashishi, gallyutsinatsiyalar; noma’lum – xavotirlik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – disgevziya, uyqusizlik, paresteziya/gipesteziya, uyquchanlik.
Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – ko‘rishni noaniqligi, kon’yunktivit.
Eshitish a’zolari va labirint tomonidan buzilishlar: kam hollarda – quloqda jaranglash, vertigo.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez – palpitatsiya; kam hollarda – yurak bo‘lmachasi fibrillyatsiyasi, dimlangan yurak yetishmovchigi, EKG da nospetsifik o‘zgarishlar, stenokardiya, miokard infarkti*; noma’lum – taxikardiya, aritmiya.
Tomir tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – gipertenziya; kam hollarda – qon quyilishlari, insult*, miyadagi qon aylanishining tranzitorlik ishemik buzilishlari; juda kamdan-kam – gipertonik kriz.
*platsebo – va faol nazorat qilinuvchi uzoq davom etgan klinik tadqiqotlar tahlilidan shunday xulosa qilish mumkinki, TsOG-2 selektiv ingibitorlari qo‘llanilganda jiddiy arterial trombozlar, jumladan miokard infarkti va insultni vujudga kelishining orttirilgan xavfi mavjud bo‘ladi.
Mavjud bo‘lgan ma’lumotlardan kelib chiqib, bunday holatlarni absolyut yuz berish xavfini yiliga 1% dan oshishi (kamroq) ehtimoli kam.
Respirator tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – yo‘tal, dispnoe, burundan qon ketishi; juda kam hollarda – bronxospazm.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – gastrointestinal buzilishlar (abdominal og‘riq, meteorizm, jig‘ildon qaynashi kabi), diareya, dispepsiya, epigastral sohadagi diskomfortni his etish, ko‘ngil aynishi; tez-tez emas – qorin dam bo‘lishi, kislotali reflyuks, ichak peristaltikasi xususiyatini o‘zgarishi, qabziyat, og‘iz qurishi, gastroduodenal yaralar, ta’sirlangan ichak sindromi, ezofagit, og‘iz bo‘shlig‘idagi yaralar, qusish, gastrit; juda kam hollarda – peptik yaralar, shu jumladan gastrointestinal perforatsiya va qon ketishi (ko‘pincha keksa yoshlarda); tez-tezligi noma’lum – pankreatit.
Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar: tez-tez – AST darajasini oshishi, ALT darajasini oshishi; juda kam hollarda – gepatit; tez-tezligi noma’lum – sariqlik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: tez-tez – ekximoz; tez-tez emas – yuz shishishi, qichishish, toshma; kam hollarda – eritema; juda kam hollarda – eshakemi, Stivens–Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz; noma’lum – turg‘un dori eritemasi.
Skelet-mushak tizimi, birishtiruvchi to‘qima va suyaklar tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – mushak spazmlari/tortishishlari, suyak-mushak og‘rig‘i/qotib qolishi.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – proteinuriya, qon zardobida kreatinin darajasini oshishi; juda kam hollarda – buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi.
Umumiy holatni va dori vositasini qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlari: tez-tez – asteniya/lohaslik, grippga o‘xshash simptomlar; tez-tez emas – ko‘krak qafasidagi og‘riq.
Tadqiqotlar: tez-tez emas – qonda azot mochevina darajasini oshishi, kreatinfosfokinaza darajasini oshishi, giperkaliyemiya, siydik kislotasi darajasini oshishi; kam hollarda – qondagi natriy darajasini kamayishi.
NYAQP qo‘llanilgandagi quyidagi jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar to‘g‘risida xabar qilingan, shuning uchun etorikoksib qo‘llanilganda ularni yuz berishini inkor qilish mumkin emas: nefrotoksiklik, shu jumladan nefrit va nefrotik sindrom; gepatotoksiklik, shu jumladan jigar yetishmovchiligi.