Ardeysedon Naxt rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 200 mg valeriana ildizining quruq ekstrakti (4­7:1 nisbatda), 68 mg qulmoq g‘uddasining quruq ekstrakti (4­8:1 nisbatda), yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, glyukoza siropi, kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall tsellyuloza, tsellyuloza kukuni, natriy karboksimetil kraxmali (A turi), stearin kislotasi,  magniy stearati, qobig‘ining tarkibi: eudragit Ye100, saxaroza, talk, kaltsiy karbonat, gummiarabik, tragakant, titan dioksidi (Ye171), poli (O­atsetil) kraxmali, montanglikol mumi.

Preparatning savdo nomi:

Ardeysedon Naxt

Farmakalogik guruhi:

uxlatuvchi vosita.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

qandli qobiq bilan qoplangan, jigarrang-och sariq yadroli va o‘ziga xos valeriana hidli, oq, dumaloq, yaltiroq tabletkalar.

uxlatuvchi vosita.

N05SM

Ardeysedon® Naxtning ta’siri dorivor o‘simliklarning – valeriana va qulmoq komponentlarining birgalikdagi ta’siri hisoblanadi, shuning uchun farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazishning iloji yo‘q.

uyquni buzilishidayuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlikdaxavotirlikda qo‘llaniladi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik va xavotirlik holatini davolashda ­ 1 tabletkadan kuniga 3 martagacha qabul qilinadi;uyqusizlikda ­ 1 tabletkadan uyqudan ½ ­1 soat oldin; zarur bo‘lganida qo‘shimcha yana 1 tabletkani oldinroq kechki paytda qabul qilish mumkin. Tabletkalarni chaynamasdan va yetarli miqdordagi suyuqlik (1 stakan ichimlik suvi bo‘lsa maqsadga muvofiq) bilan qabul qilinsin. Maksimal sutkalik doza 3 tabletkani tashkil qiladi. Davolash kursi ­ 2­4 hafta. Zarur bo‘lganida takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.

Juda kam hollarda terining allergik reaktsiyalariuyquchanlikumumiy holsizlik. Nojo‘ya ta’siri yo‘q bo‘lishi uchun preparatni qabul qilishni to‘xtatishni o‘zi kifoya. Ushbu yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;bolalar va 12 yoshgacha o‘smirlar;homiladorlik va laktatsiya davri.

Markaziy nerv tizimi (MNT) ni susaytiruvchi dori vositalari (shuningdek ­ sedativ va uxlatuvchi) bilan birga qo‘llaganda oxirgilarning ta’sirini kuchayishiga olib keladi. Alkogol bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi, chunki alkogol preparatning ta’sirini kuchaytiradi.

Ardeysedon® Naxt da laktoza va saxaroza saqlanadi, shuning uchun agar Sizda qandni o‘zlashtiraolmaslik va qandli diabet bo‘lsa birinchi qabuldan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak. Agar Siz yanglishib tavsiya qilinganidan yoki shifokor buyurganidan ikki yoki uch barobar ko‘p (ushbu preparatning 2­3 tabletkasiga mos ravishdagi) dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, bu odatda sog‘ligingizga katta zarar ko‘rsatmaydi. Bunday hollarda preparatni tavsiya qilingan yoki shifokor buyurgan dozada qabul qilishni davom ettiring. Transport vositasini yoki potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Preparat qabul qilinganidan keyin 2 soat davomida transport vositasini haydash va mexanizmlarni boshqarish yoki texnika havfsizligiga rioya qilmagan holda ishlash tavsiya qilinmaydi, chunki Ardeysedon® Naxt preparati psixomotor reaktsiyalarni pasaytirishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.

Retseptsiz

10 tabletkadan polivinilxlorid va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 2 yoki 5 kontur uyali o‘ram davlat va rus tilidagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.