Ichga, ovqatdan oldin.
Bir martalik doza: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg (100 mg dan 2 tableta yoki 50 mg dan 4 tabletka).
Nospetsifik oldini olish uchun: -gripp va boshqa O‘RVI bemorlar bilan bevosita muloqatda: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga 1 marta 10-14 kun davomida.
– gripp va boshqv O‘RVI epidemiyasi davrida, surunkali bronxitni zo‘rayishini, gerpetik infektsiyani qaytalanishini oldini olish uchun: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg haftada 2 marta 3 hafta davomida.
– OO‘RS ni oldini olish uchun (bemor bilan muloqatda): kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 200 mg dan kuniga bir marta 12-14 kun davomida.
– operatsiyalardan keyingi asoratlarni oldini olish uchun: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg operatsiyadan 2 sutka oldin, so‘ngra operatsiyadan keyingi 2-5-nchi kunlarda.
Davolash uchun.
– asoratsiz gripp, boshqa O‘RVI: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida.
– gripp, boshqa O‘RVI asoratlarini rivojlanishi bilan (bronxit, pnevmoniya va boshq.): 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 dan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 kun davomida, so‘ngra bir martalik doza haftada 1 marta 4 hafta davomida.
Og‘ir o‘tkir respirator sindrom (OO‘RS): 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga 2 marta 8-10 sutka davomida.
Surunkali bronxit, gerpetik infektsiyani majmuaviy davolashda: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5-7 kun davomida, so‘ngra bir martalik doza haftada 2 marta 4 hafta davomida.
3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o‘tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash: 3 yoshdan 6 yoshgacha – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar – 200 mg sutkada 4 marta (xar 6 soatda) 5 kun davomida.