Apkosul rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: Mandur Basma                                                                      33 mg Suvli ekstraktlar: Capparis spinosa (tikanakli Kavar)                                   75 mg Cichorium intybus (oddiy Sachratqi)                                 75 mg Solanum nigrum (qora Ituzum)                                           25 mg Cassia occidentalis (g‘arbiy Kassiya)                                    25 mg Terminalia arjuna (Ardjun po‘stlog‘i)                                32 mg Achillea millefolium (oddiy Dastorbosh)                      25 mg yordamchi moddalar: laktoza, metilparaben, mikrokristall tsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, povidon, tozalangan talk, magniy stearati.

Preparatning savdo nomi:

Apkosul

Farmakalogik guruhi:

gepatoprotektor.

Dori shakli:

kapsulalar

qora-to‘q sariq qattiq jelatin kapsulalar o‘zi yopiluvchi “1” o‘lchami, qizg‘ishdan och qizg‘ish rangligacha bo‘lgan, erkin to‘kiluvchi o‘ziga xos hidli kukun saqlagan qattiq jelatin kapsulalar.

gepatoprotektor.

A05VA

Apkosul virusli gepatitni davolashda, jigar kattalashishi va yog‘ distrofiyasida buyuriladi. Shuningdek, Apkosul gepatotoksik ta’sirga ega preparatlar qabul qilishda (masalan, o‘smaga qarshi preparatlar va boshqalar) buyuriladi. Apkosul shuningdek alkogolning jigarga shikastlovchi ta’siridan himoya qiladi. Apkosul jigar faoliyatini butunlay yaxshilabgina qolmay, balki ishtaxa yo‘qolishi va me’da faoliyatini buzilishida ham buyuriladi.

Apkosulni kuniga 2-3 marta 1-2 kapsuladan yoki shifokor buyurishiga asosan ichga qabul qilinadi.

Mandur Basma. Dozani oshirib yuborilishi jiddiy zaharlanishni chaqirishi mumkin. Capparis spinosa (tikanakli Kavar). Kavar ko‘pchilik odamlar uchun ovqat tarzida qo‘llanganida xavfli emas. Cichorium intybus (oddiy Sachratqi). Sachratqi ko‘pchilik kattalarga og‘iz orqali qabul qilinganda xavfli emas. Asterceae/murakkabgullilar oilasiga sezuvchanligi bor odamlarda allergik reaktsiya chaqirishi mumkin. Solanum nigrum. Ko‘p miqdorda alkoloid saqlovchi yashil mevalar va yangi barglarni ko‘p miqdorda iste’mol qilinishi dozani oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin. Simptomlar ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, ayrim hollarda esa qorachiq kengayishi hollarini o‘z ichiga oladi. Cassia occidentalis (g‘arbiy Kassiya). Kassiya har xil turdagi xayvonlarda og‘ir zaharlanishni chaqirishi ma’lum. Odamlar uchun zaxarliligi haqida, ma’lumotlar juda kam bo‘lib, bu kattalarda nojo‘ya samaralar haqidagi tasodifiy ma’lumotlar bilan chegaralangan. Terminalia arjuna (Ardjun po‘stlog‘i). Ardjun po‘stlog‘i qisqa vaqt davomida qo‘llanganida xavfsiz bo‘lishi mumkin (uch oy yoki undan kam vaqt davomida). Achillea millefolium (oddiy Dastorbosh). Yuqori dozalar diareya, haddan tashqari ko‘p siyish va uyquchanlikni chaqirishi mumkin.

– Apkosul preparati tarkibidagi moddalarga yuqori sezuvchanlik; – homiladorlik va laktatsiya davri; – tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda Achillea millefolium (oddiy Dastorbosh) mavjudligi tufayli qo‘llash mumkin emas; – 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Cassia occidentalis (g‘arbiy Kassiya). Antigipotenziv preparatlar ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Capparis spinosa ba’zi patsiyentlarda qondagi glyukoza miqdorini pasaytirishi mumkin, shu sababli diabeti bor odamlar qonida qand miqdori nazoratini o‘zgartirishi mumkin. Diabeti bor patsiyentlarda qondagi qand miqdorini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Cichorium intybus (oddiy Sachratqi). O‘t pufagida toshlar: sachratqini shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak, chunki sachratqi safroga rag‘batlantiruvchi ta’sirga ega.

Apkosulni me’da va ichakning o‘tkir yallig‘lanishi bor bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Apkosul homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida Apkosul xavfsizligi aniqlanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, salqin, yorug‘lik va bevosita quyosh nuridan himoyalansin.

Dozani oshirib yuborilishi haqida ma’lumot yo‘q.

Retseptsiz

Har birida 100 kapsuladan plastik konteynerlarda, ilova-yo‘riqnoma bilan.

5 yil.