Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 tabletka saqlaydi.
faol modda: liofillangan apilak 10 mg, yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, kaltsiy stearat.
Preparatning savdo nomi:
Apilak Grindeks
Farmakalogik guruhi:
Biogen rag‘batlantiruvchilar
Dori shakli:
shimish uchun tabletkalar.
yassi tsilindrikfaskalisindirilganda yuzasi oq yoki sarg‘imtir tusli rangdagi tabletkalar.
Mayda sariq xolli dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.
Biogen rag‘batlantiruvchilar
A13A
O‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;Tug‘ruqdan keyingi davrda emizishni buzilishi;Bolalarda ishtahani yo‘qolishi;Nevrotik buzilishlar va arterial gipotenziya (yordamchi vosita sifatida)
Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3 marta, 10-15 kun davomida.
3 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan sutkada 2 marta, 10-15 kun davomida buyuriladi.
Tabletkani til ostiga qo‘yish va to‘liq erib ketganigacha qoldirish kerak (ichga qabul qilinganda preparat me’da shirasini ta’siri ostida parchalanadi).
Agar Siz preparatni navbatdagi qabulini o‘tkazib yuborsangiz, uni darhol qabul qiling.
O‘tkazib yuborilganni o‘rniga ikkibarobar dozani qabul qilmang.
Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra qabul qilishni davom ettiring.
Allergik reaktsiyalar,Og‘iz qurishi,Taxikardiya:Uyquni buzilishi: Yuqorida qayd etilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish zarur.
Liofilizirlangan appilakka va asalarichilikning boshqa mahsulotlariga yoki preparatning biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,Addison kasalligi,3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Aniqlanmagan.
Tabletkalar allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Og‘iz qurishi, yurak urishi yoki uyquni buzilishi paydo bo‘lganida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun laktozani o‘zlashtiraolmaslikni kam uchraydigan nasliy shakli, Lapp-laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan patsiyentlarga ushbu dozalarini qo‘llash mumkin emas.
Uyquni buzilishida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim.
Faqat liofilizirlangan apilakning oz miqdorigina davolovchi samara ko‘rsatadi.
Homiladorlik va emizish Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida shifokorni maslahatidan keyin qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’siri Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Simptomlari: Ko‘p miqdorda qabul qilinganda moddalar almashinuvi jarayonlari sekinlashadi, masalan kuniga 2,5 g qabul qilish lohaslik chaqiradi.
Davolash: Preparatni bekor qilish.
Simptomatik terapiya.
Retseptsiz Ulashish: 17 1009 Views
Shimish uchun tabletkalar 10 mg 25 tabletkadan polivinil xlorid plyonkali va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
2 yil O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.