Anzibel rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, benzokain – 4 mg, enoksolon – 3 mg; yordamchi moddalar: asal va limon ta’mli – sorbitol, kaliy atsesulfami, magniy stearati, asal va limon aromatizatorlari; mentol ta’mli – sorbitol, kaliy atsesulfami, magniy stearati, mentol aromatizatori; qizilmiya ta’mli – sorbitol, kaliy atsesulfami, magniy stearati, qizilmiya aromatizatori; zanjabil ta’mli – sorbitol, kaliy atsesulfami, magniy stearati, titan dioksidi, talk, zanjabil quruq ekstrakti.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

xlorgeksidin gidroxloridi, benzokain, enoksolon

Preparatning savdo nomi:

Anzibel

Farmakalogik guruhi:

LOR a’zolarining kasalliklarini davolash uchun vositalar.

Dori shakli:

shimish uchun tabletkalar

Oq rangidan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan, marmar yuzali, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, asal va limon ta’mli tabletkalar. Oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, mentol ta’mli va hidli tabletkalar. Oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, qizilmiya ta’mli va hidli tabletkalar. Oq rangli va yuzasida sezilarsiz dog‘lari bo‘lgan, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «» gravirovkali, zanjabil ta’mli va hidli tabletkalar.

LOR a’zolarining kasalliklarini davolash uchun vositalar.

R02AA20

Benzokain shilliq qavat va shikastlangan teri orqali yaxshi so‘riladi, qon plazmasi va kam darajada jigar esterazalari bilan gidrolizlanadi. Xlorgeksidin teri, shilliq qavat va boshqa to‘qimalar bilan yaxshi bog‘lanadi va shuning uchun kam so‘riladi. Ichga qabul qilingandan keyin qonda aniqlanmaydi. Enoksalon kortizolni faolsizlantiruvchi fermentni susaytiradi, bu orqali birga qo‘llanganda gidrokortizonning teriga ta’sirini kuchaytiradi.

Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va halqumning infektsion-yallig‘lanish jarayonlarning (yengil va o‘rtacha) mahalliy belgilarini qisqa muddatli yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Juda kam hollarda – allergik reaktsiyalar (teri toshmasi) va ovqat hazm qilish buzilishlari (ko‘ngil aynishi, epigastriyada og‘riq) kuzatiladi. Patsiyentlarning tishlarida dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Kam hollarda – davolashni davom ettirilganida o‘tib ketuvchi ta’mning buzilishi paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga va boshqa mahalliy anesteziyalovchi preparatlarga yuqori sezuvchanlik. Fenilketonuriyasi bo‘lgan, fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.

Xlorgeksidin boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularni faolsizlanishi mumkin.

Sportchilarda qo‘llanganida preparatning  tarkibiga benzokain kirishini hisobga olish kerak, uning bo‘lishi doping-nazoratda ijobiy natija berishi mumkin. Preparatni samaradorligi organik substantsiyalar (qon plazmasi) va fosfolipidlar ishtirokida qisman pasayishi mumkin. Preparatni bolalarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Har bir tabletka shirin ta’m beruvchi sifatida sorbitol saqlaydi. Sorbitol ayrim xollarda me’daning ta’sirlanishini va diareyani chaqirishi mumkin. Shirin ta’m beruvchi sifatida kaliy atsesulfami saqlashi tufayli, kaliyning so‘rilishi buzilgan patsiyentlarga buyurish havfli. Peroral qabul qilinganida kaliyning miqdorini oshishi me’daning ta’sirlanishini va diareyaning sababchisi bo‘lishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishida yoki uzoq muddat qo‘llanganida shishlar va gipertenziya paydo bo‘lishi mumkin.

Retseptsiz

«Anzibel®», asal va limon ta’mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30. «Anzibel®», mentol ta’mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30. «Anzibel®», qizilmiya ta’mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30. «Anzibel®», zanjabil ta’mli shimish uchun tabletkalar, №10, №20 va №30.

3 yil.