Antistrumin rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: kaliy yodid. yordamchi moddalar: qand-rafinad, kaltsiy stearat yoki magniy stearat yoki stearin kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kaliy yodidi

Preparatning savdo nomi:

Antistrumin

Farmakalogik guruhi:

Endemik buqoqni profilaktikasi va davolash uchun vositalar.

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli, shirin ta’mli tabletkalar.

Endemik buqoqni profilaktikasi va davolash uchun vositalar.

Me’da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi, organizmning barcha to‘qimalari va suyuqliklarida keng tarqaladi, asosan buyrak, qisman me’da-ichak yo‘llari, ter va sut bezlari orqali ajralib chiqadi.

Endemik bo‘qoqning oldini olish uchun qo‘llanadi.

Ichga qabul qilinadi, me’da-ichak yo‘llariga salbiy ta’sir qilmasligi uchun sut, kisel yoki shirin choy bilan ichib yuboriladi. Haftada 1 marta 1 tabletkadan, bo‘qoqning diffuz shakllarida – haftada 2-3 marta 1-2 tabletkadan buyuriladi.

Yod moddasiga nisbatan idiosinkraziyada allergik reaktsiyalar: eshakemi, Kvinke shishi, eozinofiliya, shok. Uzoq vaqt davomida qabul qilinganda yodizm alomatlari: burun shilliq qobig‘ining shishishi, tumov, so‘lak oqishi, ko‘z yoshlanishi, kurak ostida noxushlik sezilishi kabilar yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, taxikardiya, asabiylik, uyquning buzilishi, haddan tashqari ko‘p terlash, diareya (yoshi 40 dan oshgan bemorlarda) bo‘lishi mumkin.

Yaqqol namoyon bo‘lgan gipertireoz, yashirin gipertireoz (150 mkg/sut dan kattaroq dozalarni qo‘llaganda), toksik adenoma, tugunli yoki diffuz toksik bo‘qoq (300-1000 mkg/sut dan kattaroq dozalarni qo‘llaganda), gerpetiform dermatit (Dyuring kasalligi), o‘pka tuberkulyozi, nefrit, nefroz, husnbuzar toshishi, eshakem, furunkulyoz, surunkali piodermiya,  gemorragik diatez, yod moddasiga nisbatan o‘ta sezuvchanlik, homiladorlik va emizikli davrda (1-2 mg/sut dozalarda qo‘llaganda) qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda yuqori dozadagi (1 mg/sut dan ortiq) kaliyni saqlovchi diuretiklar bilan birgalikda davolaganda – giperkaliyemiya, litiy preparatlari bilan birgalikda davolaganda – bo‘qoq va gipotireoz rivojlanishi mumkin. Perxlorat va tiotsionat raqobatli ravishda yodning qalqonsimon bez tomonidan singdirilishini sekinlashtiradi, TTG esa – kuchaytiradi.

Davolash zaminida buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

0,001 g tabletkalar.

4 yil.