Antioksikaps s tsinkomretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: beta-karotinning moydagi 30% suspenziyasi ko‘rinishida – 6 mg, a-tokoferilatsetati – 30 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, rux oksidi ko‘rinishida rux – 8 mg. Yordamchi moddalar: kungaboqar moyi, asalari mumi, tozalangan letsitin. Kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, glitserin, tozalangan suv, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, titan dioksidi, bo‘yovchi: qizil bo‘yovchi Ye129.

Preparatning savdo nomi:

Antioksikaps s tsinkom

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar minerallar bilan. ATX kodi: A11JB.

Dori shakli:

kapsulalar

uzunchoq shaklli, chokli, qayishqoq, qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – qizil rangli, achimagan hidli moyli suspenziya. Saqlanganida aralashmani qatlamlanishi mumkin.

vitaminlar minerallar bilan. ATX kodi: A11JB.

“Antioksikaps s tsinkom” preparati polivitamin antioksidant sifatida quyidagilarni majmuaviy davolashda ko‘rsatilgan: vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini va rux ionlarining yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun;organizmning shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;yuqori jismoniy va ruxiy buzilishlarda;davomli va/yoki og‘ir kechuvchi, shu jumladan infektsion, kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;turli etiologiyali astenik holatlarda;alkogolli abstinent sindromini va nikotinga qaramlikni majmuaviy davolashda;muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda.

“Antioksikaps s tsinkom” ovqatdan keyin suv bilan birga qabul qilinadi. Oldini olish maqsadida preparatni bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga 1 kapsuladan sutkada 1 marta 1-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi. Oldini olish kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi. Davolash maqsadida “Antioksikaps s tsinkom”ning dozasini shifokor patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasini, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga va ruxga bo‘lgan talabini hisobga olib belgilaydi.

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi. Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida allergik reaktsiyalar, mis tanqisligi, anemiya rivojlanishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Kortikosteroid preparatlari, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga qo‘llanganida A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi. Tokoferol tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tirishishga qarshi vositalar samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarning perekisli oksidlanishi mahsulotlarining miqdorini oshishi aniqlangan. Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

Sutli mahsulotlarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak, chunki bunda ruxning ovqat hazm qilish yo‘llaridan so‘rilishi tormozlanadi. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish lozim. Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Namliklan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda saqlansin.

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish ko‘rinishlari kuzatilmaydi. Sutkalik norma oshirilganida “Antioksikaps s tsinkom” qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynashi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospetsifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.

Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi

Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 2, 3 yoki 4 kontur uyali o‘ramdan qutida.

2 yil.