Antioksikaps s selenom.retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: beta-karotinning moydagi 30% suspenziyasi – 6 mg, alfa-tokoferilatsetati – 30 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, selen (0,1% li achitqi selen ko‘rinishida – 30 mg yoki 0,2% li achitqi selen – 15 mg) – 0,03 mg. Yordamchi moddalar – tozalangan kungaboqar moyi, asalari mumi, letsitin. Jelatin kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, glitserin, metilparagidroksibenzoat Ye218, propilparagidroksibenzoat Ye216, tozalangan suv, titan dioksidi Ye171, bo‘yovchi: qizil bo‘yovchi Ye129.

Preparatning savdo nomi:

Antioksikaps s selenom.

Farmakalogik guruhi:

polivitaminlar mikroelementlar bilan majmuada.

Dori shakli:

kapsulalar.

uzunchoq shaklli, chokli, qayishqoq, qizil rangli, yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – qizil rangli, achimagan hidli, moyli suspenziya. Saqlanganida aralashmani qatlamlanishi mumkin.

polivitaminlar mikroelementlar bilan majmuada.

A11AA04.

“Antioksikaps s selenom” polivitamin antioksidant preparati sifatida quyidagilarni davolashda ko‘rsatilgan: vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini va selen yetishmovchiligini oldini olish va davolash;organizmning shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda.davomli va/yoki og‘ir kechuvchi, shu jumladan infektsion kasalliklardan keyingi tiklanish davrida.

“Antioksikaps s selenom” ovqatdan keyin suv bilan birga qabul qilinadi. Oldini olish maqsadida preparatni bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga 1 kapsuladan sutkada 1 marta 1-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi. “Antioksikaps s selenom” dozasini shifokor patologiyani xarakteri va yaqqollik darajasiga, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga bo‘lgan talabini hisobga olib belgilaydi.

Diareya, teri rangini o‘zgarishi – sarg‘ish tusli rangni paydo bo‘lishi, kam: bosh aylanishi, bo‘g‘imlarda og‘riq. Dori vositasini katta dozalarda qabul qilish qorinda og‘riq paydo bo‘lishiga, K vitaminining tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda qon oquvchanligini paydo bo‘lishiga, estrogenlarni qabul qilgan patsiyentlarda tromboz xavfini oshishiga, giperoksaluriyaga va buyraklarda toshlar – oksalatlar hosil bo‘lishi xavfini oshishiga, G6FD tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda gemolizni rivojlanish xavfini kuchayishiga, shuningdek ko‘rishni xiralashishi, bosh aylanishi, kuchli toliqish va holsizlikni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Preparatning alohida komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qoladi. Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya samaralar kuzatilmaydi. Noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Kortikosteroid preparatlari, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga qo‘llanganida A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi. Tokoferol qonida lipidlarni perekisli oksidlanishi mahsulotlari, shuningdek A va D vitaminlari miqdori oshgan tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tirishishga qarshi vositalarning samarasini oshirishi mumkin. Oral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida askorbin kislotasini so‘rilishi kamayadi. S vitamini temirni so‘rilishini oshiradi, salitsilatlar va qisqa ta’sir qiluvchi sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya paydo bo‘lishi xavfini oshiradi. Xolestiramin, orlistat A va Ye vitaminlarining so‘rilishini kamaytiradi.

Giperoksaluriyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi “Antioksikaps s selenom” ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Avtomobilni haydash va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha haroratda saqlanadi.

Doza oshirib yuborilganida nafas bilan chiqarilayotgan havoda sarimsoqpiyoz hidini paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holda preparatni bekor qilish kerak.

Yumshoq jelatin kapsulalar, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 2, 3 yoki 4 kontur uyali o‘ramdan qutida.

2 yil. Ulashish: 4 113 Views