Antigrippin rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: paratsetamol – 0,25 g, askorbin kislotasi – 0,1 g, kaltsiy glyukonati – 0,1 g, rutin – 0,01 g, dimedrol – 0,01 g; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati, talk.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, askorbin kislotasi, kaltsiy glyukonati, rutin, dimedrol.

Preparatning savdo nomi:

Antigrippin

Farmakalogik guruhi:

O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

Dori shakli:

tabletkalar.

och-sariq rangli sarg‘ish tusli, dog‘lar bo‘lgan, dumaloq shaklli, faskali va riskali yassi tabletkalar.

O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

N02BE51

ichga buyurilganida yaxshi va tez so‘riladi. 30-90 minutdan keyin plazmada cho‘qqi kontsentratsiyasiga erishiladi. Organizmni deyarli barcha to‘qimalariga o‘tadi, yo‘ldoshga yengil o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Plazma oqsillari bilan kuchsiz bog‘lanadi, jigarda mikrosomal fermentlar yordamida asosan glyukuron kislotasi va kam darajada, sulfatlar bilan  konyugatlar hosil qilib metabolizmga uchraydi. Metabolitlari farmakologik faol emas, lekin to‘planganida jigar nekroziga yordam berishi mumkin. Buyraklar orqali asosan konyugatlar shaklida va qisman (5%) o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarimchiqarilish davri  (T) 1,5 soatdan 3 soatgacha. Askorbin kislotasi bilan birga qo‘llanganida paratsetamolning ta’siri uzayadi, bu T biroz uzayishi bilan bog‘liq. Jigar faoliyati buzilganida Tahamiyatli uzayadi, bu organizmda paratsetamolning metabolitlarini to‘planishiga yordam beradi. Dimedrol ichga qabul qilinganida yaxshi so‘riladi, gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi. Askorbin kislotasi me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, ortiqchasi siydik bilan chiqariladi. Rutin ichga qabul qilinganidan so‘ng 1-9 soatdan keyin qon plazmasida cho‘qqi kontsentratsiyasiga yetadi. Asosan o‘t-safro bilan (o‘zgarmagan holda va metabolitlar shaklida) va kam darajada siydik bilan chiqariladi: T1/2 10-25 soatni tashkil qiladi. Kaltsiy glyukonati so‘rilganidan keyin organizmning to‘qimalarida bir tekis taqsimlanadi. qon plazmasida kaltsiy ionlari shaklida bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga tushadi. Organizmdan siydik bilan chiqariladi.

Gripp va tana xaroratini oshishi, bosh og‘rig‘i, tumov bilan kechadigan o‘tkir respirator kasalliklarni simptomatik davolash.

Ichga, ovqatdan keyin, ko‘p bo‘lmagan suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Tana vazni 60 kg dan ko‘p bo‘lmagan kattalar va o‘spirinlarga 2 tabletkadan buyuriladi (maksimal bir martalik doza), 6-12 yoshli bolalarga 1 tabletkadan. Preparatni buyurish karraligi sutkada 3 marta; har qabul oralig‘i – 4 soatdan kam emas. Uzoq muddatli bo‘lmagan qabulda maksimal sutkalik doza – 6 tabletka, 3 kundan ortiq qabul qilishda – 3 tabletka. Davolashning maksimal davomiyligi – 5 kun.

Preparat bilan davolanish vaqtida spirtli ichimliklarni ichish mumkin emas. Jigar va buyraklar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajali buzilishida, Jilbert sindromida (dozalar oralig‘idagi intervalni uzaytirish yoki dozani kamaytirish tavsiya qilinadi) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Paratsetamol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va sut bilan chiqariladi. Shuning uchun homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni buyurishdan bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda va havfini sinchiklab baholash kerak, preparatni uzoq muddat va katta dozalarda qabul qilishdan saqlanish kerak (ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligida).

Me’da va o‘n ikki barmoq ichakni yara kasalligi, tug‘ma giperbilirubinimiya, virusli gepatit, yopiq burchakli glaukoma, prostata bezini giperplaziyasi, jigar, buyraklar, o‘pkalar va yurak faoliyatining yaqqol buzilishi. Yaqqol anemiya, genetik kelib chiqishga ega bo‘lgan glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi (gemolitik anemiya rivojlanishini havfi). Preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (II va III uch oyligi) va laktatsiya davri, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.

Jigar mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dori vositalari-barbituratlar va ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar (fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), hamda etanol, rifampitsin bilan bir vaqtda buyurilganida preparatning gepatotoksiklikligi kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qo‘shilganida haddan tashqari gipotermiya rivojlanishi mumkin, azidotimidin bilan esa neytropeniya. Preparat xloramfenikolning zaharligini kuchaytiradi, uzoq vaqt qabul qilinganida bilvosita antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Preparat tarkibida dimedrol bo‘lganligi uchun, uni yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab qiluvchi faoliyatini bajarish vaqtida, xususan, avtomobilni boshqarishda qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolanish vaqtida spirtli ichimliklarni ichish mumkin emas. Jigar va buyraklar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajali buzilishida, Jilbert sindromida (dozalar oralig‘idagi intervalni uzaytirish yoki dozani kamaytirish tavsiya qilinadi) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Paratsetamol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va sut bilan chiqariladi. Shuning uchun homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni buyurishdan bo‘lishi mumkin bo‘lgan foyda va havfini sinchiklab baholash kerak, preparatni uzoq muddat va katta dozalarda qabul qilishdan saqlanish kerak (ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligida). Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Retseptsiz

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramlarda. Kontur uyali o‘ramlar 1 [№10 (1×10)], 3 [№30 (3×10)], 5 [№50 (5×10)] yoki 10 [№100 (10×10)] ta tabletkadan.

2 yil.