Anti Akne. rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: salitsil kislotasi – 20 mg, cho‘kma xosil qilgan oltingugurt – 50 mg, rux oksidi – 150 mg. yordamchi moddalar: etil spirti (96%), ratsemik kamfora, tozalangan suv, bentonit, propilenglikol.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

salitsil kislotasi, cho‘kma xosil qilgan oltingugurt, rux oksidi (alicylic acid, sulfur precipitated, zinc oxide).

Preparatning savdo nomi:

Anti-Akne.

Farmakalogik guruhi:

dermatologik preparat.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun suspenziya.

dermatologik preparat.

D10AB02.

Taqsimlanishi: shikastlanmagan teri qoplamalarida rux oksidi va cho‘ktirilgan  oltingugurt teriga kiradi, lekin qon zardobida to‘planmaydi. Salitsil kislotasi katta bo‘lmagan hajmda so‘riladi. Metabolizmi: salitsil kislotasi qisman digidrobenzoy kislotasiga metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi: salitsil kislotasi va uning metaboliti asosan buyraklar orqali chiqariladi.

– Oddiy xusnbuzar (Acne vulgaris) da qo‘llanadi.

Preparat sutkada 1-3 marta terining shikastlangan soxasining yuvilgan, quruq yuzasiga juda yupqa qavat qilib qo‘yiladi va barmoq bilan bir tekis taqsimlanadi. Terining haddan ziyod qurishidan saqlanish uchun, odatda davolash preparatni sutkada bir marta qo‘yishdan boshlanadi, zarurati bo‘lganida qo‘llash soni asta-sekin oshiriladi.

Salitsil kislotasini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta’siri: dermatit. Teriga qo‘yilganida salitsil kislotasi tez so‘riladi va haddan ziyod qo‘llanganida salitsil kislotasi bilan o‘tkir tizimli zaharlanish kuzatilishi mumkin. Oltingugurtni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta’siri: muvofiq dozalar qo‘llanganida, oltingugurt saqlovchi maxalliy qo‘llash uchun preparatlar, kam zaharlilikka ega. Terining, ko‘zlarning va nafas yo‘llarining ta’sirlanishi ko‘rinishidagi mahalliy reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Takroriy qo‘yish dermatit chaqirishi mumkin. Rux oksidini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta’siri: aniqlanmagan.

Salitsil kislotasi, oltingugurt preparatlari va rux oksidiga yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Salitsil kislotasi mahalliy qo‘llash uchun boshqa dori vositalari uchun terining o‘tkazuvchanligini oshirishi mumkin. So‘rilgan salitsil kislotasi metotreksatning va sulfonilmochevina xosilalari bo‘lgan peroral gipoglikemik dori preparatlarining nojo‘ya samaralarini kuchaytirishi mumkin. Suspenziya rezortsin bilan farmatsevtik nomutanosib (eriydigan aralashmalar hosil qiladi).

Preparatni ko‘z, og‘iz, shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak; tushgan xolda – darhol suv bilan yuvib yuborish kerak. Salitsil kislotasi mahalliy qo‘llanganidan keyin so‘rilishini  kamaytirish uchun preparatni uzoq vaqt yuqori dozalarda terining katta yuzalariga qo‘llashdan saqlanish kerak. Giperemiya va yallig‘lanish bilan  yoki yuzaki xo‘llanuvchi shikastlanishlar bilan kechuvchi teri kasalliklarida ham, salitsil kislotasining so‘rilishini oshishi mumkinligini hisobga olish kerak. Oyoq-qo‘llarning periferik qon bilan ta’minlanishi susaygan yoki diabetibo‘lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Ahamiyatli periferik neyropatiyali bemorlarda, bir vaqtda ishqoriy preparatlar qo‘llanganida, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Oltingugurt kumushni rangsizlantirishi mumkin. Preparat simob saqlovchi sirtga ishlatiladigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida,  gidrogen sulfidini paydo bo‘lishi mumkin, u badbo‘y hidga ega va terida qora dog‘ qoldirishi mumkin. Nojo‘ya ta’sirlari paydo bo‘lganida simptomlari yo‘qolgunicha vaqtincha preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, harorati 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan joyda saqlansin.

Preparatni so‘rilishi pastligi tufayli, dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun suspenziya 30 ml dan flakonlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.