Anofenretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Ketoprofen 100 mg. Yordamchi moddalar: propilenglikolyat, 96%, etil spirti, benzil spirti, natriy metabisulfiti, natriy gidroksidni 1 M eritmasi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ketoprofen.

Preparatning savdo nomi:

Anofen

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

Dori shakli:

Inyektsiya uchun eritma.

Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘imtir eritma.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

M01AЕ03

Ichga qabul qilingandan keyin preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi, bunda biokiraolishligi 90% ni tashkil qiladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga (Smax) mushak ichiga (m/i) yuborilganida 20-30 minutdan so‘ng, vena ichiga (v/i) yuborilganida 5 minutdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 99% ni tashkil qiladi. Yaqqol lipofilligi oqibatida gematoentsefalik to‘siq orqali tez o‘tadi. Qon plazmasi va orqa miya suyuqligidagi muvozanat kontsentratsiyasi (Sss) 2 soatdan 18 soatgacha saqlanadi. Sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi, qabul qilinganidan keyin 4 soat o‘tgach u yerdagi kontsentratsiyasi plazmadagidan oshadi. Jigarda glyukuron kislotasi bilan bog‘lanish yo‘li orqali va kam darajada gidroksillanishi hisobiga metabollanadi. Asosan buyraklar orqali va ancha kam darajada ichak orqali chiqariladi. Preparat m/i yuborilganidan so‘ng plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) 1,27 soatni, v/i yuborilganidan so‘ng 2 soatni tashkil qiladi. Preparat qo‘llanganida preparatni va uning parchalanish maxsulotlarining kumulyatsiyasi tufayli (tez va yetarlicha to‘liq chiqarilishi), nojo‘ya ta’sirlarining rivojlanishini extimoli kam.

Revmatoidli artrit, nospetsifik spondiloartrit (ankilozlovchi va psoriatik spondilit), podagrali artrit, soxta podagra, osteoartroz, bo‘g‘imdan tashqari revmatizm, (tendovaginit, bursit, kapsulit), og‘riq sindromi, (operatsiyadan keyingi, jarohatlardan keyingi og‘riqlar, suyaklardagi metastazalardagi og‘riqlar), buyrak sanchiqlari, algodismenoreya.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: epigastral sohada og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat yoki diareya, anoreksiya, gastralgiyalar, jigar faoliyatini buzilishi; kam hollarda me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, qon ketishi va me’da-ichak yo‘llarining perforatsiyasi. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, uyquchanlik. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, kam – bronxospazm. Mahalliy reaktsiyalar: inyektsiya joyida achishish, ko‘rinishidagi reaktsiyalar va/yoki og‘riqlar.

Buyrak va jigar yetishmovchiligi, me’da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligining zo‘rayish bosqichi, “aspirinli” astma, rinit, homiladorlik (III uch oyligi), bolalik yoshi (15 yoshgacha), preparatga yuqori sezuvchanlik.

Antikoagulyantlar, geparin, tiklopidin, kortikosteroidlar, peroral diabetga qarshi vositalar va alkogol samarasini kuchaytiradi, spironolakton, periferik vazodilatatorlar ta’sirini susaytiradi. Metotreksatning zaharliligini oshiradi. Preparatning plazmadagi kontsentratsiyasi probenetsid ta’sirida ko‘tariladi (buyrak ekskretsiyasini susaytiradi).

Preparatni qabul qilish infektsion kasallikning belgilarini niqoblashi mumkin. Buyraklar va jigar faoliyati buzilganida dozani kamaytirish va jiddiy kuzatish talab etiladi. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Ketoprofenni homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llash chuqur tekshirilmagan. Homiladorlikning I va II uch oyligida qo‘llash faqat onaga bo‘lgan potentsial foyda, homila uchun bo‘lgan havfdan ustun hollarda mumkin. Homiladorlikning III uch oyligida (ayniqsa 36 haftadan so‘ng) bachadon tonusiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri tufayli tavsiya etilmaydi. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganda emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Nojo‘ya ta’sirining belgilari kuchayishi mumkin. Maxsus antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha