Anestezol rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir suppozitoriy saqlaydi: ta’sir etuvchi modda: benzokain – 100,0 mg, vismut subgallati – 40,0 mg, levomentol – 4,0 mg, rux oksidi – 20,0 mg; yordamchi moddalar: polietilenoksid asosi: (makrogol 1500 – 95%), makrogol 400 – 5%) – 2,60 g gacha vaznli suppozitoriy olinguncha.

Preparatning savdo nomi:

Anestezol®

Farmakalogik guruhi:

Gemorroyni davolash vositasi.

Dori shakli:

rektal suppozitoriylar

Sariq yoki yashilroq-sariq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriy.

Gemorroyni davolash vositasi.

C05AD03.

Gemorroy, orqa yo‘lining yoriqlari.

Rektal, ichak tozalovchi xo‘qna yoki o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 suppozitoriydan sutkada 1-2 marta.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar (12 yoshgacha).

Anestezol® preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin, agar ona uchun potentsial foyda, bola yoki homila uchun xavfdan yuqori bo‘lganida qo‘llanadi.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Retseptsiz

Rektal suppozitoriylar. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda. Ikki kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.