Anasep rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: metronidazol benzoati 10 mg metronidazolga ekvivalent; yordamchi moddalar: xlorgeksidin glyukonat eritmasi, karbomer, propilenglikol, glitserol, natriy saxarini, mentol, izopropil spirti, chinnigul moyi, dietanolamin, benzil spirti, tsetamakrogol – 1000, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metronidazol

Preparatning savdo nomi:

Anasep

Farmakalogik guruhi:

Stomatologiyada qo‘llanadigan vosita.

Dori shakli:

gel

, polilaminadlangan tubalarga to‘ldirilgan nim tiniq gel.

Stomatologiyada qo‘llanadigan vosita.

A01AB17

Gel qo‘llanganidan keyin so‘rilishi minimal darajada. Qon plazmasida preparatning faqat juda oz miqdori aniqlanadi.

Parodont va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: o‘tkir va surunkali gingivit;o‘tkir va surunkali parodontit;o‘smirlar parodontiti;gingivit bilan asoratlangan parodontoz;aftoz stomatit;og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini protezlarni taqib yurish oqibatida yallig‘lanishi;postekstraktsion alveolit (tish olib tashlangandan keyin tish o‘rnini yallig‘lanishi);periodontit, periodontal abstsess (majmuaviy davolash tarkibida);infektsion xarakterga ega bo‘lgan tish og‘rig‘ida qo‘llanadi;og‘iz bo‘shlig‘idagi badbo‘y hidni bartaraf etadi;tishlardagi karashni bartaraf qiladi.

Mahalliy, faqat stomatologik qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bir tishni o‘rab turuvchi milk sohaga surtiladigan doza no‘xatdek o‘lchamga ega tomchini tashkil etadi. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga milkni yallig‘lanishida (gingivit) gel milk sohasiga kunga 2 marta qo‘yiladi, gelni yuvib tashlash tavsiya etilmaydi. Gel qo‘yilgandan keyin 30 minut davomida suyuqlik ichish va ovqatlanishdan saqlanish kerak. Davolash kursining davomiyligi o‘rtacha 7-10 kunni tashkil etadi. Parodontitda tish toshlari olib tashlangandan keyin parodontal cho‘ntaklar gel bilan ishlov beriladi va milk sohasiga gel bilan applikatsiya qilinadi. Ekspozitsiya vaqti – 30 minutni tashkil qiladi. Muolajalar soni kasallikning og‘irligiga bog‘liq. Keyinchalik gelni kuniga 2 marta 7-10 kun davomida, milk sohasiga qo‘yib, gel applikatsiyasini patsiyentning o‘zi mustaqil bajarishi mumkin. Aftoz stomatitda gel og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlangan sohasiga kuniga ikki marta 7-10 kun davomida qo‘yiladi. Surunkali gingivit va parodontitni zo‘rayishini oldini olish uchun gel milk sohasiga kuniga 2 marta 7-10 kun davomida qo‘yiladi. Profilaktik davolash kursi yiliga 2-3 marta o‘tkaziladi. Tish olib tashlangandan keyin postekstraktsion alveolitni oldini olish uchun tish o‘rni gel bilan ishlov beriladi, so‘ngra gel ambulator ravishda kuniga 2-3 marta 7-10 kun davomida qo‘llanadi.

Gel mahalliy qo‘llanganida tizimli nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanishi xavfi kam, ammo ba’zida: bosh og‘rig‘i, allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi) kuzatilishi mumkin.

Metronidazol, xlorgeksidin, shuningdek nitroimidazol hosilalarini individual o‘zlashtira olmaslikda. Dori vositasining tarkibiga kiruvchi har qanday komponentini o‘zlashtira olmaslikda. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Tavsiya etilgan dozalarda mahalliy qo‘llanganida gelni boshqa dori vositalari bilan tizimli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Gelni qo‘llash tishlarni gigiyenik tozalash o‘rnini bosmaydi, shuning uchun davolash kursi davomida tishlarni tozalash davom ettirilishi kerak. Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlikning birinchi uch oyligida homilador ayollarga preparatni buyurish tavsiya etilmaydi. Laktatsiya davrida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Salqin va qorong‘i joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Mahalliy qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam.

Retseptsiz

20 g polilaminlangan tubada. 5 g sashe/ tubada.

3 yil.